“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
62
aksonometrik proyeksiyalarini yasashni o‘rgatish samarali natijalar beradi hamda
dars samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Maktablarda chizmachilik fani o‘quvchilarni murakkab bo‘lmagan chizmalarni
chizish, amaliy buyumlar yasash, bezatishning elementar asoslari bilan tanishtirish va
badiiy jihatdan tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Mashina detallarini yasashda, asosan, ularning ish chizmalaridan foydalaniladi.
Lekin bu tasvirlarning asosiy kamchiligi shundaki, detal ko‘rinishi turli tekislikda
bajariladi. Bunday hol chizmaning o‘qilishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun, amalda
detalning ish chizmasi bilan birgalikda uning yaqqol tasviri ham qo‘shib beriladi.
Detalning yaqqol tasviri, ya’ni aksonometrik proyeksiyasi qo‘shib berilgan ish
chizmalarini tez oson o‘qish mumkin bo‘ladi.
Aksonometriya yunoncha so‘z bo‘lib, akson - o‘q v a m e t r e o - o‘lchash degan
ma’noga to‘g‘ri kelib, o‘qlar bo‘yicha o‘lchash deganidir.
Aksonometrik proyeksiyalar uch o‘lchamli yaqqol tasvir hisoblanadi. Ular x, y,
z koordinata o‘qlari tizimida hosil bo‘lishiga qarab to‘g‘ri va qiyshiq burchakli
turlarga ajraladi. Agar koordinata o‘qlari orasidagi burchaklar o‘zaro teng bo‘lsa,
ya’ni jism o‘lchamlari ushbu x, y, z o‘qlarga o‘zgarmasdan bir xilda tasvirlansa,
to‘g‘ri burchakli aksonometriya deyiladi. x, y, z o‘qlari orasidagi burchaklardan
bittasi qolgan ikkitasiga nisbatan o‘zgarib tasvirlangan bo‘lsa, ya’ni jism o‘lchamlari
x, y, z lardan bittasiga o‘zgarib (kichiklashib) proyeksiyalansa, qiyshiq burchakli
aksonometriya deyiladi. Aksonometriyada koordinata o‘qlari x, y, z larga bir xilda
(kattalikda) tasvirlanadigan jism sifatida kub olinib, uni
qiyshiq, so‘ngra to‘g‘ri burchak ostida aksonometrik
proyeksiyalar tekisligi P ga proyeksiyalash jarayonini
ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |