Ilhomov Z. A. Toshkent-2019


Bitiruv malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/32
Sana21.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1373420
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
Илхомов З Илмий тадқиқотларнинг назарий масалалари 2019

Bitiruv malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish 
 Bitiruv malakaviy ishlari rahbarlari mutaxassis chiqaruvchi kafedraning ilmiy 
daraja va ilmiy unvonga ega professor-o„qituvchilar tarkibidan fan doirasidagi 
mutaxassisligidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Bitiruv malakaviy ish 


21 
mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo„yicha 
universitet rektorining buyrug„i bilan rasmiylashtiriladi. 
 Ilmiy rahbar bitiruv malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaning bitiruv 
malakaviy ishini bajarish bo„yicha yillik topshiriq rejasini talaba bilan 
birgalikda shakllantiradi, topshiriq reja fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi. 
Topshiriq reja bitiruv malakaviy ish bilan birgalikda Davlat attestatsiya 
komissiyasiga taqdim etiladi. 
 Bitiruv malakaviy ish rahbarining bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik faoliyati 
quyidagilarda aks etadi : 
- bitiruv malakaviy ishining bajarilish yillik topshiriq rejasini shakllantiradi; 
- bitiruv malakaviy ishining bajarilish jadvalini rejalashtiradi; 
- asosiy adabiyotlar, ma‟lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo„yicha 
boshqa manbalarni tavsiya etadi; 
- kafedra tomonidan tuzilgan va fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan reja 
asosida talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o„tkazadi; 
- bitiruv malakaviy ishining bajarilish jarayonini nazorat etadi; 
- rahbarligidagi bitiruv malakaviy ishining bajarilishi haqida har oyning oxirida 
kafedraga yozma hisobot beradi; 
- talaba bajargan bitiruv malakaviy ishining sifati va muallifligiga javob beradi, 
mavzularning qaytarilishiga yoki boshqa manbalardan aynan ko„chirilishiga 
yo„l qo„ymaydi. 
Bitiruv malakaviy ishining bajarishiga qо„yiladigan
talablar va me‟yorlar 
 Bitiruv malakaviy ish tasdiqlangan yillik topshiriq reja asosida shaxsan talaba 
tomonidan bajariladi. 
 Mutaxassis chiqaruvchi kafedra bitiruv malakaviy ishga qo„yiladigan talablar 
xajmini belgilagan xolda bitiruv malakaviy ishni bajarish bo„yicha uslubiy 
qo„llanmalarni ishlab chiqadi va ular bilan talabalarni ta‟minlaydi. 
 Bitiruv malakaviy ishning har bir bo„limi muvofiq, asoslar, qarorlar va 
xulosalar bilan yoritiladi. Bitiruv malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil 
ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma‟ruzalar va 
maqolalari, xisob grafika ishlari, kurs ishlari va loyihalari, albatta, nomlari 
ko„rsatilgan holda) ishlari, tahliliy – qiyosiy ma‟lumotlar sifatida aks ettirilishi 
yoki ulardan foydalanish mumkin. 
 Bitiruv malakaviy ishlarning tarkibiga bitiruv malakaviy ishning mavzusi
maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda elektron shakldagi taqdimot 
materiallari kiritilishi mumkin. 
 Bitiruv malakaviy ishining asosiy qismi (tushintirish qismi)ning hajmi kamida 
10 000-15 000 so„z miqdorida belgilanadi. 


22 
 Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy qismi quyidagilardan iborat bо„ladi: 

Kirish, ishning asosiy mazmunini yoritib beruvchi 2 ta yoki 3 tagacha boblar 
va ular tarkibidagi paragraflar, bitiruv malakaviy ishining xulosasi, bitiruv 
malakaviy ishida foydalanilgan adabiyotlar rо„yxati, ilovalar; 

Bitiruv malakaviy ishi A4 о„lchamdagi qog„ozga, qog„ozning yuqori va pastki 
tomonidan 2 sm, chap tomonidan 3 sm, о„ng tomonidan 1,5 sm qoldirilgan 
holda, 1,5 intervalda yoziladi; 

Bitiruv malakaviy ishining har bir sahifasi raqamlangan bо„lishi kerak; 

Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, mavzuning o‟rganilish darajasi, 
tadqiqotning manbaviy asoslari, mavzuning maqsad va vazifalari, tadqiqotning 
davriy chegarasi, mavzuning nazariy-metodologik asoslari, tadqiqot obekti, 
tadqiqot predmeti, tadqiqotning ilmiy yangiligi, mavzuning amaliy ahamiyati 
hamda ishning tuzilishi kabi bandlar bо„yicha tо„liq ma‟lumotlar 
shakllantirilishi talab etiladi; 

Bitiruv malakaviy ishi quyidagilardan tashkil topadi: kirish -umumiy hajmning 
10%; nazariy qism - nazariy masalalarni qo`yishdan ko`zlangan maqsad, ularni 
o`rganishning belgilangan darajasidan kelib chiqqan holda umumiy hajmning 
50-55%; tahlil qismi - 15-20%; tajriba-sinov ishlari haqidagi qism - 15 %; 
xulosalar - 5% tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.

Bitiruv malakaviy ishining tuzshshshi, undagi boblar mutanosibligi har bir 
ishning mavzusi, ob`ekti, predmeti, maqsadiga bogliq holda alohida 
belgilanadi. Bitiruv malakaviy ishining hajmi ishning kirish qismidan xulosa 
qismigacha bо„lgan matn, jadvallar, illyustratsiya materiallari bilan birga 60-70 
sahifani tashkil etishi lozim. 

Kafedraning tavsiyasiga binoan bitiruv malakaviy ish chet tillarning 
birida bajarilishi mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya 
ilova etiladi va himoya vaqtida tarjima ta‟minlanadi.

Talaba – ish muallifi, tanlangan qarorning to„g„riligiga va uning topshiriqqa 
muvofiqligiga, bitiruv malakaviy ishda ko„chirmachilik holatini yo„qligiga 
javob beradi. 

Bitiruv malakaviy ishlarni bajarish bosqichlarida belgilangan muddatlardan 
kechikish hollari aniqlanganda ularni bartaraf etish bo„yicha tegishli choralar 
kafedra mudiri tomonidan belgilanadi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling