“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
177
shakllantirish kabi masalalar vazifa qilib olindi. Shunga asosan so‘nggi yillarda
Respublikamizning deyarli barcha hududlarida Ixtisoslashgan maktablar va Prezident
maktablari ochilmoqda. Ular asosan STEAM fanlarini o‘qitishga asoslangan.
STEAM bu yangi o‘quv texnologiyasi bo‘lib, o‘quvchining tanqidiy fikrlash, tadqiqot
qobiliyatlari va guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasi sifatida bir
necha fan sohalarini birlashtirgandir. STEAM atamasi ilk bor AQSHda maktab
dasturiga
kiritilgan
bo‘lib,
o‘quvchilarning ilmiy-texnika yo‘nalishlaridagi
kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Keyinchalik bu yo‘nalish kengaytirilib,
atamaga qo‘shimcha harflar kiritildi. Jumladan, unga “R” – robotics –
robototexnikani qo‘shib, STREM deb “A” - art - san’atni qo‘shib, STEAM deb atala
boshlandi. STEAM ta’limi o‘quvchining rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita
bog‘laydi. Shunga ko‘ra dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida STEAM ta’limiy
yondashuvga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, Yevropaning 10 dan ortiq
mamlakatlari (Avstriya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya,
Angliya, Irlandiya, Ispaniya va boshqalar) milliy strategiya va tashabbuslarida bu
hisobga olingan. Boshlang‘ich ta’limda STEAM ta’limining vazifasi o‘quvchilarni
tabiiy fan, texnologiya va matematika kabi fanlarga bo‘lgan qiziqishini yanada
rivojlantirish va dars jarayonlarida olgan nazariy bilimlarini hayotda amaliy
faoliyatda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. STEAM atamasi bu
ingliz tilidagi ma’lum bir so‘zlarning bosh harflaridan tuzulgan. Ya’ni, S- science
(tabiiy fanlar); T- technology (texnologiya); E- engineering (muhandislik ishi);
A- art (san’at); M- mathematics (matematika). Qisqacha qilib aytganda STEAM
asosan hozirgi kunda zamonaviy dunyoni qamrab olgan asosiy 5ta fanning bir biri
bilan uzviy bog‘liqligidir. STEAM dasturlari 7-14 yoshdagi o‘quvchilarning doimiy
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. Masalan, STEAM
to‘garaklarida o‘quvchilar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib robotlar yaratishi yoki
boshqa amaliy ishlarni bajarish orqali olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydi.
STEAM dasturida nazariy bilimlar qanchalik muhim bo‘lsa, amaliy bilimlar ham
doimo muhimligi ta’kidlangan. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va
ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |