Bilimlarni mustahkamlash uchun O’yin: «Pazl».
«Pazl» O’yinida bolalarga uchburchak va kvadrat shaklida 4 ta bo’lakka bo’lingan rasmlar beriladi. Pazldagi tasvirda 2 qator narsalar tasvirlangan bo’ladi. Bolalar pazlni yigadilar va qanday rasm tasvirlanganligini yuqori qator bilan pastki qatordagi narsalar soni tengmi, teng emasligini aniqlab, aytib beradilar. Bolalar mustaqil holda aytib bera olmasalar, tarbiyachi yo’naltiruvchi savollar oqkali bolalarga fikrini ifodalashga yordamlashadi. Masalan: Yuqori va pastki qatordagi narsalar hammasi tagma-tag turibdimi? Yuqori qatordagi bitta olmaning tagida nok yo’q ekan, demak, olmalar va noklarning soni teng emas ekan yoki yuqori qatordagi anorlarning har birining tagida limon turibdi, demak, anorlar va limonlarning soni teng ekan.
Pazllarni har bir bolaga bittadan yoki kichik guruhlarga bittadan berish mumkin.
Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun topshiriq:
1. Rasmdagi har bir quyonga bittadan sabzi bering.
2. Quyonlar va sabzilarning soni tengmi?
Faoliyat oxirida tarbiyachi xamma bolalarni rag’batlantiradi.
Son va sanoq
Mavzu: 1 soni bilan tanishtirish
Maqsad:
Kutilayotgan natija:
Kerakli jihozlar:
O’yinchoqlar: 1 ta qo’g’irchoq, 1 ta mashina
7-rasm (har bir bolaga)
Faoliyatga tayyorgarlik:
Tarbiyachi Faoliyat oldidan stollarga xar xil o’yinchoqlarni 1 tadan qo’yib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |