Ilm-fan va ta’lim
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 kvadrantda
- 3 kvadrant
1 kvadrant (maxsulot ishlab chikarish uchun material xarajatlari kursatilgan)
shaxmat taxtasi kabi tuzilgan bo’lib, unda ishlab chiqarish vositalarining oqimi akslanadi. 1-qism ma’lumotlari tarmoqlar moddiy xarajatlari tarkibini tahlil qilishda, tarmoqlar o’rtasidagi ishlab chiqarish bog’lanishlari va proporsiyalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 2 kvadrantda barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining so’nggi mahsuloti ko’rinadi. So’nggi mahsulot deb, ishlab chiqarishdan tashqaridagi iste’mol va jamg’armadagi mahsulotlar yig’indisiga aytiladi. So’nggi mahsulot tarkibiga kiruvchi ijtimoiy iste’mol ta’lim tarbiya, o’quv, fan, sog’liqni saqlash, mudofaa, boshqaruv, sport kabi sohalardagi iste’moldan tarkib topadi. Shunday qilib, 2-kvadrantdagi ma’lumotlar milliy daromadning tarmoqlar bo’yicha moddiy tuzilishi, uning jamg’arma va iste’mol fondlariga taqsimlanishini xarakterlaydi. 3 kvadrant ko’rsatkichlari ham milliy daromadni xarakterlaydi, faqat bunda uning qiymati tarkibi ya’ni barcha tarmoqlarda mehnatga to’langan haq va sof daromad yig’indisi sifatida qaraladi. 3-kvadrant ma’lumotlari moddiy ishlab chiqarishda zaruriy va qo’shimcha mahsulot orasidagi hamda yangidan yaratilgan va ko’chirilgan qiymatlar nisbatini tahlil qilish uchun zarurdir. 2 va 3 kvadrantlarning umumiy yig’indisi o’zaro tengdir. Barcha tarmoqlar bo’yicha (1) tenglamani jamlab quyidagini hosil qilamiz: å X j = åå x ij + å vj + å mj (3) j=1 i=1 “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 22 ~ n n n n n n n j=1 j=1 j=1 (2) tenglamani i bo’yicha jamlasak åX i = åå xij + å yi ( 4) i=1 i=1 j=1 i=1 (3) va (4) tengliklarning chap qismida bir xil kattalik - yalpi ijtimoiy mahsulot X hosil bo’ladi. Tengliklarning o’ng qismidagi 1- qo’shiluvchilar ham bir xil, ya’ni 1- kvadrantning jamiga tengdir. Demak, tengliklarning qolgan qismlari ham tengdir: å vj +å mj = åYi (5) j=1 j=1 i=1 (5) tenglikning chap qismida 3-kvadrantning jamlanmasi, o’ng qismida esa 2-kvadrant jamlanmasi hosil bo’ldi, ya’ni milliy daromadning moddiy-mahsulot va qiymat tarkiblari bir xil bo’lishi ko’rindi. 4 kvadrant Tarmoqlararo balansning so’nggi mahsulotlar ustuni va daromadlar satrining kesishgan joyida bo’lib, bu yerda milliy daromadning so’nggi taqsimlanishi va foydalanishi o’z aksini topadi. Dastlab yaratilgan milliy daromadning qayta taqsimlanishi oqibatida aholining korxonalarning va davlatning so’nggi daromadlari yuzaga keladi. 4-qism ma’lumotlari tarmoqlararo modellarda aholining daromad va chiqimlarini ko’rsatishda muhim rol o’ynaydi. Shunday qilib, TAB yagona iqtisodiy-matematik model tarkibida moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari balansi, yalpi ijtimoiy mahsulot balansi, milliy daromad balansi hamda aholining daromad va xarajatlari balanslarini birlashtiradi. Tarmoqlararo balans, turli tarmoqlar o’rtasida narxlar, ishlab chiqarish xajmi, kapital qo’yilmalar va daromadlarning bog’lanishini o’rganishga yordam beribgina qolmay, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, kelajagini prognozlash imkonini beradi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling