Ilk qadam davlat o‘quv dasturi asosida kichik guruhlarda yil davomida


Download 151.6 Kb.
bet26/50
Sana31.01.2024
Hajmi151.6 Kb.
#1831998
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Bog'liq
Son va sanoq-fayllar.org

Faoliyatning borishi:
Dastlab tarbiyachi flanelegrafda har bir gulning ustiga bittadan kapalak qo’yib, qancha gul bo’lsa, shuncha kapalak qo’yishni ko’rsatib beradi.
«Men gullar qancha bulsa, shuncha kapalaklarni qo’ydim».
Bolalarning diqqatini ortiqcha kapalaklar qolishi mumkinligiga qaratadi. Takror ko’rsatayotganida tarbiyachi alohida ta’kidlaydi-kapalakni o’ng qo’l bilan olib, chapdan o’ngga qarab qo’yib chiqish kerak. Har bir gulning ustiga kapalakni tekis qilib qo’yish kerak.
Bolalar uchun amaliy ish.
Har bir bolaga likopcha, qo’ngizchalar, 2 tadan rasm beriladi. Bitta rasmda 3 ta sariq barg, ikkinchisida 4 ta yashil barg tasvirlangan.
Topshiriq berishdan oldin tarbiyachi bolalarga likopchasida nimalar borligini yaxshilab ko’rib chiqishga ruhsat beradi. So’ngra rasmda qancha barg bo’lsa, shu barglarning ustiga shuncha qo’ngizchalar qo’yishni taklif qiladi. Har bir bargning ustiga bittadan qo’yish kerakligini tushuntiradi.
Bolalar topshiriqni bajarishga kirishishlaridan oldin tarbiyachi bolalardan chap va o’ng qo’lini ko’rsatishni taklif qiladi, chap qo’l bilan rasmni ushlab, o’ng qo’l bilan qo’ngizchalarni qo’yib chiqishni (chapdan o’ngga) o’rgatadi.
Keyingi topshiriqda har bir daftarning ustiga bittadan qalam qo’yish topshiriladi.


Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun savollar:
1. Biz har bir bargning ustiga nechtadan qo’ngizcha qo’ydik?
2. Biz har bir daftarning ustiga nechtadan qalam qo’ydik?

Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.




Son va sanoq


Mavzu: «Qancha», «shuncha», «teng» so’zlarining ma’nosini tushunish va nutqda qo’llashni o’rgatishni davom ettirish


Maqsad:
  • Bolalarga namuna kartochkadagi rasmlar ostiga rasmni qo’yish yo’li bilan teng, teng emasligini aniqlashni o’rgatish, rasmlarni aniq tepadagi rasmning pastidan qo’yish va orasidagi masofaga qattiq etibor berish.


  • «Qancha, shuncha», «teng» so’zlarining ma’nosini tushuntirish.





Download 151.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling