“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
178
-Muammolarni har tomonlama tushunish;
-Ijodiy fikrlash;
-Tanqidiy fikrlash;
-Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash;
-Dizayn asoslarini tushunish;
-Muhandislikka to‘g‘ri yondashuv;
Bu yondashuvlar kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam
beradi. STEAM texnologiyasini qo‘llash natijasida o‘quvchilarda liderlik qobiliyatini
ham shakllantirish mumkin. Ya’ni, ish jarayonida o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan
ishonchi ortadi, faol aloqa va jamoada ishlash qobilyati shakllanadi va har bir
jarayonga innovatsion yondashadi.
Milliy dastur asosida ishlab chiqilgan 1-2 sinflarning ona tili va o‘qish
savodxonligi, tabiiy fan, matematika darsliklarida berilgan mavzularga STEAM
texnologiyasi asosida yondashib darslarni tashkil etsa bo‘ladi. Misol uchun tabiiy
fanlarda har bir mavzu nazariy ham amaliy tarzda berilgan. 2-sinf tabiiy fanida Yer-
sayyora mavzusi berilgan. Bu mavzuni o‘tish jarayonida o‘quvchilar nazariy bilim
bilan birga amaliy mashg‘ulot o‘tkazishadi. O‘quvchilar amaliy mashg‘ulotda yer
shari va quyosh modelini yasashadi. Bu bilan ular yer shari quyosh atrofida
aylanishini amaliy bilib oladilar. Bundan tashqari ular yer sharining global
muammolarini bartaraf etish choralarini o‘ylab topishadi. Birgina shu mavzu orqali
o‘quvchilarni bilishga, fikrlashga, mustaqil ishlashga va ijodkorlikka undashga
chorlaydi.
1-sinf tabiiy fan darsligidan “O‘rmonlar” mavzusini STEAM texnologiyasi
asosida ishlab chiqamiz.
STEAM texnologiyasidagi S harfi fanni bildiradi. Bunda o‘quvchilar nazariy
ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. Nazariy ma’lumot: O‘rmon haqida ma’lumot
beriladi.O‘rmonda hayvonlar, qushlar yashaydi. O‘rmon qalin o‘t-o‘simliklar, butalar
va daraxtlardan iborat. O‘rmondagi hayvonlar va uy hayvonlari taqqoslaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |