Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 183 hal etishga imkon beruvchi quo pending ya’ni mavjud vaziyatni boricha saqlab qolish, “b” bandiga ko‘ra arbitraj protsessiga halaqit beruvchi, to‘sqinlik qiluvchi oldini olib bo‘lmas ziyon yoki zararlarni keltirib chiqaradigan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga qaratilgan bo‘ladi, “c” bandiga ko‘ra, arbitraj sudi chiqargan hal qiluv qarori asosida undirilishi mumkin bo‘lgan aktivlar(bankdagi hisob-raqam, mol-mulk, binolar, tovarlar, yuridik hujjatlar) ni saqlab qolishga hamda “d” bandiga ko‘ra ishni hal etishga ko‘maklashuvchi dalillar va zaruriy materiallarni saqlab qolishga qaratilgan bo‘ladi. Buni sodda qilib tushuntirsak, muayyan chet el MCHJ O‘zbekistondagi MCHJ bilan tovarlar oldi-sotdi bo‘yicha shartnoma tuzgan bo‘lsa, ular o‘rtasidani nizo uchinchi davlat hududidagi arbitrajda yoki ikkala tarfning biri hududidagi arbitrajda ko‘rilishidan qat’iy nazar vakolatli sudga iltimosnoma shaklida murojaat qilib interim “measures” ni qo‘llashlari bu arbitrajning taraflardan birini ikkinchisidan zararini undirishini osonlashtiradi, bankdagi pullarini ishlatib yuborishini oldini oladi. O‘zbekiston Respublikasida arbitraj sudlari 2021-yil 16-fevraldagi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida” gi 674-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-32- moddalariga asosan vaqtinchalik ta’minlash choralarini qo‘llashlari mumkin, ammo uning ijrosi arbitraj sudi joyidan qat’iy nazar davlat sudiga murojaat qilish orqali tan olinadi va ijroga qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy-protsessual kodeksining 232 4 -moddasiga asosan ta’minlash choralarini ko‘rish, tan olish va ijroga qaratish bilan bog‘liq barcha ishlar shu haqida ariza kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi va bu bo‘yicha sud ajrim chiqaradi. Endi yuqorida milliy qonunchilikka taqqoslab tahlil qilish asosida xalqaro tarjriba bo‘yicha huquqiy normalar va mashhur bir keysni ta’kidlab o‘tsak, 2003-yildagi AQSH Arbitraj qoidalari to‘grisidagi federal Aktning 1-16-moddalari va 201-208- moddalariga asosan AQSH hududida arbitraj sudlari vaqtinchalik choralarni qo‘llashi mumkin, 1996-yilgi Angliya Arbitraji to‘grisidagi Akt 38-bobi normalariga asosan Buyuk Britaniya hududida ham bu vakolat arbitraj sudlarida mavjud, ammo Argentina Fuqarolik-protsessual kodeksi 753-moddasiga ko‘ra, hamda Italiya Fuqarolik-protsessual kodeksi 818-moddasiga ko‘ra ushbu ikki davlat hududida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling