Ilm-fan va ta’lim
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- PROGNOZLASHDA TARMOQLARARO MODELLARDAN FOYDALANISHNING ZARURLIGI G’aybullayev Sarvar
- Aliyev Asadbek
- Kalit so’zlar
Библиографический список: 1. Аскаров, В.В. Картография: учебник / В.В. Аскаров. - Москва: Издательство Юрайт, 2010. - С. 10. 2. Бикеев, С.Г. ГИС для управления городами и территориями: учебник / под ред. С.Н. Балабанова. – М.: Издательство Юрайт, 20101. – 789 с. 3. Виремчук, Е.Д. ГИС в системе территориального планирования и управления территорией: учебник / Е.Д. Виремчук [и др.]. – Москва: 2018. –С. 20. 4. Кунце Вольфранг. ГИС для управления городами и территориями: пер. с нем. – Санкт-Петербург: Изд-во «Профессия», 2001. – 912 с. 5. Минько, З.В. Нетрадиционные подходы к созданию геоинформационных систем управления муниципальными образованиями: Учеб. для студентов / З.В. Минько. - Санкт-Петербург. 2014. 298 с. 6. Новищкий, Н.И. Геоинформационные системы: Учеб. пособие для студентов вузов / Н.И. Новищкий. - Минск, . 2013г. “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 19 ~ PROGNOZLASHDA TARMOQLARARO MODELLARDAN FOYDALANISHNING ZARURLIGI G’aybullayev Sarvar O’zMU JF o’qituvchisi Azamat Normamatov O’zMU JF “Psixologiya” fakulteti “Iqtisodiy va Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, 3-bosqich talabasi Aliyev Asadbek O’zMU JF “Psixologiya” fakulteti “Iqtisodiy va Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, 3-bosqich talabasi Annotatsiya:Ushbu maqolada iqtisodiy jarayonlarda ro’y berayatgan o’zgarishlarni baholashda turli modellar qatorida makroiqtisodiy modellardan foydalanishning zarurligi, uni qo’llashning afvzalligi va kamchiliklari, prognozlashda e’tibor berish zarur bo’lgan omillar haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar:Tarmoqlararo balans, sof mahsulot, ish haqi va natura, kvadrantlar, to’lanadigan haq, sof daromad. “Xarajat — maxsulot ishlab chiqarish” modeli iqtisodiy o’sishning eng muhim modellaridan biri hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning nazariy asoslari sobiq Ittifoqda birinchi besh yilliklar davrida ishlab chiqilgan. Uni birinchi marta amerikalik iqtisodchi (kelib chiqishi, rossiyalik bo’lgan) V. Leontev tomonidan “xarajatlar — maxsulot ishlab chiqarishi” nomi bilan rasmiylashtirildi. U tarmoqlararo aloqalarni shaxmat tipidagi jadval yordamida chiziqli algebrani qo’llab o’rganib chiqdi. 30-yillarda Amerika iqtisodiyotini tadqiq etib, “Amerika iqtisodiyoti tarkibi” monografiyasini yozdi. Bu kitobida umumiy muvozanatning iqtisodiy nazariyasi xalq xo’jaligining turli tarmoqlari o’rtasidagi aloqalarni o’rganishga, tadbik qilishga xarakat qilinadi. Keyinchalik (1973) o’zining “xarajatlar” — maxsulot ishlab chikarish” modeli va uni iqtisodiy muammolarni o’rganishda amaliy tadbiqi uchun 1973y. Nobel mukofotini oldi. (Vasiliy Vasilevich Leontev 5 avgust 1905 y. Petrogradda tug’ilgan). Iqtisodiy tahlilning xarajatlar — mahsulot ishlab chiqarish uslubida V. Leontev diqqatini eng avvalo iqtisodiy modeldagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Bu aloqalar turli tarmoqlar urtasida texnologik koeffitsiyentlar orqali o’rnatiladi. V. Leontev AQSh iqtisodiyoti tarkibini xarakterlovchi balans jadval ishlab chiqadi. Tarmoqlararo Balans modeli statik va dinamik ko’rinishda bo’lib iqtisodiy tizim va jarayonlarni iqtisody matematik modellashtirishda keng qo’llaniladi. “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 20 ~ Matritsaviy iqtisodiy matematik modellar alohida olingan korxonadan boshlab butun respublika iqtisodiyot tarmoqlarini (xalq xo’jaligini) qamrab olgan holda mahsulotlar ishlab chiqarish va taqsimlashni tahlil qilish hamda rejalashtirish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu yuzaga kelgan proporsiyalarni o’rganish, rejalarni muvaffiqlashtirish imkonini beradi. Xalq xo’jaligi darajasidagi tarmoqlararo balans (TAB) da milliy daromadning yaratilishi va taqsimlanishi, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish, tarmoqlar o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari hamda ijtimoiy mahsulotning ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi o’z aksini topadi. Ya’ni har bir tarmoq qandaydir maxsulot ishlab chiqaradi va uni bir qismini o’zi iste’mol qiladi va qolganini tashqariga pirovard maxsulot ko’rinishida chiqaradi. TABning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: -Iqtisodiyotda tarmoqlar ko’rinishida material buyum tarkibida takror ishlab chiqarishni tavsiflash; -Moddiy ishlab chikarish va xizmat kursatish soxasida yaratilgan maxsulotni ishlab chikarish va taqsimot jarayonlarini aks ettirish; -Iqtisodiy rivojlanish uchun ishlab chiqarish va undan samarali foydalanishning omilari urnini ochib berish; TAB pul va natural ko’rinishida tuziladi. Xalq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlanishi tarmoqlararo balansining matematik modeli. Balans tuzishda quyidagilarga asoslanamiz: a) ishlab chiqarish tarmoqlarini i harfi bilan, iste’molchi tarmoqlarni j harfi bilan tartiblaymiz; i=1, 2, 3, ..., n; j=1, 2, 3, ..., n. b) xalq xo’jaligining har bir tarmog’i balansda ishlab chiqaruvchi hamda iste’molchi sifatida qatnashadi; v) ishlab chiqarish tarmoqlariga balansdagi muayyan bir qator, iste’molchi tarmoqlariga esa muayyan bir ustun mos keladi. Xij kattaliklar i-tarmoqda ishlab chiqarilgan va j-tarmoqda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini ko’rsatadi. Tarmoqlararo balansning ustunlarida har bir tarmoqdagi moddiy xarajatlar tuzilishi va sof mahsuloti aks etiladi. Faraz qilaylik, 1-tarmoq elektroenergiya ishlab chiqarish, 2-tarmoq ko’mir sanoati bo’lsin. U holda x11 kattalik 1-tarmoqning o’z ehtiyojiga sarflangan elektroenergiya qiymatini, x21 esa elektrenergiya ishlab chiqarishdagi ko’mir xarajatlarini ko’rsatadi. Umuman, 1-ustundagi x11, x21, x31, ..., xn1 kattaliklar 1-tarmoqning ta’minotchi tarmoqlar bo’yicha moddiy xarajatlari tuzilishini ko’rsatadi. 1-tarmoqning sof mahsuloti ish haqi (v1) va sof daromad (m1) “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 21 ~ n n n n n n n ning yig’indisidan tashkil topgan. Moddiy xarajatlar va sof mahsulotning jamlanmasi esa tarmoqning yalpi mahsulotiga teng bo’ladi, ya’ni X1 = X11 + X 21 + X 31 + ... + X n1 + v1 + m1 = å X i1 + v1 + m1. i=1 Shu kabi har bir tarmoq uchun quyidagi tenglikni yozish mumkin: X j = å X ij + v j + mj, j = 1, n (1) i=1 Tarmoqlararo balansning satrlarida moddiy ishlab chiqarishning har bir tarmog’idagi yillik mahsulot hajmining taqsimlanishi o’z aksini topadi. Masalan, 1- tarmoq qatoridagi x11, x12, x13, ..., x1n kattaliklar elektroenergiya tarmog’i mahsulotining shu tarmoqning o’zida, ko’mir sanoatida va barcha boshqa tarmoqlarda sarflangan miqdorini ko’rsatadi. Elektroenergiyaning moddiy ishlab chiqarishdan tashqaridagi sarflanishi, ya’ni so’nggi (pirovard) iste’molni Y1 ko’rsatadi. Pirovard iste’mol shaxsiy (xususiy) va ijtimoiy iste’moldan tashkil topadi. Tarmoqlararo balans to’rtta qism - kvadrantlardan iboratdir. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling