Mavzu: Biznes g‘oyadan biznes modelga Reja


Biznes-modellashtirish asoslari


Download 51.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana15.11.2023
Hajmi51.78 Kb.
#1777138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu. Biznes g’OYadan-biznes modelga

Biznes-modellashtirish asoslari
Bugungi kunda tashqi muhit omillarining yuqori dinamikasi, tovarlar va 
xizmatlarning hayotlik tsiklining qisqarishi, shuningdek bozorda mustahkam o’rin 
egallashga yo’naltirilgan uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishga nisbatan 
qisqa davrlarga mo’ljallangan samarali biznes-tuzilmalarni shakllantirishga o’tish, 
zamonaviy strategik menejmentda biznes-modellashtirish mavzusining har 
qachongidan ko’ra dolzarb ahamiyat kasb etishiga olib keldi. Biznes-model 
tushunchasiga berilayotgan ta’riflarda ketma-ketlik va aniqlikning etishmasligi 
doimiy chalkashliklarni keltirib chiqaradi, bu esa biznes-modellashtirish sohasida 
yaxlit tizimlashtirilgan tadqiqot yo’nalishining shakllanishiga to’sqinlik qiladi. 1-
jadvalda biznes-modelning eng keng tarqalgan ta’riflari keltirilgan. 
Umuman olganda, Derek Abella mantig’iga asoslangan holda, biznes-modelni 
kompaniyag quyidagi uchta savolga bergan javoblarining jamlanmasi sifatida talqin 
qilishimiz mumkin:
1. Bizning maqsadli mijozlarimiz kimlar?
2. Biz maqsadli iste’molchilarga qanday tovarlar (xizmatlar) ni taklif 
qilishimiz kerak va ular boshqalardan qanday farq qilishlari kerak?


3. Buni maksimal samaradorlik bilan qanday amalga oshiraman? 
Muayyan kompaniya nuqtai nazaridan optimal biznes-modelini yaratish uchta 
asosiy bosqichdan iborat. Birinchi bosqich biznesning muvaffaqiyati biznes-model 
haqidagi fikrlardan emas, balki haqiqiy iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish 
imkoniyatlari haqidagi fikrlardan boshlanishi lozimligini anglatadi. Ikkinchi bosqich 
- kompaniyaning yuqorida ko’rsatilgan imkoniyatlarni amalga oshirish orqali 
rejalashtirilgan daromad darajasiga qay tarzda erishishi mumkinligini tasavvur 
qilishga imkon beruvchi andoza ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.Uchinchi bosqich 
faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarga taalluqli bo’lgani holda, yuqoridagi ikki 
bosqichda shakllantirilgan vazifalarni to’la-to’kis amalga oshirish etish uchun 
mavjud modelni qay darajada o’zgartirish lozimligini anglab etishga xizmat qiladi.

Download 51.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling