Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES 
N.Umarova 
ФарДУ филология фанлари докториб профессор 
S.Inomjonova 
ФарДУ лингвистика: инглиз тили мутахассислиги магистранти 
 
Annotatsiya: 
Maqolada 
ingliz 
va 
o‘zbek 
tillaridagi 
so‘zlarning 
derivatsiyasining qiyosiy tahlili va so‘z yasalishi o‘z aksini topgan. Undan tashqari 
qo‘shma so‘zlarning affiks , suffiks, prefix yordamida yasalishi ifodalangan, ularning 
farqi va o‘xshash tomonlari asoslab berilgan. 
Аннотатсия: 
В 
статъе 
представлен 
сравнителъный 
анализ 
словообразования в английском и узбекском языках а также их лексического 
знания. Кроме того через когнитивные модели выражаются характеристики 
сложный слов обосновываются их различия и сходства. 
Annotation: The article presents a comparative analysis of the derivation of 
words in English and Uzbek languages, and their lexical meaning. In addition, the 
characteristics of compound words are expressed through affix,suffix, infix and 
prefix, their differences and similarities are justified. 
Kalit so‘zlar: kognitiv model, infix, suffix, prefix,affix, leksema, komponent, 
kognitiv asos, so ‘z yasalishi, kategoriya . 
Bugungi zamonaviy tilshunoslik fanidagi muhim masalalardan biri so‘z yasalish 
hjarayoni bo‘lib, hanuzgacha o‘z murakkabligini yo‘qotmay kelayotgan muhokamali 
va munozarali mavzu hisoblanadi. So’z yasalishi tilda mavjud bo‘lgan imkoniyat va 


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
231 
materiallar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilishdan iborat. So‘z yasalishi til 
lug’at tarkibini doimiy ravishda boyib borishi uchun o‘z hissasini qo ‘shib keladi. 
Qo‘shma so‘zlarni tahlil qilishda tushuntirish uchun har bir birikmaning tuzilishi 
yoki qanday elementlar orqali hosil bo‘lishida morfolgik jarayon qo‘llaniladi. Undan 
tashqari qo‘shma so‘zlarni hosil bo ‘lishini daraxt diagrammasi orqali tushuntirsak 
osonroq bo‘ladi. So’z yasalishi jarayonini leksikologiya bo’limiga kiritgan olimlar 
A.I. Smirnitskiy, I.V. Arnold, T.I. Arbekova kabilarning ishlarini yuqoridagi 
fikrlarning isboti sifatida aytishni joiz deb bildik. O’zbek tilshunosligida so’z 
yasalishiga birinchilardan bo’lib o’z hissasini qo’shgan olim A. G’ulomovning 50–
yillardagi maqolasini keltirib o’tsak: “So’z yasalishini biz hozirgacha morfolgik 
planda qarab kelmoqdamiz, holbuki, so’z yasalishi qanday bo’lmasin, biror bir usulda 
yangi so’z yasashi kerakdir. Demak, u leksika–so’z bahsiga qarashlidir. Eski 
grammatik ta’limotga ko’ra, so’z yasalishi va so’z o’zgarishi morfologiyada qaraladi. 
Morfologiya so‘z shakli va tuzilishini o‘rganadi. Tilshunoslikda, morfologiya 
so‘z yasashda ishtirok etuvchi psixik sistema yoki sohani bildiradi. Ya’ni so‘z bilan 
shug‘ullanadigan tilshunoslik bo‘limi va ularning ichki tuzilishi va qanday 
shakllanishini o‘rganadi. Demak, morfologiyaning asosiy nuqtasi so‘zlarni, ularning 
ichki tuzilishini va ular orqali qanday hosil bo‘lishini morfema deyiladigan atama 
o‘rganadi. 

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling