“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
59
ahamiyatini yo‘qotmaydi.O‘yin o‘smirlik yoshida yuksak ahloqiy tuyg‘ularning
irodaviy xaraktеr xislatlarning o‘sishiga yordam bеradi. O‘yin o‘smirni intizomli
bo‘lishga o‘rgatadi, o‘yin o‘ylashga, fahmlashga eslab
qolishga biror narsani
qilishdan oldin planlashtirishga va diqqatli bo‘lishga da’vat etadi.
OʻSMIRLIK PSIXOKORREKSIYASI
Autogen mashqlar
Boʻshashish malakasini egallashning eng samarali metodi-autogen mashqlardir.
Autogen mashqlar asosiy metodikalarini shunday belgilash mumkin: tana
mushaklarni butunlay boʻshashishini tez va chuqur chiqazishni bilish hamda qoʻl-
oyoqlarda issiqlikni sezish, periferik tomirlarga ixtiyoriy ta’sir
yordamida, yurak
faoliyati
ritmini ixtiyoriy boshqarish, nafas olish ritmini chuqurligiga ta’sir qilish,
qorin sohasida issiqlikni chaqirish va sezish, peshona sohasi sovuq boʻlishi.
Oʻqituvchilar oʻzlarining psixologik holatlarini
autogen mashqlar yordamida
boshqarishga oʻrgatish psixologning asosiy vazifasidir.
Autogen mashqlarni egallashga uyqu va uyqusirashning boshqarilmas holatiga
passiv kirishish halaqit beradi. Ortiqcha
uyqusirashni haydash uchun, ikki-uch
marotaba chuqur nafas olib chiqarish kerak va qovoqlarni koʻtarmagan
holda uch-
toʻrt marotaba koʻzlarni qattiq qisish kerak. Shu bilan uyqusirash ketayapti, deb
oʻzini ishontirish kerak. Birinchi navbatda qulay holatda joylashib oling va mashqqa
taaluqli boʻlmagan boshqa fikr va his-tuygʻulardan xalos boʻling.
Buning uchun siz
quyidagi formulalarni ishlatasiz.
- Men dam olishga tayyorlandim;
- Men tinchlanyapman;
- Hamma narsani sedan chiqaryapman;
- Ortiqcha narsalar menga halaqit bermayapti;
- Hamma hayajonlanish, qoʻrquv, xavotirlar ketyapti;
- Fikrlarim bir tekis;
- Men dam olayapman;
- Men judayam tinchlanganman.