“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
92
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA TABIAT MAVZUSINING
AHAMIYATI
Raximova Aygul Maxkamovna
Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani
28-umumta’lim maktabi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim tizimining poydevori hisoblangan
boshlang‘ich ta’lim to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Shuningdek boshlang‘ich sinf
darslarida tabiat mavzusiga doir Ekologiya fanining ahamiyati haqida bayon qilingan.
Muallifning firicha o‘qish darslarida tabiat borasida fikrlar almashinuvi boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining ta’limiy va tarbiyaviy bilim ko‘nikmalarini oshirishga xizmat
qiladi. Zero ular ona tabiatga, vatanga muhabbat ruhida ilm olishga erishadi.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, ta’lim, tabiat, ekologiya, tarbiya, madaniyat,
she’r, hikoya.
Ma’lumki, globallashuv jarayonida jahonning rivojlangan davlatlari qatori
yurtimizda ham barcha sohalar kabi ta’lim sohasida islohotlar izchil davom
ettirilmoqda. Boshlangʻich ta’limdagi oʻqish darslari oʻz mohiyati, maqsad va
vazifalariga koʻra oʻquv predmetlari orasida alohida ajralib turadi. Zero, boshlangʻich
sinf oʻquvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi oʻqish
darslarida «Oʻqish va nutq oʻstirish» dasturi hamda DTS talablariga javob beruvchi
konsepsiya asosida tuzilgan “Oʻqish kitobi” darsliklari asosida tashkil qilinadi.
Binobarin, yosh avlodga ta’lim-tarbiya asoslarini puxta oʻrgatish, ularda keng
dunyoqarash hamda tafakkur koʻlamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni
shakllantirish boshlangʻich sinflardagi oʻqish darslarining asosiy vazifalaridan
hisoblanadi. Oʻqish darslarining tarbiyaviy vazifalardan biri-oʻquvchilarda ekologik
madaniyatni
shakllantirish,
ona-tabiatga
mehr-muhabbatni
uygʻotish ham
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |