Ilm eng buyuk sharaf


Download 142.5 Kb.
bet3/12
Sana19.06.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1624321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ILM ENG BUYUK

ZAVQ MANBAI
Bu darajada ulug‘ va sharafli bo‘lgan ilmning zavq va lazzatini to‘liq his qilganimizda bir zum bo‘lsa ham o‘zimizni qo‘yishga joy topolmadik. Shuning uchun, ilmning zavqini bilganlar bu huzurni boshqa hech narsaga tenglashtira olmaydi. Kecha-kunduz demasdan butun umrlarini ilmga bag‘ishlaydilar. Hatto uxlashga, ovqatlanishga ketgan vaqtlarini katta yo‘qotish, deb biladilar. Chunki ilmning mazasini boshqa biror narsada topa olmaydilar. «O'qishni boshqa hech bir xazinaga almashtirmayman», degan Ye. Gibbon, har holda bu haqiqatni oz bo‘lsa-da ifodalay olgan. Mashhur Imom A'zamning yaqin shogirdi Imomi Muhammadning ilmga shu qadar baland ediki, o‘zini qo‘yarga joy topa olmas edi. «Ey podshoh va vazir farzandlari! Keling, siz ham jannat lazzatini totib ko‘ring!» - der edi. Vafotidan keyin uni tushida ko‘rgan bir do‘sti undan so‘radi: «Qanday jon berding?», «Ilmiy bir masala bipan shug‘ullanayotgan edim, jonimni qanday chiqqanini sezmay qoldim».
Buyuklar o‘qishni shirin meva, deb bilishgan. Toza, musaffo havoga o‘xshatishgan. U bilan nafas olib, ruhiy tushkunliklarini, dard-alamlarini, jahllarini unutishgan. Montesk «Chorak soatlik o‘qish bilan barcha tushkunlik va g‘amginligim tarqab ketadi» - deya shu haqiqatni e'tirof etgan edi. Qisqasi, o‘qimoqqa suv havodek ehtiyojimiz bor.
SAVOL SO'RASH
Savol ilmning kalitidir. Aytadilarki: «Savol so‘rash ilmi hayotimizda uchraydigan bir yo‘ldir. Savol kitobni, mavzuni yoki darsni yaxshi anglab yetishni ta'-minlaydi. Savol ilmimizni oshiradi. Chunki, so‘rab javobini izlaymiz. Savol so‘rash o‘zimiz sezmagan holda bizni bilim egasiga aylantiradi».
Abu Yusufdan: «Bu bilimni qaerdan qo‘lga kiritding?», - deb so‘rashganida, «Kichik-katta, deb ajratmasdan, bilmaganimni so‘rash bilan», - deb javob bergan edilar.
Savol beraman, deb aqlga kelgan bo‘lar-bo‘lmas narsalar so‘ralmasligini unutmaslik lozim. Savol insonning saviyasini ham ko‘rsatadi. Mantiqli va qiziqarli savollar berish kerak.

Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling