Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 18.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet166/240
Sana03.12.2023
Hajmi18.72 Kb.
#1797134
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   240
Bog'liq
19-37-PB

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
203 
TOPONEGIZLAR SHAKLLANISHINING LINGVISTIK OMILLARI 
 
Gadayev Oybek Yaxshiboyevich 
SamDU tadqiqotchisi 
oybekgadayev76@gmail com 
 
Annotatsiya: Maqolada Samarqand viloyatining Ishtixon va Payariq 
tumanlaridagi toponegizlar shakllanishining lingvistik omillari haqida qisqacha 
ma’lumot berildi. Inson gapirishni boshlagandan to bugungi kungacha oʻzini 
boshqalardan farqlab nomlagani kabi oʻzi yashayotgan joylarni oʻzga joylarga 
qiyoslab atagan, mavjud lingvistik hamda ekstralingvistik sharoitlardan kelib chiqqan 
holda nomlaganligi tabiiy holdir. “Kishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq inson 
uchun oʻzi yashayotgan hududga nom qoʻyish ehtiyojini sezgan, shu davrdan boshlab 
shaxsning oʻzidan tortib, istalgan har qanday obyekt oʻz nomiga ega boʻladi. 
Kalit soʻzlar: Toponim, toponegiz, topoasos, onomastika, toponimlashuv, joy 
nomlari, topoformant, toponimik indikator. 
Toponimlar, ya’ni geografik nomlarning paydo boʻlishi oʻta qadim zamonlar 
bilan bogʻlansa-da, ular oʻz kelib chiqish tarixini, ya’ni oʻta qadimiyligini hozirgi 
davrgacha saqlab qolgan. Toponimlarni yaratishda, u obyektiv borliqning qaysi va 
qanday uzvi (daryomi, togʻmi, koʻlmi) boʻlishidan qat’i nazar, inson bir joyni 
boshqasidan ajratish zaruratiga asoslanib, nomlagan”[1]. Bilamizki, nomlar ehtiyoju 
talablarsiz oʻz-oʻzidan shakllanavermaydi. Buning uchun nomlarga insonlar va 
ularning jamoalari oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoj va talab kerak boʻladi. 
V.Nikonov ta’kidlaganidek: “shaharlar vayron qilinmoqda, davlatlar yemirilib 
bormoqda, tillar va hatto, xalqlarning oʻzi yoʻqolib ketmoqda, lekin ularning joy 
nomlari saqlanib qolmoqda. Nozik soʻzlar granitdan ham mustahkam boʻlib chiqqan. 
...Oʻtmishning ma’nodor guvohlari boʻlgan geografik nomlar qimmatli tarixiy 
yodgorliklar orasida alohida davrlarning tirik aks-sadosi sifatida eng faxrli oʻrinni 
egallaydi”[2]. Bugungi kunda joy nomlarini ishonchli dalillar bilan ilmiy-nazariy



Download 18.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling