Ilm-fan va ta’lim


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/91
Sana27.08.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1670680
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91
Bog'liq
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

Tayanch so’zlar: milliy-ma’naviy qadriyat, madaniy meros, globallashuv, 
madaniyatlar integratsiyalashuvi, madaniy taraqqiyot, tarixiy xotira, mafkuraviy 
qoidalar. 
Аннотатция: В данной статье значение национально-духовных ценностей 
и культурного наследия в развитии общества, значение национально-духовных 
ценностей и культурного наследия в развитии общества, необходимость 
сохранения, развития и формирования духа лояльности к ним в современную 
эпоху глобализации и интеграции, их продвижения, нормативно-правовых основ 
и их дальнейшего развития, представлены выводы, предложения и рекомендации 
по укреплению. 
Ключевые слова: национально-духовная ценность, культурное наследие, 
глобализация, интеграция культур, культурное развитие, историческая память, 
идеологические нормы. 
Abstract: In this article, the importance of national-spiritual values and cultural 
heritage in the development of society, the importance of national-spiritual values and 
cultural heritage in the development of society, the need to preserve, develop and form 
a spirit of loyalty to them in today’s era of globalization and integration, their 
promotion, normative-legal bases and their further development. conclusions
proposals and recommendations regarding strengthening are presented. 
Keywords: national and spiritual value, cultural heritage, globalization, 
integration of cultures, cultural development, historical memory, ideological norms. 
Barchamizga ma’lumki, muayyan millat, mamlakatning o’zligi, o’ziga xos 
xususiyatlari va qiymati, eng avvalo, uning milliy ma’naviy merosi, qadriyatlari va 
an’analarida aks etadi. Zero, har bir xalqning milliy urf-odat va an’analari hamda 
moddiy-ma’naviy merosi uning o’tmishi, turmush tarzi hamda boy madaniy 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 32 ~ 
qadriyatlariga ko’zgudir. Bugungi globallashuv va madaniyatlarning umumiylashib, 
ommalashib borishi jarayonlarida o’z milliy qadriyat va an’analarimizga sodiq qolish, 
ularga hurmat bilan qarash, yanada boyitish va rivojlantirish barchamizning oldimizda 
turgan eng dolzarb vazifadir. 
Milliy qadriyatlar – bu jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy 
taraqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamon ruhi
imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu-umidlari, istaklari, talab va 
ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Davrlar o’tishi bilan milliy, ma’naviy qadriyatlar ham 
o’zgarib, rivojlanib, yangilanib, boyib boradi. Zamon ruhiga va taraqqiyot talablariga 
mos kelmay qolgan me’yor va talablar inkor etiladi. Yangicha tafakkur va 
yondashuvlar, fazilat va odatlar kirib keladi. 
Madaniy meros – bu o’tmishdan qolgan qadriyatlar, g’oyalar, tajriba, bilimlar, 
ularni o’zlashtirish yo’llari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyat usullari va uni tashkil 
qilish hamda ularning natijalaridir.
1
Milliy ma’naviy meros, qadriyatlarning tarkibi, ko’rinishlari, milliy ma’naviy 
meros va qadriyatlar tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo’lib, uning tarkibi 
quyidagilardan iborat: 
– tarixiy meros va tarixiy xotira; 
– madaniy yodgorliklar, osori atiqalar, qadimiy qo’lyozmalar; 
– ilm-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari; 
– san’at va milliy adabiyot; 
– axloqiy fazilatlar; 
– diniy qadriyatlar; 
– urf-odat, an’ana va marosimlar; 
– ma’rifat, ta’lim-tarbiya va hokazolar. 
2
O’zbek xalqi jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo’shgan millatlar 
qatoridan faxrli o’rinni egalladi. Madaniy yodgorliklar, me’morchilik san’at 
namunalari, qadimiy qo’lyozmalar – milliy ma’naviyatning bebaho durdonalari, 
xalqimiz uchun eng qadrli va muqaddas bo’lgan boyliklardir. Bularni avaylab-asrash, 
kelajak avlodlarga yetkazish ma’naviyat sohasining asosidir. 
Shuningdek, milliylik xalqning ruhiyati va ma’naviyati, ayniqsa, san’at va 
adabiyot rivojida yorqin ifodalanadi. Ezgulik va poklikni, insoniylik va haqqoniylikni 
kuylagan buyuk asarlar, qaysi janrda yoki qaysi tilda yaratilganidan qat’iy nazar, 
jahonga taniladi, pirovardida yana shu millatning xalqaro nufuzini yuksaltiradi.Milliy 
ma’naviy qadriyatlar tizimida axloqiy sifat, diniy qadriyatlar munosib o’rin egallaydi 
va milliy o’zlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon bo’ladi. Axloqiy 
1
Ma’naviyat . Asosiy tushunchalar lug’ati. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi . Toshkent-2010 , 46-bet 
2
Milliy g’oya , inson va zamon. Q. Nazarov.T.:Toshkent – 2001-yil. 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 33 ~ 
va diniy qadriyatlar aksari hollarda o’zaro bog’liq bo’lib, jamiyatning ma’naviy 
yuksalishida, yosh avlod tarbiyasida birdek muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shu 
jumladan, tarbiya va ta’limning milliy xususiyatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimida 
o’z o’rniga ega. Xalqning kelajagi yoshlarga bog’liq ekanligi qanchalik haqiqat bo’lsa, 
ularda milliy ruhni tarbiyalash zarurati ham e’tirof etilgandir. Milliy tarbiya xalqning 
o’z-o’zini anglash va istiqbolini ta’minlash omilidir. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, milliy-ma’naviy qadriyatlarni 
yuksaltirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bir tuzumdan boshqasiga o’tish 
davrida aholining ruhiyati va qadriyatlarida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. O’z umrini 
yashab o’tgan g’oyalar, mafkuraviy qarashlar, zamonga mos kelmaydigan munosabat 
va fazilatlar o’rnini ilg’or yangiliklar bilan to’ldirish osonlikcha kechmagani hech 
birimizga sir emas. Shularni olib aytganda, milliy o’zlikni anglash, tarixiy 
xotiralashtirish, kelajakka komil ishonch hissini uyg’otish uchun ma’naviyat, milliy 
qadriyatlar beqiyos ahamiyatga ega. 
Milliy-ma’naviy qadriyatlar tizimida tarixiy meros va tarixiy xotira muhim o’rin 
tutadi. Ma’naviyatni yuksaltirish va xalqning milliy ruhini shakllantirishda ularning 
juda katta o’rni va ahamiyati bor. Shuning uchun mustaqillikka erishganimizdan so’ng 
to bugungi kunimizgacha o’z tariximizni ulug’lash, undan faxrlanish hamda unga 
munosib bo’lgan avlodlarni tarbiyalash borasida qator tizimli islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Jumladan, birinchi prezidentimiz Islom Karimov shunday deydilar: 
“Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q”. 
3
Shu qatorda mazkur islohotlar, ularni yanada 
jadallashtirish masalalari hayotimizda hamisha muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, 
milliy va ma’naviy qadriyatlar va madaniy meros jamiyat taraqqiyotining eng muhim 
omillaridan biri hisoblanadi. Aynan shu sababdan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasining V bobi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga 
olib chiqish” deb nomlanib unda quyidagi ustuvor maqsadlar belgilab olingan: 
– ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan — 
Taraqqiyot strategiyasi sari” g’oyasini keng targ’ib etish orqali jamiyatda sog’lom 
dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish; 
– aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, 
kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini 
ro’yobga chiqarish; 
– buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o’rganish va keng targ’ib 
etish. 
– jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglik muhitini 
mustahkamlash. 
3
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch .Toshkent “Ma’naviyat” 2008 . 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 34 ~ 
– tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo’nalishlarini rivojlantirish, aholining 
badiiy-estetik didini yuksaltirish. 
– madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va 
obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.
4
Shuningdek, mamlakatimizda mazkur sohani tartibga solish borasida qator 
normativ -huquqiy hujjatlar qabul qilingan. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini 
oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida” gi
5
prezident 
qarori bu sohada yo’l xaritasi bo’lib xizmat qilmoqda. Shuningdek yangi tahrirdagi 
konstitutsiyamizning 61-moddasida quyidagi norma mustahkamlangan: 
“Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy 
merosini avaylab-asrashi shart. 
Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muxofaza 
qilinadi.”
6
Insoniyatning oxirgi yarim ming yillik umri davomida jahon bozori paydo bo’ldi, 
iqtisodiyot va madaniyatlarning o’zaro ta’siri kuchaydi. XXI asr boshiga kelib axborot 
texnologiyalari tufayli globallashuv jarayoni yangi bosqichga ko’tarildi. Bu sharoitda 
milliy qadriyatlarga chetdan bo’ladigan ta’sir beqiyos darajada zo’raydi. Bu ta’sir, bir 
tomondan, milliy madaniyatlarning boyishi, qadriyatlarning qayta baholanishi va 
yuksalishiga, ikkinchi tomondan esa, millatning ruhiyati va qadriyatlariga yot bo’lgan 
odat va harakatlarning kirib kelishiga sabab bo’ldi. 
Mana shunday sharoitda milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni asrash, ularni yanada 
rivojlantirish va unga sadoqat bilan munosabatda bo’lish har birimizning asosiy 
fuqarolik burchlarimizdan biriga aylanmog’i darkor. Xulosa qilib aytganda, milliy-
ma’naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning farovonligini mustahkamlash 
va taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling