Ilm eng buyuk sharaf
Download 142.5 Kb.
|
ILM ENG BUYUK
- Bu sahifa navigatsiya:
- IXLOS BILAN ISHLASH
"Bu nima uchun bunday?
Qanday sodir bo‘lgan?" kabi savollar bizni harakatga keltirib, diqqatimizni o‘ziga tortadi. Insonlar shu qiziqish tuyg‘usi bilan tog‘larga chiqishadi, dengizlarning tubiga tushishadi, oyga uchishadi. Mashhur olim Eynshteynning nisbiylik nazariyasini kashf qilishida bolaligidanoq o‘z-o‘ziga berib turgan savollariga javob topish orzusi sabab bo‘lgan edi. "Ikki voqea ayni bir paytda qanday sodir bo‘lishi mumkin? Inson oyga minib, sayohat qilsa qanday bo‘larkin?" degan savollar uning uchun muvaffaqiyat pillapoyasi vazifasini bajardi. Qiziqish ilmning mash'alidir. Undan foydalana olganimiz nisbatda yo‘limizni yoritadi. IXLOS BILAN ISHLASH Inson qiladigan ishini sevib amalga oshirishi lozim. Istamasdan, yoqtirmay bajarilgan ishlar xayrli bo‘lmaydi. Inson ishiga qay darajada ixlos bilan yondoshsa, shunchalik muvaffaqiyatga erishadi. Shuning uchun, qilinadigan ishlarga sevib qo‘l urishimiz kerak. Kasb tanlayotganda juda e'tiborli bo‘lishimiz lozim. Sevilmagan kasbimiz biz erishadigan samaradorlikka to‘sqinlik qilishi mumkin. O'zimizga zimdan qarabchiqaylik. Qobiliyatimiz nimalarga yetadi, o‘qituvchi, ota-ona va yaqinlarimizning maslahatlariga quloq solishda, albatta biz uchun foydalar bor. Ular bizning yomon bo‘lishimizni xohlashmaydi. Lekin shunga qaramay, bizni hammadan ko‘ra yaxshiroq taniydigan yana o‘zimiz. O'z qobiliyatlarimizni hisobga olmasdan, birovlarning tavsiyasiga ko‘ra ish yuritsak yoki biror kasbni tanlasak, oxir-oqibatda qilgan ishimizdan afsus-nadomat chekamiz. Avvalo aqlimiz tarozusiga solib ko‘raylik. Muvaffaqiyatga erishishimiz va bu ish bizga foydali ekanligiga ishonch hosil qilganimizdan keyingina biror ishni tanlaylik. Shunisi ham borki, mavjud shartlar ham orzuimizga yetishish yo‘lida to‘siq bo‘lishi mumkin. O'zimiz xohlamagan holda biror ishga qo‘l urishga majbur bo‘lishimiz mumkin. Agar bu ishimiz foydali bo‘lishiga qaramay, bizga qiyinchilik tug‘dirsa, sabr qilib, ixlos bilan yondoshishga harakat etishimiz lozim. Ishimizga mehr qo‘ysak, har qanday qiyinchilikni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lamiz. Download 142.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling