Ilm -fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi


Tarbiyaviy ishlar tizimiga “ilm –fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ”ni yosh avlodga foydali jihatlari


Download 61.85 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi61.85 Kb.
#232147
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar tizimiga “ilm –fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ”ni tadbiq etish.

2.2. Tarbiyaviy ishlar tizimiga “ilm –fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ”ni yosh avlodga foydali jihatlari

  • O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimida maktabgacha ta’lim eng asosiy tizim hisoblanadi. Ushbu soha uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda.
  • Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan qabul qilingan qaror va farmoyishlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish, maktabgacha ta’limga qamrab olinayotgan bolalarni maktab ta’limiga to‘laqonli ravishda tayyorlab berish ishlarini o‘z ichiga oladi. Bu qarorlar ichida “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qaror dastur sifatida faoliyat boshladi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichini qo‘tarish, mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: - bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; - maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; - 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash.

Download 61.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling