“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
179
-T harfi texnologiyani bildiradi. O‘rmon nimalardan iborat ekanligi, o‘t-
o‘simliklar, butalar va hayvonlar haqidagi ma’lumotlar umumlashtirilib quyidagi
savollarga javob toppish topshiriladi:
1. Yer yuzasini taxminan nechi foizini o‘rmonlar tashkil etadi?
2. O‘rmonda qanday hayvonlar yashaydi?
3. O‘zbekistonda o‘rmonlar mavjudmi?
4. O‘rmonda adashib qolsangiz, nima qilgan bo‘lar edingiz?
-E harfi muhandislikni bildiradi. O‘quvchilarga qog‘oz va plastilindan
o‘rmondagi hayvonlar yoki daraxtlarning modelini yasash topshiriladi.
-A harfi san’atni bildiradi. O‘quvchilar berilgan ma’lumotlar asosida hikoya,
esse yoki kichik matn yozadilar. Daftarlariga o‘zlari yoqtirgan hayvonning rasmini
chizish topshiriladi.
-M harfi matematikani bildiradi. O‘quvchilar mavzuga oid biron bir matematik
hison-kitoblar o‘tkazish kerakligi topshiriq qilib beriladi.
Dars jarayonida STEAM texnologiyasini ishlab chiqish, shuni anglatadiki bu
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga ham sabab bo‘ladi.
STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi bu Massachusets Texnologiya
Instituti (MTI). Ushbu dunyo universitetining shiori “Mens et Manus” ya’ni (Aql va
Qo‘l). MTI asosan bolalarga STEAM tushunchasini oldindan o‘rganish va bundan
keyinchalik foydalana olishi uchun alohida STEAM kurslari ishlab chiqdi va hattoki
ba’zi ta’lim muassasalarida STEAM o‘quv markazlarini yaratdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2011-yildan buyon STEAM kasblarga bo‘lgan talab
darajasi 17%ga oshdi. Oddiy kasblarga bo‘lgan talab esa faqat 9.8% ga oshdi bu esa
butun dunyo bo‘ylab ushbu ta’lim tizimiga bo‘lgan talab yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Xattoki amaliyotchi STEAM-pedagog Maykl Okinonning quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |