Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 18.72 Kb. Pdf ko'rish
|
19-37-PB
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 206 Hududdagi Chelak toponimi ham fonetik oʻzgarishlar natijasiga koʻra yuzaga kelgan. Koʻpchilik toponimni chelak, ya’ni "paqir" deb tushunadi va Chelak shaklida talafuz qiladi. Aslida soʻzning chelakka hech qanday aloqasi yoʻq. Toponim forscha chalak, ya’ni "yuqori, baland" degan soʻz bilan bogʻliq boʻlib, [6] fonetik oʻzgarish natijasida Chelak tarzida talaffuz qilinadi. Payariq tumanidagi Choʻrash toponimi ham fonetik oʻzgarish natijasida yuzaga kelgan: Garchi Zarafshon vodiysidagi oʻzbek qipchoqlarning bir urugʻi choʻrash deb atalgan boʻlib, etnonim oykonimga oʻtgan boʻlsada, qishloq axolisi Choʻrash deb nomlanishi haqida boshqacha fikr bildirishadi. Qishloqqa 4-5 otliq mehmonlar kelganda, mahalliy aholi ularga osh tayyorlab ziyofat berishgan. «Pishirilgan osh shoʻr boʻlgan ekan, mehmonlar ketishayotganida osh rosa shoʻr boʻlibdi, shoʻr osh yedik», - deb aytishgan ekan. Shu sababli, qishloq qariyalari yuqoridagi rivoyatga asoslanib, qishloq nomi Shoʻrosh yoki Choʻrash boʻlgan deyishadi. Ta’kidlash joizki, aksariyat toponimlar fonetik tuzilishi jihatidan tilimiz fonetik qurilishi qoidalariga mos kelsa-da, ammo atrofdagi yoki ta’sir doirasi kuchli boʻlgan boshqa qardosh va noqardosh tillar ta’sir oʻtkazganligini ham koʻrish mumkin. Lingvistik omillarning ikkinchi bir koʻrinishi, turi bu leksik omillar sanaladi. Bu omillarga topoleksemalar, ya’ni oʻzak, qoʻshma soʻz, juft soʻzlar kiradi. Ularga yana oʻz, oʻzlashgan qatlam soʻzlari ham dahldordir. Mana shu omilda joy nomini yuzaga keltirgan lugʻaviy asoslar hamda ularning qaysi qatlamga oidligi masalasi e’tiborda turadi. Toponimlar amalda bir yoxud bir necha lugʻaviy asosdan, shu jumladan, topoformantlardan tashkil topadi. Ularning qaysi tilga oidligini asoslash leksik omilning vazifasi hisoblanadi. Leksik omilda toponim(lar) tarkibidagi ma’nosi noma’lum ma’noli qism(lar) jiddiy tarzda e’tiborga olinadi. Toponimlar tarkibidagi ma’nosi noma’lum qismlarga: a) jiddiy oʻzgarishlarga uchragan tarixiy; b) arxaik; v) dialektal soʻzlar oiddir. Ularga quyidagilarni namuna sifatida keltirish mumkin: Payshanbiariq (I.t., Azamat MFY., ariq), Rasul kamar (I.t., Shexlar mfy uchastka), Rasulkamar (I.t., Oʻrtaqishloq MFY Ulugʻqishloq hududida joylashgan dala), Qoʻlota (I.t., Zarband MFY q.),Qulchara (I.t., Chordara MFY, q.) va boshqalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling