Ilhomov Z. A. Toshkent-2019


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/32
Sana21.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1373420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019

 
Fundamental va xususiy 
nazariyalar. 


12 
Fundamental nazariyalar bu ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga bog‟liq nazariyalar
sivilizatsiyalar nazariyasi, tarixiy jarayonlarning davriy (tsiklik) nazariyalari, 
modernizatsiya nazariyasi va boshqalardir.
Xususiy nazariyalar esa o‟rta asrlar shaharlari nazariyasi, imperiyalar 
nazariyalari kabi bo‟lib, alohida hodisalarga yo‟naltirilgan bo‟ladi. Tadqiqotlar 
jarayonida aholi mobilligining sotsiologik nazariyasi, konfliktologiya va boshqa bir 
qancha nazariyalar ham qo‟llaniladi. Nazariyada uning predmetga bog‟liqligi, 
to‟liqligi va mukammalligi, aynan bir xillikka moslik va tenglik darajasi 
(adekvatnost), interpretatsiyaga moyilligining darajasi va uning tekshirilishi 
imkoniyati darajalari kabilar muhim ahamiyatga egadir. K.Popperning ko‟rsatib 
o‟tishicha, har qanday nazariyaning muallifi eng avvalo o‟z nazariyasini o‟zi inkor 
qilishga urinib ko‟rishi lozim (soxtalashtirish printsipi), qachonki u o‟z 
nazariyasining qo‟llanilishi uchun yaroqliligini aniqlay olgandan so‟nggina uni 
amalda qo‟llash maqsadga muvofiqdir. Nazariyaning aniq qoyilishi tadqiqotning 
natijasiga bevosita bog‟liq bo‟ladi, shuningdek bunda yo‟l qoyilishi mumkin bo‟lgan 
xatoliklar ham aynan nazariyaning mukammalligiga bog‟liqdir. Bunda tadqiqot 
jarayonida aniqlangan faktlar, dalillar, voqealar o‟rtasidagi bog‟liqliklar va boshqa 
shu kabi omillardan kelib chiqqan holda amalda qo‟llanilayotgan nazariya boshqasi 
bilan almashtirilishi yoki uni qaytadan takomillashtirish talab etiladi.
Tushuntirishda tushuncha va kategoriyalarning o‟rni. Tushuncha bilishning 
nazariy darajasida shakllanadi. Tarixchilarda o‟ziga tushuncha-kategoriya apparati 
mavjud bo‟lib, bu tushuncha doimiy ravishda rivojlantirilib boriladi. Aniq fanlardan 
farqli ravishda tushuncha kuchsiz aniqlikda bo‟lib, uning belgilari va hajmi 
tarixchining o‟zi tomonidan aniqlanadi. Shuning uchun tushuncha ko‟p ma'noli 
bo‟lib, har bir tarixchi yoki tadqiqotchi tomonidan doimiy ravishda takomillashtirilib 
boriladi. G.Frege har qanday bilishning uch birligini ko‟rsatib beradi, ya'ni bular 
nom, predmetlik ahamiyati (denotat), ma'no, ilmiy qarashlar.
Tarixiy tushuncha real voqelikning bir qismi yoki parchasi yoki oylab 
chiqilgan yoki to‟qima tushuncha emas, balki tarixchining bilish faoliyati natijasi 
bo‟lib, bir vaqtning o‟zida bilish vositasi sifatida ham tushuniladi. U tarixiy tadqiqot 
materialiga uyg‟unlashgan holda bo‟lib, mustaqil mantiqiy tahlil predmeti bo‟lishi 
ham mumkin, biroq bunda bilimning mazmun jihatiga ta'sir etuvchi mantiqiy tahlilni 
predmet tahlilidan ajratib olish maqsadga muvofiq emas.
Tarixiy tushuncha (tasavvur) hech qachon xaqiqiy (real) voqelik bilan mos 
kelmaydi. Tarixiy tushunchada hodisalar (voqealar, jarayonlar) ning asosiy va 
ixchamlashgan mohiyati mavjud bo‟ladi. U o‟z tarkibida ob'yektning barcha 
xususiyatlarini emas, balki uning faqatgina eng muhim tomonlarini qamrab oladi. 
Tushuncha (tasavvur) ning haqiqiy (real) voqelik bilan mos kelmasligini tarixiy 
voqealar (hodisalar, jarayonlar) ning individualligida (aynan shu voqea (hodisa, 


13 
jarayon) ning o‟ziga xosligida) deb tushuntirish mumkin, ular kamdan-kam hollarda 
bir-biridan farqlanuvchi shakllarda takrorlanishi mumkin, biroq hech qachon “aynan 
o‟zi” dek takrorlanmaydi. Tarixiy reallikning turlichaligi va mukammalligi tushuncha 
(tasavvur) da to‟liq aks etmaydi. Tarixiy jarayonlarning nosinxronligi (bir xilda, 
aynan o‟xshash, baravar sodir bo‟lmasligi) ni ham tushuncha (tasavvur) va tarixiy 
reallikning bir-biriga mos kelmasligida anglash mumkin. Tushuncha (tasavvur) 
konkret-tarixiy reallikka nisbatan ancha zaif bo‟lib, voqelikni asosan umumiy 
mantiqiy nuqtai-nazardan qamrab oladi va tarixiy voqelikni bir tizim sifatida 
o‟rganadi. Tarixchi (tadqiqotchi) tushunchaning erishilgan bilim darajasiga mos 
kelmasligiga ishonch hosil qilsa, tushunchani aniqlashtirishga va konkretlashtirishga 
harakat qiladi. Aynan mana shu harakat tarixiy tadqiqotlarning eng asosiy 
vazifalaridan biridir.
Tarixchi uchun tushuncha konkret tarixiy voqelikni tushunish va anglash uchun 
zarurdir. Tarixchilar uchun “yagona (aynan bir qolipdagi (andozadagi)) tushuncha” 
tushunchasi mavjud emas. Bunday aniqlashtirish yoki tushunchaning ta'rifini keltirish 
har doim ham to‟liq va mukammal bo‟lmagan. Xaqiqiy tarixiy voqelik har qanday 
tushunchadan kengroq mazmunga egadir. Tushuncha polisemantik bo‟lib, agar biz 
unga aniq va konkret ta'rif beradigan va ayni vaqtda shu ta'rifga bog‟liq qilib 
qoyadigan bo‟lsak, u holda tadqiqotning davom ettirilishini to‟xtatib, bilish 
jarayonining o‟zida to‟xtab qolgan bo‟lamiz. Tushuncha tadqiqot jarayonidagi 
keyingi aniqlashtirishlar va uning mazmunini kengaytirib borilishi uchun ochiq va 
rivojlanuvchi bo‟lishi lozim. Tushuncha aniq va mustahkam bo‟lishi lozim, lekin ayni 
vaqtda har qanday tadqiqot muammosini “ochib beruvchi” universal mazmunda 
bo‟lmasligi kerak.
Tushunchani aniq davr va xaqiqiy tarixiy voqelikdan alohida ajratish mumkin 
emas, ya'ni tarixiylik tamoyiliga (printsipiga) qat'iy amal qilish talab etiladi, aks 
holda u mazmun kasb etmaydi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling