Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 56 Qirqim shartli tasvir bo‘lib, u buyumning ko‘zimizga ko‘rinmaydigan ichki tuzilishini aniqlash maqsadida bajariladi. Ma’lumki, chizmalarda buyumlarning ichki ko‘rinmaydigan chiziqlari shtrix chiziqlar bilan chiziladi. Bunda tutash va shtrix chiziqlarning bir yo‘la chizmada chizilishi chizmani o‘qishni qiyinlashtiradi va ko‘pincha xatoliklarga olib keladi. Bunday holni bartaraf etish uchun shtrix chiziqlar ko‘rinadigan kontur chiziqlar bilan almashtiriladi, ya’ni qirqim beriladi. Qirqim deb biror buyumni bir yoki bir necha tekislik bilan fikran qirqganda kesuvchi tekislikda hosil bo‘lgan shakl bilan buyumning kesuvchi tekislik orqasida qolgan qismini proyeksiyalanganda hosil bo‘lgan tasvirga aytiladi. Qirqim, asosan buyumning ko‘rinishlarida tasvirlanadi. Qirqimni bir qancha alomatlari bilan xillarga ajratish qabul qilingan: 1. Kesuvchi tekislik soniga qarab oddiy va murakkab qirqimlarga bo‘linadi; 2. Kesuvchi tekislikni gorizontal tasvir tekisligiga nisbatdan xolatiga qarab frontal, gorizontal, profil va qiya qirqimlar bo‘ladi. 3. Kesuvchi tekislikni buyumning bosh o‘lchamlariga (gobarit) nisbatan joylashishiga qarab bo‘ylama va ko‘ndalang kesilgan qirqimlar bo‘ladi. 4. Qirqim mukammal bajarilishiga qarab to‘liq va mahalliy bo‘ladi. Bitta tekislik yordamida bajarilgan qirqim oddiy qirqim deb ataladi. Oddiy qirqim frontal, gorizontal, profil, ko‘ndalang, bo‘ylama, qiya va mahalliy qirqimlarga bo‘linadi. Frontal qirqim frontal kesuvchi tekislik bilan hosil qilinadi. Agar kesuvchi tekislik frontal tasvir tekisligiga parallel bo‘lsa, hosil bo‘lgan qirqim Frontal qirqim deb ataladi. Qirqimlarda berilgan masalalarni ishlayotgan vaqtda uning har tomondan ko‘rinishidan detal yoki buyumning holatini tushunmagan taqdirda, qirqim bajarishimiz mumkinligini ko‘ramiz. Bu chizmaga oid texnikani hayotiy yashash tarziga ham bog‘lashimiz mumkin. Detalni bir hayotiy masala deb oladigan bo‘lsak, ushbu detalning ya’ni masalani faqat bir tarafdan qarab yechim izlamasdan ko‘proq izlanib masalaning boshqa tomondagi yechimlarini ham ko‘rishga harakat qilishimiz kerak bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling