Mavzu: Biznes g‘oyadan biznes modelga Reja
Download 51.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu. Biznes g’OYadan-biznes modelga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes g’oyani yaratish
Mavzu: Biznes g‘oyadan biznes modelga Reja: 1. Biznes g’oyani yaratish. 2. Biznesni modellashtirish asoslari. 3. M.Jonson, K.Kristensen, X.Kagerman biznes modeli. 1. Biznes g’oyani yaratish Har qanday tadbirkorlik faoliyatining mohiyati xoh biznesni tashkil etish chog’ida bo’lsin, xoh uni rivojlantirish pallasida bo’lsin mavjud yoki chetdan jalb qilingan cheklangan resurslar ko’magida ma’lum bir maqsadli auditoriya uchun qiymatlar yaratish bo’yicha yangi imkoniyatlarni izlab topishdan iboratdir. Tadbirkorlik faoliyati va innovatsion taraqqiyot asosida yangi qiymat yoki uni yaratishning yangi usuli to’g’risidagi ijodiy g’oya yotadi. Biznes g’oya iste’molchilarning salbiy hissiyotlar sifatida shakllangan va ular mazkur muammolarning echimi uchun haq to’lashga tayyor bo’lgan o’ziga xos usul va vositalardir. Real voqelik bilan iste’molchilar kutishlarining mos kelmasligini muammo sifatida tushunamiz. Bunda sub’ektlar ushbu nomutanosibliklarning tezda bartaraf etilishiga ehtiyoj sezadilar. Masalaning yana bir murakkabligi shundaki, individlarning nomutanosibliklarni qabul qilish darajasi turlicha va shu bilan birgalikda individlarning qabul qilish darajasi dinamik tavsifga ega bo’lgani holda, vaqt o’tib borishi bilan nomutanosibliklarni qabul qilish o’zgarib boradi. Muammolarning echimi uchun haq to’lash imkoniga ega bo’lgan eng ko’p sonli individlar (yoki tashkilotlar)ni qamrab oluvchi chindan ham muhim muammolarni aniqlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Aniqlangan muammo qanchalik fundamental, uning echimi esa qanchalik oson va ishonchli bo’lsa, biznes g’oya shunchalik samarali bo’ladi, ya’ni biznes g’oyaning qaytimi shunchalik katta bo’ladi va keng quloch yozish darajasi ham yuqori bo’ladi. Biznes g’oyani amalga oshirishda muvaffaqiyatni ta’min etuvchi omillarning yana bir guruhi tadbirkorning imkoniyatlari, resurs va aktivlarining mavjudligi va shuningdek uni turli xil tavakalchiliklar bilan bog’liqligi. Biznes g’oyani shakllantirish - bu potentsial iste’molchilarning muhim muammolarini ijodiy hal qilish va uning tijorat salohiyatini muntazam baholash asosida qiymat yaratish g’oyasini proaktiv shakllantirishning murakkab jarayonidir. Birinchi bosqichda tadbirkorlarning kompetentsiyalari doirasida iste’molchilarning eng muhim muammolarini izlash amalga oshiriladi. So’ngra, 2- bosqichda, biznes g’oya kreativ yondashuv asosida shakllantirilib, u 3-bosqichda muayyan biznes-modelgacha “o’stiriladi” va amaliyotda ikkinchi bosqich doirasida amalga oshiriladi. Albatta, mazkur jarayonlar iterativ tavsifga ega bo’lgani holda, olingan echimlar qanoatlantirmasa yoki yangi ma’lumotlar kelib tushgan taqdirda jarayonlar boshidan takrorlanadi. 2. Download 51.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling