1. Talabaga eng kerakli narsa
a) Vaqt
b) Bilim
c) Pul
d) Tanka (tanish bilish)
e) Baho
2. Talaba vaqtini mazmunli o'tkazuvchi omil
a) Bayramlar, har hil kecha va bazmlar
b) Qizlar
c) Ilmiy mashvaratlar
d) Dars soati
e) Uyqu vaqti
3. Talaba nima uchun o'qiydi
a) Baho uchun
b) Stipendia uchun
c) Vaqt o'tkazish uchun
d) Bilim olish uchun
e) Diplom olish uchun
4. Talabaning eng katta muammosi
a) Diplom
b) Pul
c) Bilim
d) baho
e) Tanka (tanish bilish)
5. Talabaning eng g'amgin davri a) Smestr vaqti
b) dars vaqti
c) Yahshi ko'rgani bilan janjallashgan vaqti
d) Puli qolmagan vaqti
e) Bahosi chiqmagan vaqti
6. Talaba qachon uyiga telefon qiladi yoki boradi
a) Sog'inganida
b) Puli qolmaganida
c) Bir muammo chiqqanida
d) Zerikkanida
e) Uyidagilar esiga kelganida
7. Talabaning orziqib kutadigani
a) Dam olish kunlari
b) Darsni tugashi
c) Bayram, ta'til, har hil kecha va bazmlar
d) Yahshi ko'rgani bilan uchrashuv
e) Uyqu vaqti
8. Talabaga qanday domlalar yoqadi
a) Pora oladigan
b) Pora olmaydigan
c) Dars o'tmaydigan
d) "nb" qo'ymaydigan
e) Haqiqiy bilim beradigan.
Aflotun jahon falsafasi tarixida o`chmas iz qoldirgan alloma hisoblanadi. Uning asl ismi Platondir. U nafaqat faylasuf, balki, san`atkor, shoir va dramaturg bo`lgan. U o`z g`oyalarini dialog ko`rinishida yozib qoldirgan. Aflotun eramizdan avvalgi 428-yil 21-mayda Delos orolida tug`ilgan. Undan 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar qolgan. Arastuning Aflotun haqidagi ma`lumotlarini yagona ishonchli manbaa deb atashimiz mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin do`sti va shogirdi bo`lgan.
Aflotun «G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta`limotining asoschisidir. Uningcha, g`oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy o`zgarish va taraqqiyot faqatgina g`oyalar dunyosiga hos bo`lib, soyalar dunyosidagi harakat uning aksi hisoblanadi. G`oyalar dunyosi qonunlarini faqatgina yuksak bilim egalari biladi, deb hisoblagan.
Aflotunning jamiyat va davlat to`g`risidagi ta`limoti uning dunyoqarashida markaziy o`rinlarni egallaydi. U siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni bo`lgan. Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga oid «Davlat», «Qonunlar», «Kritiy» asarlarini yozib qoldirgan. «Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi to`g`risidagi qarashlarining markaziy ta`limoti - g`oyalar nazariyasi bilan uzviy bog`liq holda ilgari surgan. Uning fikriga ko`ra davlatning to`rtta shakli mavjud: teokratiya, oligarxiya, demokratiya va tiraniya. Faylasufning ideal davlat to`g`risidagi orzulari asosini adolatli jamiyat tashkil etadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a`zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo`ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |