Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
177 
shakllantirish kabi masalalar vazifa qilib olindi. Shunga asosan so‘nggi yillarda 
Respublikamizning deyarli barcha hududlarida Ixtisoslashgan maktablar va Prezident 
maktablari ochilmoqda. Ular asosan STEAM fanlarini o‘qitishga asoslangan. 
STEAM bu yangi o‘quv texnologiyasi bo‘lib, o‘quvchining tanqidiy fikrlash, tadqiqot 
qobiliyatlari va guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasi sifatida bir 
necha fan sohalarini birlashtirgandir. STEAM atamasi ilk bor AQSHda maktab 
dasturiga 
kiritilgan 
bo‘lib, 
o‘quvchilarning ilmiy-texnika yo‘nalishlaridagi 
kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Keyinchalik bu yo‘nalish kengaytirilib, 
atamaga qo‘shimcha harflar kiritildi. Jumladan, unga “R” – robotics – 
robototexnikani qo‘shib, STREM deb “A” - art - san’atni qo‘shib, STEAM deb atala 
boshlandi. STEAM ta’limi o‘quvchining rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita 
bog‘laydi. Shunga ko‘ra dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida STEAM ta’limiy 
yondashuvga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, Yevropaning 10 dan ortiq 
mamlakatlari (Avstriya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, 
Angliya, Irlandiya, Ispaniya va boshqalar) milliy strategiya va tashabbuslarida bu 
hisobga olingan. Boshlang‘ich ta’limda STEAM ta’limining vazifasi o‘quvchilarni 
tabiiy fan, texnologiya va matematika kabi fanlarga bo‘lgan qiziqishini yanada 
rivojlantirish va dars jarayonlarida olgan nazariy bilimlarini hayotda amaliy 
faoliyatda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. STEAM atamasi bu 
ingliz tilidagi ma’lum bir so‘zlarning bosh harflaridan tuzulgan. Ya’ni, S- science 
(tabiiy fanlar); T- technology (texnologiya); E- engineering (muhandislik ishi); 
A- art (san’at); M- mathematics (matematika). Qisqacha qilib aytganda STEAM 
asosan hozirgi kunda zamonaviy dunyoni qamrab olgan asosiy 5ta fanning bir biri 
bilan uzviy bog‘liqligidir. STEAM dasturlari 7-14 yoshdagi o‘quvchilarning doimiy 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. Masalan, STEAM 
to‘garaklarida o‘quvchilar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib robotlar yaratishi yoki 
boshqa amaliy ishlarni bajarish orqali olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydi. 
STEAM dasturida nazariy bilimlar qanchalik muhim bo‘lsa, amaliy bilimlar ham 
doimo muhimligi ta’kidlangan. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi: 



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling