Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 146 O'zbek tilshunosligida terminologiya masalasaning
Download 41.92 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm-fan va innovatsiya 1137
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 147 ulus , baliq ( " shahar " ma'nosida) , yasaq ( " huquq, qonun " ma'nosida ), ordu , qazi , og'riliq , jaza , yug'rush ( " vazir " ma'nosida ) kabi yuzlab ijtimoiy - siyosiy terminlar ishlatilganligi , Mahmud Qoshgʻariyning " Devoni lugʻotit - turk " , Yusuf Xos Hojibning " Qutadg'u bilig " , Ahmad Yugnakiyning " Hibat al - haqoyiq " , Zamaxshariyning " Muhaddimat al adab " , Sayfi Saroiyning " Guliston bit- turkiy " , Qutbning " Xisrav va Shirin " , Rabgʻuziyning " Qissasi Rabgʻuziy " kabi asarlaridan olingan terminlar misollar bilan isbotlab berilgan . Shu bilan birga, terminlarning paydo boʻlish tarixiga , ularning yasalish qonuniyatlariga hamda boshqa tillardan oʻzlashtirilgan terminlar hisob buiga boyishi masalalariga ham alohida eʼtibor berilgan . " Terminga xos belgilardan biri uning izohi va ta'rifiga oydinlik kiritish , terminning ma'noviy qurshovida mavjud qoʻshimcha semalarni yuzaga chiqarish ilm- fan tilining rivojlanishida , oʻzga soah oid terminologik tizimlar tarkibida yaqqol seziladi . Bugungi oʻzbek terminologiyasining boyishida yuqorida zikr etilgan jihatlar hamon ustunlik qilmoqda" [3.15] O'z qatlamning salmoqli oʻrni boʻlgani kabi o'zlashmalarning darajasi ham sezilarlidir . O'zlashmalarning til terminologiyasi boyishidagi oʻrnini Saidqodirovaning "Ingliz va oʻzbek tillarida internet terminlarining lingvistik tadqiqida internet terminlari misolida koʻrishimiz mumkin. Olib borgan izlanishlari natijasida oʻzbek tili terminologiyasining 54 foizi ini o'zlashmalar,rus tilidan oʻzlashgan internet terminlari 31foizi , ingliz tilidan aynan oʻzlashgan baynalmilal internet terminlari 23 foizini tashkil etishini koʻrsatgan . Ismailovning "O'zbek tili terminologik tizimida semantik usulda termin hosil boʻlishi " tadqiqoti ham mavjud . Ishayevning " Terminologiyamizning rivojlanishida oʻzbek shevalarning oʻrni . Oʻzbek tili terminologiyasi va uning taraqqiyot perspektivalari. 1 respublika terminologiya konferensiyasiga koʻra; “O'zbek tilining leksik boyligi ushbu dialektlardagi soʻzlar hisobiga asrlar osha to'lib borgan. Kasb-hunar leksikasi, maishiy leksika , kiyim - kechak nomlari , qarindoshlik istilohlari , oziq- ovqat nomlari bevosita koʻp sonli shevalarning lugʻat zahirasi yordamida shakllangan . Chunonchi , geografiyaga xos arna , bo'g'oz , geologiyaga oid quv soʻzlar shular jumlasidandir. 1100 dan ortiq mahalliy oʻsimlik nomlari oʻzbek shevalari va lahjalari vakillari tilida faol qoʻllanadi. Bular sirasiga igir , suvsumbul , ho'kiztili, g'ozyaproq, ko'kmaraz, oqsasir , randak singari fitonimlarni kiritish mumkin. Keyingi vaqtlarda adabiy tilga dialektlardan yelvizak , tangi ( togʻdagi tor soʻqmoq) , sukchak , sinchalak , soz (qamishli botqoq ) kabi soʻzlarning kirib kelishi oddiy holatga aylandi”.[4.28] Usmonovning " Yilqichilik terminlarini oʻrganishning ayrim masalalari. Oʻzbek tili terminologiyasi va uning taraqqiyot perspektivalari. 1 respublika terminologiya konferensiyasi materiallariga koʻra; Oʻzbek adabiy tili tomonidan otlarning turfa nomlari xalq - sheva tilidan oʻzlashtirilgan edi . Otlarning nomlanishida ularga xos belgilar : tashqi koʻrinish - qamishquloq , qilich oyoq , echki oyoq va h.k., nasl - loqayi , yobmuti , bayir va h.k. va rang turi va tuslar - boʻz, qoʻngʻir, chipor , to'riq , g'irko'k va h.k. yosh- g'o'nan , do'nan , tullon, tallon , to'lon , kaltatoy va h.k. odat , qiliq - gajir , gijing , juyruq va h.k o'z in'ikosini topgan . Hozirgi oʻzbek diplomatik terminologiyasi taraqqiyotini uning tarkibiga kirib kelayotgan, bugungi jahon diplomatiyasi sohasida mavjud tushuncha va mazmunlarni ifodalovchi leksemalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi . Hozirgi oʻzbek diplomatik terminologiyasi genetik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling