Mavzu: Biznes g‘oyadan biznes modelga Reja


Download 51.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana15.11.2023
Hajmi51.78 Kb.
#1777138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu. Biznes g’OYadan-biznes modelga

Asosiy jarayonlar. Muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatuvchi kompaniyalar 
yaratilgan qiymatni iste’molchilarga vaqt va makonda tezkor va samarali tarzda 
etkazib berish imkonini beruvchi operatsion va boshqaruv jarayonlari bilan 
boshqalaridan ajralib turadi. Asosiy jarayonlarga o’qitish, rivojlantirish, ishlab 
chiqarish, byudjetlashtirish, rejalashtirish, sotish va xizmatlar va shuningdek, 


kompaniyada ishlab chiqilgan qoida va me’yorlar ham kiradi. 
Yuqorida sanab o’tilgan to’rt element har qanday biznes-modelning asosiy bloklari 
hisoblanadi. Iste’molchilarga taqdim etiladigan qiymat va daromad formulasi mos 
ravishda iste’molchilar va kompaniyalar uchun qiymatni aniqlab bersa; asosiy 
resurslar va asosiy jarayonlar esa ushbu qiymatning iste’molchilarga va 
kompaniyalarga qay tarzda etkazib berilishini izohlab beradi. Bir ko’rinishdan sodda 
bo’lib ko’ringan ushbu modelning kuchi uning qismlarining murakkab o’zaro 
bog’liqligida namoyon bo’ladi. To’rtta unsurdan biridagi global o’zgarish 
modelning boshqa uchta qismiga, shuningdek, umumiy holda biznes-modelning 
o’ziga ham ta’sir qiladi. Mufoqqiyatli biznes u yoki bu darajada birqaror tizimlarda, 
uning elementlar ketma-ketlikda, bir birini to’ldirgan holda tashkil etiladi. Biz endi 
bevosita biznes-modelni shakllantirish borasida so’z yuritamiz. Bunday 
rasmiylashtirish usullaridan biri “Biznes-modellarni qurish” kitobida Aleks 
Ostervalder va Iv Pinelar tomonidan taklif etilgan. Asosiy g’oya-biznes-modelni A4 
formatidagi bitta varaqda joyla-shadigan, aniq tartiblangan holda barchaga birdek 
tushunarli bo’lishini ta’minlashdan iboratdir. Ostervalder har qanday biznes-
modelni to’qqizta blokdan iborat xarita sifatida shakllantirishni taklif qiladi. Bunday 
shaklning afzalligi shundaki unda xar bir blokning boshqasidan alohida tahlil qilish 
mumkin bo’ladi va shuningdek, xar bir komponentning o’zgarishi qolgan 
komponentlarga qanday ta’sir qilishini ko’rib chiqishga imkon beradi. 
Ostervalder biznes-modelni tashkilotning tashkil etish, rivojlantirish va uning 
muvaffaqiyatli faoliyatining asosiy tamoyillarini ta’riflash uchun zarur vosita 
sifatida tushuntiradi. Ostervalder modelining bloklarini to’ldirishga urinib ko’ramiz. 
Ostervalder modelining birinchi va asosiy bloki “qiymat taklifi” (value proposition) 
blokidir. Ushbu blokni to’ldirganda quyidagi savollarga javob berish talab etiladi:
1. 
Biznes iste’molchilarga qanday qiymatni etkazib berishi 
mumkin?
2. 
Biznes iste’molchilarning aynan qaysi muammosi 
(muammolari)ni hal etishi lozim?


3. 
Bozorda qanday mahsulot va xizmatlar taklif etilmoqda?
4. 
Kompaniya iste’molchilarning qaysi ehtiyojlarini qondiradi?
To’ldirilishi lozim bo’lgan ushbu maydonning asosiy tavsiflovchi jihati 
bo’lib, qiymat taklifining quyidagi o’ziga xosliklari hisoblanadi:
• yangilik;
• ish sifati;
• dizayn;
• brend;
• mahsulot narxi;
• xarajatlarni kamaytirish yoki xatarlarni kamaytirish imkoniyati;
• mahsulotga etishishning osonligi;
• qulaylik.
Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu blokda asosiy e’tibor mahsulot yoki 
xizmatning o’ziga emas, balki uning iste’molchiga keltiradigan nafliligiga qaratilishi 
lozim.
Ostervalder modelining ikkinchi bloki “Mijozlar segmenti” 
(customersegments) hisoblanadi.Mazkur blokni to’ldirish uchun quyidagi 
savollarga javob berish muhim:
1. 
Qiymat kimlar uchun yaratilayapti?
2. 
Kompaniya uchun eng muhim iste’molchilar kimlar hisoblanadi?
Quyidagi bozor tavsiflari ushbu maydonning asosiy tavsiflovchi jihatlari 
hisoblanadi:
- bozor o’lchamlari (bozordagi ulush yoki mass-market);
- bozor qanchalik darajada segmentlanganligi;
Bozor qanchalik diversifikatsiyalashgan.


Ushbu blokda mijozlar nafaqat jismoniy shaxslar, balki yuridik shaxslar ham 
bo’lishi mumkinligini qayd etib o’tish lozim. Biroq mazkur segmentlar uchun 
qiymat takliflari bir muncha farq qilishi mumkin.
“Qiymat taklifi” va “xaridorlar segmenti” bloklarini to’ldirgandan so’ng, 
odatda “mijozlar bilan aloqalar” (customer relationships) blokini to’ldirish tavsiya 
etiladi. Ushbu blokni to’ldirayotganda, quyidagi savollarga javob berish tavsiya 
etiladi:
1. biznes- model nuqtai nazaridan mijozlarning har bir segmenti bilan 
qanday munosabatda bo’lish kerak?
2. Kompaniya va mijozlar o’rtasida qanday munosabatlar o’rnatilgan?
3. Mijozlar bilan bo’lgan munosabat biznesning qolgan qismiga qanday 
ta’sir qiladi?
4. Mijozlar bilan hozirgi munosabatlar qanday xarajatlarga tushadi? 
Mijozlar bilan munosabatlarning quyidagi xususiyatlari ushbu maydonning asosiy 
jihati hisoblanadi:
• Mahsulotdan foydalanishda shaxsiy qo’llab-quvvatlash (yordam);
• O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish;
• Avtomatlashgan xizmat ko’rsatish;
• Mijozlar jamoasini yaratish;
• Mijozlar bilan hamkorlikda ishlash (kollaboratsiya).
Mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasi korxonaning xarajatlariga to’g’ridan-
to’g’ri ta’sir ko’rsatadi, demak mijozlar bilan personallashtirilgan munosabatlar 
qanday o’zini oqlashini baholay olish lozim.


“Kanallar” bloki avvalgi blok bilan kuchli darajada bog’liq hisoblanadi. 
Ushbu bo’limda kompaniyaning asosiy mijozlar bilan hamkor-lik aloqalarini 
qo’llab-quvvatlashning o’ziga xos texnologiyalari bayon qilinadi. Mazkur blok 
uchun asosiy savollar quyidagilar:
1. Qaysi kanallar orqali mijozlar bilan munosabatlar yo’lga qo’yiladi?
2. Hozirda mijozlar qanday qilib topiladi?
3. Bu kanallar bir-biriga qanday darajada bog’langan?
4. Qaysi kanallar eng yaxshi ishlaydi?
5. Kanallarning qaysi biri kam xarajatli?
6. Mijozlar bilan munosabatlar kanallari biznes bilan qay darajada 
integratsiyalashgan?
Bu maydonning o’ziga xos jihatlari bo’lib, mijozlar bilan aloqa kanallarining 
quyidagi xususiyatlari hisoblanadi:
• xabardodorlik (tovar yoki xizmat to’g’risida mijozning xabardorlik darajasi 
qay tariqa oshib boradi);
• baholash ( mijozlar tomonidan tovar va xizmatlarning sifatini baholash 
imkoniyatlari qanday);
• xarid qilish ( mijoz biror bir mahsulot yoki xizmatni aynan qanday sotib 
oladi);
• etkazib berish (mijozlarga qiymat qay tarzda etkaziladi);
• Sotuvdan keyingi xizmat (sotuvdan keyin mijozlar bilan qanday aloqalar 
o’rnatiladi).


Bundan tashqari, nafaqat sotish paytidagi mijozlar bilan o’zaro munosabatlar 
kanallarini, balki sotishdan oldingi va keyingi xizmatlar ko’rsatish kanallarini ham 
aniqlash muhimligini qayd etib o’tishimiz lozim.
Ostervalder modelining “daromad qismi”ni “Daromadlar oqimi” bloki 
(revenue streams) yakunlaydi. Ushbu blokda quyidagi savollarga javob berish lozim 
bo’ladi:
1. Amalda iste’molchilar aynan nima uchun haq to’lashga tayyor?
2. Hozirda ular nima uchun pul to’laydilar?
3. Hozirgi kunda ular to’lovlarni qanday amalga oshirmoqdalar?
4. Ular to’lovlarni qay tarzda amalga oshirishni afzal ko’radilar?
5. Kompaniyaning faoliyati uchun daromadlar orqali qay darajada muhim 
ahamiyatga ega?
Daromad olishning asosiy imkoniyatlari quyidagilardir:
• aktivlarni sotish;
• ijara;
• obuna;
• lizing;
• brokerlik komissiyasi;
• reklama;
• qat’iy belgilangan narxlar (turli usullar);
• dinamik narx belgilash (turli usullar).


Daromad olishning aniq bir mexanizmi (masalan, u naqd yoki naqdsiz hisob-
kitob ko’rinishida ham bo’lishi mumkin) asosiy e’tibor qaratiladigan jihat 
hisoblanadi. Bu narsani kompaniyaning mijozlar bilan munosabatlarni o’rnatishida, 
albatta e’tiborga olish kerak.
Endilikda Ostervalder modelining chap (sarf-xarajatlar) qismini to’ldirishga 
o’tamiz. Birinchi blok “asosiy resurslar” (key resources) blokidir. Ushbu blokda 
kompaniyaning faoliyati uchun zarur bo’lgan resurslar to’g’risida ma’lumotlar 
keltiriladi. Blokning asosiy savollari quyidagilar:
1. Kompaniyaning qiymat taklifi qanday muhim resurslarni talab qiladi?
2. Muvaffaqiyatli distributsiya uchun qanday resurslar kerak?
3. Mijozlar bilan munosabatlarni doimiy darajada ushlab turish uchun anday 
resurslar kerak?
4. Daromad olish uchun qanday resurslar kerak? 
Ushbu maydonning asosiy xususiyatlarini quyidagi resurslar tipi belgilab beradi:
• moddiy resurslar;
• nomoddiy aktivlar;
• inson resurslari;
• moliyaviy resurslar.
Ushbu maydonning muhim xususiyati - inson resurslariga bo’lgan ehtiyojdir. 
Bu o’rinda faqatgina, inson resurslarining miqdori emas, balki asosiy xodimlarning 
o’ziga xos tavsiflarini ham tushunib olish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ostervalder modeli xarajatlar qismining keyingi bo’lagi “Asosiy faoliyat turlari” 
(key activities) blokidir. Ushbu blokda kompaniyaning asosiy biznes-jarayonlari 
bayon qilinadi. Ushbu blokni to’ldirayotganda, quyidagi savollarga javob berish 
talab etiladi:


1. Kompaniyaning qiymat taklifi qaysi asosiy faoliyat turlarini talab qiladi?
2. Qaysi asosiy faoliyat turlari distributsiya kanallarini yaratishni taqozo 
qiladi?
3. Qaysi faoliyat turlari xaridorlar bilan munosabatlarga kirishishni talab 
qiladi?
4. Qaysi asosiy faoliyat turlari evaziga mijozlardan keluvchi daromadlar 
oqimi ko’payadi?
Faoliyat turlarining asosiy toifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
• ishlab chiqarish faoliyati;
• muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyat turlari;
• mijozlar jamoasini shakllantirishga qaratilgan faoliyat turlari.
Biznes-jarayonlar faqat ishlab chiqarish jarayonlari bilan chegaralan-
masligini tushunish muhimdir. Mijozlar bilan aloqalar o’rnatishning marketing va 
shu kabi boshqa usullariga ham e’tibor qaratish lozim. Ostervalder modelining eng 
oxirgisidan bitta oldingi bloki “Asosiy hamkorlar” (key partners) blokidir. Mazkur 
blokda kompaniya faoliyatini amalga oshirishda ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi va faol 
hamkorlik qiluvchi biznes-hamkorlar bayon qilinadi. Blokning asosiy savollari 
bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Kompaniyaning asosiy hamkorlari kimlar?
2. Kompaniyaning asosiy ta’minotchilari kimlar?
3. Kompaniya hamkorlardan qaysi asosiy resurslarni sotib oladi? 
4. Kompaniyaning hamkorlari tomonidan amalga oshiriladigan asosiy 
faoliyat turlari nimalardan iborat?
Hamkorlarni rag’batlantirishning asosiy yo’llari quyidagilardan iborat:


• Hamkorlikni optimallashtirish va xarajatlarni kamaytirish;
• Hamkorlikda yuzaga keluvchi xatarlarni pasaytirish;
• Aniq resurslarni xarid qilish.
Hamkorlar bilan aloqalar, ulardan faqatgina, resurslarni xarid qilishdan 
iborat emas. Bunday munosabatlar uzoq muddatli hamkorlik asosni tashkil etadigan 
yaxshi tuzilgan biznes-jarayonlarni talab qiladi “Xarajatlar tarkibi” blogi 
Ostervalder modeli sarf-xarajatlar qismining so’nggi bo’lagi hisoblanadi. Ushbu 
blokda kompaniyaning faoliya-tini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xarajatlarni 
tavsiflaydi. Quyidagilar blokning asosiy savollari hisoblanadi: 
1. Kompaniyaning biznesidagi eng muhim xarajatlar qaysilar? 
2. Qaysi resurslar ko’p xarajat talab qiladi? 
3. Qaysi faoliyat turlarini amalga oshirish kompaniyaga nisbatan ko’p xarajatli 
hisoblanadi?
Xarajatlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: 1) doimiy xarajatlar; 2) 
o’zgaruvchan xarajatlar; 3) ko’lam bo’yicha tejaj imkoniyati. 
Bundan tashqari, xarajatlarni tejash va ularni optimallashtirish yoki mijozlar uchun 
taklif narxini oshirish yo’li bilan biznes imkoniyatlarini kengaytirish imkoni 
mavjudligini ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 51.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling