Ilhomov Z. A. Toshkent-2019
Tarixiy voqelikni bilishning rekonstruktiv
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019
Tarixiy voqelikni bilishning rekonstruktiv
va empirik darajasini aniqlash. Yuqorida ko‟rsatib o‟tilgan bosqichlardagi tadqiqot faoliyati amalga oshirilgandan so‟ng tadqiqotning asosiy bosqichlaridan biri, ya'ni tarixiy voqelikni voqealari va hodisalarini tadqiq etish boshlanadi. I.Kovalchenko bilishning ikki darajasini, ya'ni empirik bilish va nazariy bilish ni alohida ajratib ko‟rsatadi. Empirik bilishda tarixiy hodisalarni bilish anglansa, nazariy bilishda tarixiy voqelikning mohiyati ochiladi va nazariy bilim shakllantiriladi. Bilishni bunday tarzda ajratilishi shartli ravishda bo‟lib,tarixchining tadqiqot amaliyotida ular aralashib ketadi, ya'ni birinchi holatda tarixchi nazariy bilimlarsiz tadqiqotga yondasha olmasa, ikkinchi holatda empirik materiallarsiz tadqiqotni amalga oshira olmaydi. Biroq shu narsa aniqki, ikki holatga ham me'yordan ortiq moyillik bildirish, ya'ni umumlashtirishga imkon bermaydigan va umumiy xulosalarning chiqarilishini to‟laqonli ta'minlay olmaydigan faktlar hamda dalillarni yig‟ish va ularni tadqiqotga jalb qilish sifatida empirik yo‟lni tanlash yoki aksincha, tarixiy dalillardan ajralib qolgan holda sotsiologik tahlil yo‟li bilan tadqiqotga yondashish tarixiy tadqiqotning ahamiyatini pasaytirib yuborishi mumkin. Tadqiqotning maqsadidan hamda mavjud ilmiy farazlardan kelib chiqqan holda empirik darajada tarixiy voqelikning hodisalar ko‟lami, ilmiy dalillarni aniqlashtirish va tizimga solish aniqlanadi. Bunda tarixiy tadqiqotdagi faktlar va dalillar o‟ziga xos xususiyatga va mazmunga ega bo‟ladi, biroq keyingi jarayonlar uchun mos kelmasligi mumkin. Tarixchi o‟z ixtiyorida bo‟lgan ma'lumotlarni u yoki bu ilmiy kategoriyalarga yaqin keltirgan holda tasniflab chiqadi, tarixiy voqelik, hodisalar va jarayonlarni ifoda etuvchi dalillar va faktlarni aniqlaydi. Empirik dallilar tizimga solinadi, taqqoslanadi, qiyosiy tahlil etiladi. Bilish ob'yektini o‟rganish uchun dalillar 10 tizimi zarur bo‟ladi va bunda dalillar tizimining taxminiy ta'minotini, manbalarini shakllantirish zarur bo‟ladi. Bu jarayonda yashirin ma'lumotlarni mantiqiy ajratib olish, intuitsiya, tasavvur qilish, zakovat hamda tarixchining mavjud bilimlari muhim o‟rin tutadi va uni amalga oshirish uchun yordam beradi. Shu holatda ham dalillar tadqiqotni amalga oshirish uchun yetarli darajada bo‟lmasa, u holda tadqiqot vazifalarini qaytadan tahrir qilish yoki bu tadqiqotni amalga oshirishdan voz kechish kerak. Ayrim hollarda manbaviy asoslari yetarli bo‟lmagan tadqiqotlarni amalga oshirish jarayonida nazariy darajadagi abstraktlangan mantiqiy tahlil ham yordam berishi mumkin. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling