Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
182 
borishni ma’qul ko‘rishmoqda. Chunki, chet elllik tadbirkorlar va O‘zbekistondagi 
yuridik shaxslar o‘rtasida tijoriy bitim, savdo munosabatidan kelib chiquvchi har 
qanday masalalar institutsional yoki ad hoc arbitraj sudlarida ko‘rib chiqilishi 
mumkin. Institutsional arbitraj deganda doimiy faoliyat olib boruvchi arbitraj 
tushunilib, O‘zbekistonda Savdo-sanoat palatasi huzurida TIAC (Tashkent 
International Arbitration Chamber) tashkil etilgan. Dunyodagi eng mashhur doimiy 
Arbitraj sudi – bu London Arbitraj sudi LCIA bo‘lib, 1892-yilda asos solingan. Endi 
2021-yilda o‘zgartirishlar bilan yangi tahrirda qabul qilingan TIAC Qoidalari asosida 
Toshkentdagi arbitraj ham chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi tijoriy bitimlar, 
savdo munosabatlaridan, tashqi iqtisodiy bitimlar, oldi-sotdi shartnomalaridan kelib 
chiquvchi nizolarni ko‘rib chiqishi mumkin. Ishni ko‘rish uchun yuridik shaxslar 
o‘rtasidagi asosiy shartnomaning bir qismida belgilangan arbitraj kelishuvi yoki 
alohida tartibda tuzilgan arbitraj kelishuvi asos bo‘ladi. Endi har qanday sud ariza 
kelib tushgandan so‘ng uni o‘ziga tegishliligi, da’voda so‘ralayotgan qarzni yoki 
yetrkazilgan zararni undirish uchun vaqtinchalik ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak 
bo‘ladi. Xususan, 2006-yilda yangi tahrirda qabul qilingan UNCITRAL 
Qoidalarining 26-moddasiga ko‘ra, arbitraj sudi taraflardan birining iltimosnomasiga 
asosan yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra, nizoni hal etishga qaratilgan yakuniy qaror 
chiqqunga qadar taraflarga muayyan xatti-harakatlarni cheklab turuvchi chora-
tadbirlar ko‘rishi – vaqtinchalik ta’minlash choralari (interim measures) deb 
nomlanadi. 2021-yil 1-yanvarda kuchga kirgan ICC Qoidalarining 28-moddasida ham 
bu tushunchaga ta’rif berilgan bo‘lib, ad hoc yoki institutsional arbitraj sudining 
qaror shaklida rasmiylashtiriladigan hujjati sifatida ifodalangan. Ushbu choralarni 
qo‘llay olish yoki olmaslik bo‘yicha AQSHdagi Kanzas huquq universiteti professori 
Kristofer Drahozal shunday fikr bildiradi: “Huquqiy rejimlar sudning joylashgan 
yeriga, arbitrga vaqtinchalik choralarni qo‘llash huquqini berishi yoki bermasligiga 
qarab farqlanadi, ba’zi arbitraj haqidagi davlat qonunchiligi ikkala organga bu 
choralarni qo‘llash huquqini bersa ba’zi Lotin Amerikasi davlatlari huquqiy rejimlari 
faqatgina milliy sudlarga beradi” Aslida bu protsedura nima uchun zarur hisoblanadi? 
UNCITRAL Namunaviy Qoidalarining 26-moddasi 2-qismi “a” bandiga ko‘ra, nizoni 



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling