Ilm eng buyuk sharaf


Download 142.5 Kb.
bet4/12
Sana19.06.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1624321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ILM ENG BUYUK

BALAND OVOZDA O'QISH
Baland ovozda o‘qish ham o‘ziga xos o‘rinlarda tadbiq qilinishi kerak bo‘lgan bir usuldir. Chunki ovozni chiqarib mutolaa qilish o‘qishimizni tuzatadi. Fasohat bilan gapirish qobiliyatini shakllantiradi.
TUSHUNTIRMOQ
O'rganganlarimizni yaqinlarimizga aytib berish, tushuntirish mavzuni puxta o‘zlashtirishimiz uchun eng qulay yo‘llardan biridir. Mavzu shunda yanada chuqur o‘rganiladi. O'qituvchilik bir kasb bo‘lishiga qaramay, har bir kishi zamon va makonga ko‘ra bu sharafli vazifani zimmasiga olishi mumkin. Umrimiz davomida o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganimiz uchun har birimiz o‘ziga xos bir o‘rgatuvchimiz. Ilk o‘rgatuvchi Alloh. Hazrati Odamga borliq ilmini o‘rgatgan. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam ham: «Men ta'lim beruvchi qilib yuborildim», - deya marhamat etganlar.
NIMALARNI O'QISH LOZIM
O'qish kabi o‘qiydigan narsalarimizni ham aniq belgilab olishimiz ham juda muhim. O'qiydigan kitoblarimiz bizga qanday foyda keltiradi? Bilimimizga yangi bilimlar qo‘sha oladimi? Hatti harakatlarimizning yaxshilikka yo‘nalishiga yordam berib, ichimizga huzur-halovat, ishimizga zavq-shavq bag‘ishlay oladimi?
Frans Kafkaga ko‘ra, kitob insonda kuchli ruhiy ta'sir o‘yg‘otishi lozim. U: «O'qiydigan kitobimiz bir mushtdek bizni sergak torttirmasa nima ishga yaraydi?», - Deya haqiqiy kitobning o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatadi. Agar biz biror kitobni o‘qiganimizdan so‘ng, «Yaxshiki bu kitobni o‘qidim, aks holda juda ko‘p narsa yo‘qotardim», - degan fikr o‘yg‘otgan kitob, haqiqatan foydali, degan nomga loyiq bo‘ladi.
Aleksandr Pop bunday deydi: «O'qigan asaringiz sizni fikran yuksaltirib, qalbingizga ezgulik va mardlik tuyg‘ularini o‘yg‘otsa, u holda bu kitob haqida bir fikr bildirish uchun shu tuyg‘ularning o‘zi yetarlidir. Umid bilan ochilib, foyda bilan yopilgan kitob yaxshi kitobdir».
Kitoblar insonlardan ayrilmaydigan buloqlardir. Aqllarini kitob bilan jilolamagan, ruhlarini u bilan oziqlantirmagan insonlar siqilish, zerikishdan qutula olmaydilar. Seneka: «Kitobsiz yashash, ko‘r, kar, soqov kabi hayot kechirishdir», - degan.
«Yaxshi kitobdan bahramand bo‘lmagan inson o‘qimishli bo‘lishi bilan johil qolishi orasida hech qanday farq yo‘qdir», degan Mark Tven yaxshi kitobning ahamiyatini ta'kidlab o‘tadi. Vaqtni bekorga ketkazgani uchun foydasiz kitobning eng ozi ham zararli. Insonni dangasalikka, ishsizlikka, axloqsizlik va iymonsizlikka yetaklovchi kitobning zahardan farqi yo‘q. Bunday kitoblar insonlarning moddiy va ma'naviy hayotilarini xazonga aylantiradi.
Har bir narsaning foydalisini, yaxshisini tanlaganimiz singari, kitoblarning ham eng yaxshisi va foydalisini tanlaylik. Chunki ular hayotimizda asosiy yo‘nalishni belgilab beradi. Dunyoqarashimiz ular orqali shakllanadi. Agar yaxshisini tanlay olsak, kitob eng yaqin do‘st va birodarimizga aylanadi. Dunyoimiz ular bilan oydinlashadi. Bu vafodor do‘stlar bilan doimo birga bo‘lishga intilaylik va Konfutsiy kabi: «Rabbim! Menga kitob to‘la bir uy bergin!», deb duo qilaylik. Unutmangki, kitobdan boshqa xazina yo‘qdir.

Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling