Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
178 
-Muammolarni har tomonlama tushunish; 
-Ijodiy fikrlash; 
-Tanqidiy fikrlash; 
-Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash; 
-Dizayn asoslarini tushunish; 
-Muhandislikka to‘g‘ri yondashuv; 
Bu yondashuvlar kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam 
beradi. STEAM texnologiyasini qo‘llash natijasida o‘quvchilarda liderlik qobiliyatini 
ham shakllantirish mumkin. Ya’ni, ish jarayonida o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan 
ishonchi ortadi, faol aloqa va jamoada ishlash qobilyati shakllanadi va har bir 
jarayonga innovatsion yondashadi. 
Milliy dastur asosida ishlab chiqilgan 1-2 sinflarning ona tili va o‘qish 
savodxonligi, tabiiy fan, matematika darsliklarida berilgan mavzularga STEAM 
texnologiyasi asosida yondashib darslarni tashkil etsa bo‘ladi. Misol uchun tabiiy 
fanlarda har bir mavzu nazariy ham amaliy tarzda berilgan. 2-sinf tabiiy fanida Yer-
sayyora mavzusi berilgan. Bu mavzuni o‘tish jarayonida o‘quvchilar nazariy bilim 
bilan birga amaliy mashg‘ulot o‘tkazishadi. O‘quvchilar amaliy mashg‘ulotda yer 
shari va quyosh modelini yasashadi. Bu bilan ular yer shari quyosh atrofida 
aylanishini amaliy bilib oladilar. Bundan tashqari ular yer sharining global 
muammolarini bartaraf etish choralarini o‘ylab topishadi. Birgina shu mavzu orqali 
o‘quvchilarni bilishga, fikrlashga, mustaqil ishlashga va ijodkorlikka undashga 
chorlaydi. 
1-sinf tabiiy fan darsligidan “O‘rmonlar” mavzusini STEAM texnologiyasi 
asosida ishlab chiqamiz. 
STEAM texnologiyasidagi S harfi fanni bildiradi. Bunda o‘quvchilar nazariy 
ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. Nazariy ma’lumot: O‘rmon haqida ma’lumot 
beriladi.O‘rmonda hayvonlar, qushlar yashaydi. O‘rmon qalin o‘t-o‘simliklar, butalar 
va daraxtlardan iborat. O‘rmondagi hayvonlar va uy hayvonlari taqqoslaniladi. 



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling