Ilm-fan va innovatsiya
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
ilm-fan 1818
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 73 tovar bozorlari konyukturasini keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham umumxo’jalik konyukturasi uni tashkil etuvchi tovar konyukturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb xisoblab bo’lmaydi. Tovar bozorlari konyukturasini umumxo’jalik konyukturasini elementi sifatida birlashuvi, bir butun kabi tovar konyukturasini tashkil etuvchilarga mavjud bo’lmagan yangi sifatni beradi. Shunday qilib, uning butun qismi va bo’g’inlarining belgilari o’zaro ta’sirchanligi va o’zaro aloqadorligi shakllarining fe’l - atvorini, umumxo’jalik va tovar konyukturasini rivojlanishni aniqlaydi. Bozorni va avvalo butun bozorni konyukturasini kompleks izlanishlar ishbilarmonlar doirasining fikriga ko’ra, ishbilarmonlarga ularning xo’jalik qarorlarini qabul qilishda xatoga yo’l qo’ymasligi uchun tavakkalchilikni pasaytirishda qurol xisoblanadi. Iqtisodiy konyukturani izlash, faqatgina ayirboshlash soxasini rivojlannshi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining boshqa bosqichlari bilan o’zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini o’rganish bilan chegaralanib qolmaydi. U yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan asoslangan taxlil va bashorat qilishni amalga oshirishga qaratilgan. Tovar bozori o’zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruxi va iste’molchilar guruxi o’rtasida iqtisodchilar aloqalarining tizimini o’zida aks ettiradi. Aloqalarning asosiy ko’rinishi 1-turi bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar bozorlari tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali o’zaro ta’sirga egadir va u milliy bozorni butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning tarixiy rivojlanishi davomida milliy chegara doirasidan chetga chiqmaydi va halqaro tovar bozorlari shakllanadi. Kon’yuktura taxlili o’z ichiga ishlab chiqarish va iste’molning xajmi, tarkibi, bir tovarning boshqasining o’rnini egalay olish imkoniyati, tovar zaxiralari, narxning o’zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining o’rganishni oladi. Bozor kon’yukturasini muntazam ravishda o’rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor kon’yukturasi qaysi tovar chiqarishni ko’paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor kon’yukturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. SHunga ko’ra bozor kon’yukturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo’lishi mumkin. Bozor kon’yukturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog’liqdir, narx-navoga, modaning o’zgarishiga qarab xar hil bo’ladi. Bozorning kelajakdagi xolatini ishlab chiqarishning texnikaviy axvoli, unga sarflangan qo’shimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zaxiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek narx - navodagi o’zgarishlar yo’nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o’rganiladi. Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo’lgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yo’nalishiga qarab, shuningdek aholi xarid kobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanishini darajasini xisobga olib talab o’rganiladi. Uzoq muddatli o’sish imkoniyalarini aniqlash va konyuktura tahlili bir-biri bilan bog’liq va u bir-birini to’ldira boradi. Sifatli tahlil qilish uchun to’plangan ma’lumotlarni 3 ta guruhga bo’linadi: -o’tgan davr kon’yuktura ma’lumotlari; -tadqiq qilinayotgan davr kon’yuktura ma’lumotlari; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling