Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 121 kunda yiliga 130 ming odam tug‘ilib, 50 ming odam o‘lmoqda, o‘rtacha ko‘payish 80 ming kishini tashkil qilmoqda. Odam asossiz ko‘payib borayotgan mamlakatlar Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda bir kunda aholi soni o‘ratcha 254 mingtaga ko‘paymoqda. Ko‘payayotgan aholining 40- 50 foizini yosh bolalar tashkil qiladi. Avlodlar davomiyligini ta’minlash maqsadida bir ayolga o‘rtacha 2,1 nafar bola to‘g‘ri kelishi kerak. 2011 yilda bu raqam 1,5 nafarni tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich Irlandiyada (2,02), Fransiyada (1,96) va Buyuk Britaniyada (1,91) qayd qilingan. Baribir me’yordagidek emas. Qolgan mamlakatlardagi ko‘rsatkich bong urish darajasida. Demografik vaziyat Janubiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ayanchli ekani aytiladi. Avlodlar davomiyligi bilan bog‘liq ayanchli vaziyat Germaniyada (1,41) xam kuzatilmoqda. Mazkur statistikadan ko‘rinib turibdiki, bir qator Yevropa mamlakatlari xalqlarining kelajagini yorqin deb bo‘lmaydi. Agar tug‘ilish shu darajada davom etadigan bo‘lsa, 40 yildan keyin Yevropa mamlakatlarining aholisi 100 million kishiga kamayadi. 60 yoshdan oshgan fuqorolar soni 47 foizga ko‘payib, mehnatiga yaroqli fuqarolar 24 foizga kamayadi. Bu o‘z navbatida sayyoraning oldingi qatorida turadigan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga, sog‘liqni saqlash sohasiga va harbiy qudratiga ta’sir ko‘rsatadi. Yevropa, AQSh va Kanadaning jahon Yalpi Ichki mahsulotidagi hissasi 2050 yilda 30 foizdan kamayadi. Tahlilchilarning aytishicha, demografik muammolar bilan birgina Yevropa xalqlari to‘qnash kelayotgani yo‘q. Tez orada Janubiy Koreya, Yaponiya, Tayvan, Singapur va hatto Xitoy ham mehnatga yaroqli fuqarolarga muhtojlik sezadi. Birgina AQSh muammoni bartaraf etishi mumkinligi qayd etilgan. Bu mamlakatda yaqin-yaqingacha bir ayolga 2,4 bola to‘g‘ri kelardi. So‘nggi ikki yilda bu ko‘rsatkich ancha pasaydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda aholining ko‘payishi cheklangan. G‘arbiy Evropa mamlakatlari aholisining sanoat tovarlari va tabiiy zahiralardan foydalanish darajasi bu hududdagi boshqa mamlakatlarga qaraganda 10 marta ziyod. 1984 yilda dunyoda donning yalpi miqdori 1 martaga oshgan bo‘lsa, odam soni 2 martaga oshdi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish imkonlari juda kam. Och odamlar kundan-kunga oshib bormoqda. Ularning soni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling