Ilk qadam davlat o‘quv dasturi asosida kichik guruhlarda yil davomida
Download 151.6 Kb.
|
Son va sanoq-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan natijalar
- Faoliyatning borishi: Tarbiyachi
- Guruhiy ish. Tarbiyachi
Geometrik shakllar
Mavzu: Tevarak-atrofdagi predmetlarda uziga tanish bulgan geometrik shakllarni ko’ra bilishga o’rgatish Maqsad: Bolalarni atrofdagi predmetlarda uziga tanish bulgan geometrik shakllarni ko’ra bilishga o’rgatish. Kutilayotgan natijalar: Bolalar atrofdagi buyumlarda tanish geometrik shakllarni ko’ra olishni va buyumlarni ularning tasviri bo’yicha mos keltirishni urganadilar. Kerakli jixozlar: Koptok, shar, dazmol, kubik. Kvadrat, doira va uchburchak shakllari (stolga kuyish uchun). Uchburchak, kvadrat va doira shaklidagi medalionlar. Guruhiy ish uchun 3 ta stolga kvadrat, doira va uchburchak shakllari tuplami. Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Bolajonlar, qanday geometrik shakllarni bilasizlar? Bolalarning javobi. Tarbiyachi: To’g’ri, biz siz bilan doira, uchburchak, kvadrat shakllarini bilib olganmiz. Kani xammamiz stolimizdagi geometrik shakllar orasidan kvadrat shaklini olib, o’ng qo’limizda baland kutaramiz. Endi doirani olib chap qo’limizda baland kutaramiz. O’ng qo’limizdagi kvadratni kuyib, uchburchak shaklini olamiz va o’ng qo’limizda uchburchakni, chap qo’limizda doirani baland kutaramiz. Juda yaxshi. Bolajonlar, atrofimizdagi narsalarga yaxshilab e’tibor berib karang. Ular kaysidir shakllarga uxshaydimi? Masalan: Koptok kaysi shaklga uxshaydi? Doira shakliga uxshaydi. Stolning yuzasichi kaysi shaklga uxshaydi? Kvadratga uxshaydi. Shar kaysi shaklga uxshaydi? Doira shakliga uxshaydi. Piramida kaysi shaklga uxshaydi? Uchburchak shakliga uxshaydi. Kubik kaysi shaklga uxshaydi? Kvadrat shakliga uxshaydi. Dazmolning uchi qanday shaklga uxshaydi? Uchburchak shakliga uxshaydi. Guruhiy ish. Tarbiyachi: Bolajonlar, xozir geometrik shakllar yordamida guruhlarga bulinib olamiz. Sizlar doira, kvadrat, uchburchak shakllaridagi medalionlardan birini tanlab olasizlar va kaysi shakldagi medalionni olgan bulsalaringiz uni takib, shu shakl turgan stolga borib utirasizlar. Uchta stolda uchta shakl turibdi: uchburchak, kvadrat va doira shakllari. E’tibor bergan bulsangiz stollarda turli geometrik shakllar tuplami bor. Sizlar mana shu shakllar yordamida atrofimizdagi narsalarni applikatsiya usulida qog’ozga yopishtirasizlar. Sizlarga guruh bulib ishlashingiz uchun plakatlar berilgan. Marxamat, ishni boshlang. Narsalarni yasab buldingizmi? Plakatlarni xonaning 3 ta tomoniga ilamiz va xammamiz birgalikda bajargan ishlarimizni kurib chikamiz. Kaysi guruh bajargan ishning oldiga borsak, usha guruhdagilar nimalarni yasaganliklarini tushuntirib beradilar. Download 151.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling