Nutqida «bitta», «ikkita», «uchta», «bir», «ikki», «uch» so’zlarini ishlatishni mashq qildirish.
Kutilayotgan natija:
Kerakli jihozlar:
Turli o’yinchoqlar (2 ta va 3 tadan).
1, 2, 3 sonlari tasvirlangan medalionlar.
1 tadan, 2 tadan, 3 tadan narsalar tasvirlangan rasmlar to’plami.
Faoliyatga tayyorgarlik:
Tarbiyachi Faoliyat oldidan stollarga har xil o’yinchoqlarni 2 tadan qo’yib chiqadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, stolim ustidagi o’yinchoqlarga e’tibor bering, o’yinchoqlar nechta? Keling, birgalikda sanaymiz. 1, 2. Demak, o’yinchoqlar 2 ta ekan. Agar biz 2 ta o’yinchoqqa yana bitta o’yinchoq qo’shsak, o’yinchoqlar 3 ta bo’ladi. Keling, endi sizning stolingiz ustida turgan o’yinchoqlarni sanaymiz. Bir, ikki-o’yinchoqlar 2 ta ekan. Agar biz o’nga yana bitta o’yinchoq qo’shsak, o’yinchoqlar nechta bo’ladi? Stolingizdagi 2 ta o’yinchoqqa, yana 1 ta o’yinchoq qo’shing. Endi birgalikda sanaymiz: 1, 2, 3. Hammamiz birgalikda aytamiz, o’yinchoqlar 3 ta bo’ldi. 3 ta o’yinchoqdan bittasini olib qo’ysak, o’yinchoqlar nechta qoladi? To’g’ri, 2 ta qoladi. 2 ta o’yinchoqqa 1 ta o’yinchoq qo’shsak, hammasi nechta bo’ladi? To’g’ri, 3 ta bo’ladi. Mana bu son, bolajonlar,-3.
3
Tarbiyachi 3 soni katta qilib yozilgan kartochkani bolalarga yaxshi ko’rinadigan joyga ilib qo’yadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, 1 sonidan keyin 2 soni keladi, 2 sonidan keyin 3 soni keladi. Demak, 1 - 2 dan oldingi son, 2 - 3 dan oldingi son. Sanashda hamma vaqt shunday tartibga amal qilinadi va bu 1 dan 3 gacha to’g’ri sanash deyiladi.
Guruhiy ish.
Bolalar 1, 2, 3 sonlari tasvirlangan medalionlar yordamida kichik guruhlarga bo’linadi. 3 ta stolda-birinchisida 1, ikkinchisida 2, uchinchisida 3 raqami katta qilib yozib qo’yilgan bo’ladi. 1 sonli medalionlarni olgan bolalar 1 soni turgan stolga, 2 sonli medalionlarni olgan bolalar 2 soni turgan stolga, 3 sonli medalionlarni olgan bolalar 3 soni turgan stolga o’tiradilar. Hamma stolda 1 dan 3 tagacha narsalar tasvirlangan rasmli kartochkalar bo’ladi.
Topshiriq-1. Har bir guruhga 1 soni katta qilib yozilgan kartochka beriladi. Har bir guruhdagi bolalar o’zlarining stolidagi rasmli kartochkalardan 1 ta narsa tasvirlanganini 1 soni atrofiga klaster usulida yigishi lozim bo’ladi.
Topshiriq-2. Har bir guruhga 2 soni katta qilib yozilgan kartochka beriladi. har bir guruhdagi bolalar o’zlarining stolidagi rasmli kartochkalardan 2 ta narsa tasvirlanganini 2 soni atrofiga klaster usulida yigishi lozim bo’ladi.
Topshiriq-3. Har bir guruhga 3 soni kattaqkilib yozilgan kartochka beriladi. Har bir guruhdagi bolalar o’zlarining stolidagi rasmli kartochkalardan 3 ta narsa tasvirlanganini, 3 soni atrofiga klaster usulida yigishi lozim bo’ladi. Keyin bolalardan rasmda nechta narsa tasvirlanganligi so’raladi. Masalan: Mana bu kartochkada nechta kapalak tasvirlangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |