“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
63
siyalanadi. Shunga ko‘ra, proyeksiyalash nurlarini Oy uchun P ga ikki marta qisqarib
proyeksiyalanadigan 45
0
burchak ostida qiyshiq olinadi. Shuning uchun ham bu
proyeksiya qiyshiq burchakli frontal dimetrik proyeksiya deyiladi.
Bu proyeksiyani
qiyshiq burchakli dimetriya yoki frontal dimetriya deyish ham mumkin. Dimetriya -
yunoncha, ikki marta kam o‘lchash degan ma’noni beradi.
Jism bir tomoni bilan V ga parallel joylashgani uchun ham frontal dimetriya
deyiladi.
Frontal dimetriyada kubning bir tomoni aksonometriya
tekisligi P ga parallel
joylashtirilganda, kubning V tekisligiga parallel yog‘i o‘zining haqiqiy kattaligida
tasvirlanadi. Bu yerda kubning yon tomon qirralari
Ox va Oz larga haqiqiy
o‘lchamida qo‘yiladi. Oy o‘qqa esa uning teng yarmisi o‘lchab qo‘yiladi. Shunda kub
ikki yog‘i bilan kvadrat, boshqa yoqlari parallelogramm shaklida tasvirlanadi (1-
chizma, b).
Frontal dimetriyada o‘qlarning joylashishi. Bunda x va g o‘qlar o‘zaro
90°
burchakda, u o‘q esa u burchakni teng ikkiga bo‘lib o‘tadi (2-chizma, a). Bu
o‘qlarni 2-chizma, b dagidek x ning davomiga 45° burchakda yoki uchburchakliklar
yordamida 2-chizma, d dagidek chizish mumkin. x va g o‘qlar to‘g‘ri burchakni
tashkil qilmaganligi uchun H va W ga jismning parallel
tomonlari ikki marta
qisqartirib tasvirlanadi. Demak, x va
z o‘qlarga jism olchami 100 foiz o‘lchab
qo‘yilsa, u o‘qqa uning 50 foizi o‘lchab qo‘yilar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: