Ilk qadam” dasturidagi maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolaning rivojlanish xaritasi. Reja
Download 19.54 Kb.
|
4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ota-onalar to‘g‘risida malumot
- 05-03 Ish jurnali (kun tartibini rejalashtirish) (O‘quv)- talim -tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish
Filtr yuritish tartibi
Tana harorati Teri tozaligi Bosh tozaligi (pedikulyozga tekshiruv) Ota-onadan olingan so‘rovnoma natijalari Patronaj yuritish daftari Bolaning familiyasi, ismi, sharifi Oxirgi kelgan kun Necha kun kelmagan va sabablari Diagnoz MTTga kelgan kun Ota-onalar to‘g‘risida ma'lumot Bolaning familiyasi, ismi, sharifi Tug‘ilgan kun, oy, yil Ota-onasining ism, sharifi Ota-onaning ish joyi Uy manzili Telefon raqami 05-03 Ish jurnali (kun tartibini rejalashtirish) (O‘quv)- ta'lim -tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish O‘quv-tarbiyaviy jarayon «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘quv yili bo‘yicha tashkil qiladi. O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi. 1 iyundan 31 avgustgacha MTTda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi. O‘quv(ta'lim)-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv(ta'lim)-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi. O‘quv(ta'lim)-tarbiyaviy faoliyat ta'lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‘quv(ta'lim)-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta'lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud: yillik mavzuviy; haftalik. Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‘quv(ta'lim )-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi. Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur'atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi. Download 19.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling