Ilhomov Z. A. Toshkent-2019
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019
Tushuntirish va nazariy bilishning darajasi. Tarix fanida tarixiy tadqiqotlarning yakuniy maqsadi haqidagi bahslar mavjud bo‟lib, har qanday fanda bu maqsad – tushuntirish deb ko‟rsatiladi. Biroq, V.Dilteyning fikricha tarixchi tarixni tushuntirib bera olmaydi, uni faqat tushunishi mumkin. XX asrda shunday xulosa shakllandiki, unga ko‟ra tarixchi tarixiy voqealarni tasvirlash va tavsiflash bilangina cheklanib qolmasdan, balki uni tushuntirib berishi lozimdir. K.Gempel tarixiy voqelikni ilmiy tushuntirish uni qandaydir qonuniyatga bog‟liq qilib qoyadi, degan xulosa berdi. Albatta, bu aniq va yaxlit bir tarixiy jarayonni tushuntirib berish emas, balki uni biror-bir nuqtai-nazardan yondashib tushuntirishdir. K.Gempel bilan bu borada munozaraga kirishgan U.Drey u yoki bu odamlar hatti-harakatlari yoki faoliyatlarining maqsadga muvofiqligini dalillar asosida tushuntirib berishni himoya qilib chiqadi. Bulardan tashqari tushuntirishning boshqa shakllari ham mavjudddir. Sabab – oqibatga bog‟liq holda (favqulodda yuz beradigan, tasodifan sodir bo‟ladigan) tushuntirish, bunda inson faoliyati natijasida voqealar sodir bo‟lishining ob'yektiv va sub'yektiv sabablari ochib beriladi. Genetik tushuntirish, bunda tarixiy jarayonlarning mohiyati ularning vaqtdagi ifodasida yoki vaqtga bog‟liq holda aks etishi orqali tushuntirib beriladi. Genetik tushuntirish tarixiy voqealar va tarixiy jarayonlarning sodir bo‟lishini tushuntirib beradi. Tizimli tushuntirish, bunda tarixiy jarayonlarning mohiyati ijtimoiy tizimlar tahlili orqali ochib beriladi, tizimli-tashkiliy belgilar, tizimning elementlari va ular orasidagi o‟zaro bog‟liqlik aniqlanadi. 11 Vazifaviy tushuntirish, tizimli tushuntirishning boshqacha shakli bo‟lib, tizimning vazifaviy nuqtai-nazardan tushuntirish imkonini beradi. Tadqiqot boshlanishida tadqiqotning farazi ((gipoteza (nazariy sxemasi)) ilgari suriladi. U tarixchining imkoniyati doirasida mavjud bo‟lgan tushunchalar va nazariyalar dalillari yordamida tekshirib chiqiladi. Agar bu fikrlar ilmiy jihatdan o‟z asosini topa olmasa, yangi faraz shakllantirilishi va yangi g‟oyalar paydo bo‟lishi mumkin. Tushuntirishning tugallangan shakli tarixiy nazariya bo‟ladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling