“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
176
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARINI STEAM DASTURI ASOSIDA
TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI
Halimjonova Zilola
GulDU Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim tizimi jarayonida yangi
STEAM
texnologiyasi dasturi haqida ma’lumotlar berilgan. Boshlang‘ich sinfda tabiiy fanlarni
o‘qitishda STEAM yondashuv va uning imkoniyatlari tog‘risida
mulohazalar
yoritilgan.
Kalit so‘zlar: STEAM, STREAM, ta’lim, tarbiya, tabiiy fan, STEAM
yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, metod.
Kirish. Hammamizga ma’lumki biz hozir innovatsion davrda yashab
kelmoqdamiz. Mamlakatimizda har bir sohaga innovatsion yondashib borilmoqda.
Shunday ekan, Oliy talimga ham juda katta e’tibor qaratilgan. Oliy ta’lim
muassasasida innovatsion faoliyatning asosiy bo‘g‘ini o‘qituvchi hisoblanadi.
Ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi boshqa bir fan o‘qituvchilaridan
tubdan farq
qiladi. Sababi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z nomi bilan kichik yoshdagi bolalar
bilan ishlaydi. Maktabga ilk kelgan o‘quvchiga ta’lim-tarbiyani
bosqichma-bosqich
bera boshlaydi. Bu jarayonda yetarlicha pedagogik mahoratga ega bo‘lishi va
darslarni turli xil innovatsion dasturlar asosida tashkil etish texnologiyasini bilishi
lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga ko‘ra, innovatsion ta’lim jarayoniga
o‘tish, zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda intensiv til, AKT
va ta’lim berishning yangi metodlarini o‘rganish, STEAM pedagogika asoslarini,
yangi kasbiy kompetensiyalarni o‘zlashtirish uchun
zarur bilimlar bazasini