Ilm eng buyuk sharaf


Download 142.5 Kb.
bet7/12
Sana19.06.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1624321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ILM ENG BUYUK

DANGASALIKNI YENGISH
Dangasalik haqida aytilgan talaygina hikmatli so‘zlar bor. Hazrati Ali: "Insonni vaqtidan oldin xarob qiladigan narsa tanballikdir", degan. Dangasa va mehnatkash ikki insonni solishtirib ko‘ring! Ushbu hikmatli so‘zning haq ekanini anglab yetasiz. Harakatchan kishi dangasaga nisbatan tetik va bardam bo‘ladi. Dangasa esa hayotdan zerikib, umrini qahvaxonalarda sigaret tutunlariga ko‘milgan holda yondirib, ado qiladi.
Namik Kamolning nazarida, tanballik o‘limning kichik ukasidir. Tanbal odamning borligi bilan yo‘qligi o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. Tanballikni yo‘qlik bilan teng ko‘rgan ulug‘lar esa, bekorchi, tanbal, kayf-safoda yashagan va yumshoq to‘shaklarda rohatlanib yotadiganlarning ishlaydiganlardan ham ko‘proq zahmat chekishlarini va hayotdan zerikishlarini ta'kidlab o‘tishadi, dangasalarning doimo umrlari tezroq o‘tishini xohlashlarini aytadi. G'ayratli kishi shukr qiladi, hamd aytadi. Umrini bekor o‘tib ketishini istamaydi", deydi va bu qoidani zikr qiladi. "Rohat farog‘at mashaqqatda, mashaqqat esa rohatdadir".
Bu haqiqatni o‘zida singdirgan Le Brayer ham, zerikishni tanballik bilan birga paydo bo‘lganini aytadi. Shu zerikish sababli ko‘pgina kishilar qimorxonalarda, mayxonalarda va qamoqxonadadirlar.
Inson bu dunyoga kayfu safo qilish uchun kelmagan. Qanchalar urinmasin hayotning achchiq kunlari, g‘am-qayg‘ulari, zerikishlari bunga fursat bermaydi. U holda inson rohatni huzur-halovatda yashashda izlamaslik kerak.
Xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda, boshini og‘ritadigan tashvishlar, qiyinchiliklarga qarshi mardonavor turishi, rohatni shundan qidirishi lozim. Rohatni rohatsizlikdan izlaganlar uchun rohatsizlik degan tushunchaning o‘zi yo‘q.
Har doim vaqt yo‘qligidan aziyat chekamiz. Ajabo, haqiqatda ham vaqtimiz yo‘qmi... yoki vaqtimizning qadriga yetmaganimizdan qiynalamizmi? Suhbatlarimizda, televizor oldida, ovqatlanishga, ko‘ngilxushlikka sarflagan vaqtimizni bir hisob-kitob qilsak, bir yilda bir necha ming soatning bekor o‘tib ketishi ma'lum bo‘ladi. Faqat televizor ko‘rishga ketkazadigan bir-ikki soatimizni kitob o‘qishga ajratsak, bir yilda eng kami 30-40 kitob o‘qishimiz mumkin. Televizordan olgan bilimlarimiz bilan kitobdan o‘rganganlarimizni solishtirsak, kitoblardan naqadar ko‘p foyda olganimizni guvohi bo‘lamiz. Demak, vaqt yo‘qligi emas, dangasalik bizning asosiy muammoimiz. Eng katta dushmanimiz bo‘lmish dangasalikni yenga olsak, hayotda bajara olmaydiganimiz ish qolmaydi. Shavq va g‘ayratni so‘ndiruvchi, baqalamun kabi turli ko‘rinishlarda chiqadigan tanballikni yengish eng buyuk g‘oyamiz bo‘lsin.
Dangasalik shunday ayyorki, ba'zan mazasi boru, lekin foydasi yo‘q shirin saqichlardek aldaydi, bo‘shashish, hayotdan zerikish, charchoq, xastalik, bekorchilik, havoiylik kabi turli tuzoqlar bilan insonlarni o‘zining to‘riga ilintirishga harakat qiladi.
"Bugun ko‘p ishlading, bir necha kun dam ol", "Xafa qilma shirin joningni, ishlab nima qilib berarding? Ishlaganlar nimaga erishdi?", "Ko‘p ishlama, sog‘ligingni yo‘qotasan", "Ishlagan ham, ishlamagan ham bir. Ko‘za olib kelgan ham, keltirmagan ham bir xil, biroq shuncha harakat qilishdan nima foyda?", "Qo‘yaver, baxt qushi boshingga qo‘nsa, hammasi o‘z-o‘zidan hal bo‘lib ketadi", degan gaplar bilan insonni falokatga yetaklaydi, hech qanday bahona topolmaslik uchun dangasalarni ko‘pay-tiradi. Oldimizda ikki yo‘l bor: Yo shu va shunga o‘xshash dangasalik qurollariga nishon bo‘lib, o‘zimizni butun mashaqqatlarning onasi va razolatning uyasi bo‘lgan tanballikning quchog‘iga tashlash yoki yuksaklikning, muvaffaqiyatning kaliti, huzur-halovatning asosi bo‘lgan mehnatga butun borlig‘imizni topshirib, dunyo va oxiratda saodatga erishish.

Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling