“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
125
YIG‘ISH CHIZMALARINI DETALLARGA AJRATIB CHIZISHNI
O‘RGATISH
Ummatova Xolida Ikrom qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
universiteti talabasi
Ilmiy rahbar:
O‘.B.Qarshiboyev
Annotatsiya. Taqdim etilayotgan ilmiy maqolada umumiy o‘rta ta’lim
maktablari chizmachilik darslarida detallarning yig‘ish chizmalari haqida
ma’lumotlar yoritilgan. Shuningdek detalni ajratib chizishni o‘rganishda
yuzaga
keladigan ba’zi muammolarni bartaraf etishning dastlabki bosqichlari yoritib
berilgan.
Kalit so‘zlar. Yig‘ish chizmalar,
Buyumlarni detallarga ajratish, detallarni
o‘qish,, frontal dimetriya, izimetriya.
Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona
to‘g‘ri yo‘lidir. Shuning uchun ushbu sohada boshlangan
islohotlarimizni davom
ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq
muloqot qilib, o‘quv tarbiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha muammoli masalalarni
birgalikda hal etishimiz kerak.
Maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini
oshirish, muallimlarning sharoitini yaxshilash 2023 yildagi
eng asosiy vazifalardan
biri bo‘ladi.
O‘quvchilarimiz maktabdan boshlab yig‘ish chizmalarini puxta o‘zlashtirib,
komp’yuterda ishlashni o‘rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga,
Mashinasozlik qurilishiga qiziqtirishimiz lozim. O‘quvchilarda erkin va kreativ
fikirlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakillantirish zarur.
Chizmachilik fanini o‘qitish jarayonida detalning yig‘ish
chizmalaridan
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Maktab chizmachilik darslarida detallarning