Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 18.72 Kb. Pdf ko'rish
|
19-37-PB
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 205 S’hogʻol (I.t., Haqiqat MFY.q.) – toponimida ham fonetik omillardan biri boʻlgan sh/ h undoshlarining ogʻzaki nutqda almashinib qoʻllanishi oʻz ifodasini topgan.Toponim aslida Shogʻol shaklida boʻlishi kerak edi, ammo aholi vakillari toponimni S’hogʻol tarzida talaffuz etib, undoshlarning oʻrin almashinishi fonetik omillarning biri ekanligini asoslamoqda. Undagi topoasosning oʻzi ham toponegizni, ham topoasosni anglatib turibdi. Oxmonovul (I.t., Haqiqat MFY q.) – ushbu toponimdagi x undoshi kishining e’tiborini tortib turadi. Chunki x undoshi ikkinchi undosh sifatida toponimlar tarkibida koʻp qoʻllanmaydi. Bu x undoshi sheva fonetikasiga xos xususiyatni, ya’ni ma’noni ifodalaydi. Shevashunoslikda bunday soʻzlar fonetik-leksik yoxud fonetik dialektizmlar sanaladi. X undoshining biron-bir undosh bilan almashtirib boʻlmasligi fonetik omilning shu toponimda voqelanganini ifodalaydi. Toponimning ma’nosi, kishilarning aytishicha, Oxmon degan kishi boʻlgan. U ulgʻayib ovulga bosh boʻlgan. Keyinchalik uning nomi ovuliga nom sifatida qoʻllanadigan boʻlgan: Oxmon-ovul > Oxmon ovul > Oxmonovul. Bu yerda Oxmon nomi sheva vakillariga xos dialektal nomlardan biri deyish oʻrinliroq. Unda ikki oʻzakning birikishi natijasida qoʻshma soʻz paydo boʻlgani (oxmon-ovul > oxmonovul) kabi ikki negizning birikishidan qoʻshma toponegiz (Oxmon-ovul > Oxmon ovul > Oxmonovul) hosil boʻlgan. Bizningcha, kishining ismi boʻlgan Abdurahmonning qisqarib Axmon// Oxmon holiga kelishi sabab boʻlgan. Bunda tarixan olib qaralganda qoʻshma soʻz negizida jiddiy qisqarish roʻy bergan: Abdurahmon > Abduahmon > Abahmon > Ahmon > Oxmon. Bu qisqarish tovush tushish hodisasi hisoblanadi. Toponim Abdurahmonning ovuli ma’nosida nomlangan boʻlib, hozirgi holati Oxmonovul hisoblanadi. Payariq toponimini yasalishiga e’tibor qaratsak. Tuman nomi fonetik oʻzgarish natijasida shu variantga kelgan. Payariq dastaval Samarqand viloyatidagi qadimiy ariq boʻlgan. Qadimgi turkiy tilda boy/bay/poy/pay/moy/umay ariq - bosh ariq, ulkan anhor. Ariq nomi toponimlashuv natijasida tuman nomiga oʻtgan. Qadimiy shakli - Boyariq/Moyariq.[5] Payariq Somoniylar davrida viloyatning eng muhim ma’muriy markazlaridan biri sanalgan Ishtixon tumaniga yaqin joylashgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling