Ilm-fan va ta’lim


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/91
Sana27.08.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1670680
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
Bog'liq
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

 
REFERENCES: 
1. N. Q. Xatamova, M.N.mirzayeva. “INGLIZ TILI DARSLARIDA 
QO’LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo’llanma), Navoiy, 
2006, 40 bet. 
2. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “CHET TILINI O’QITISHDA 
YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH”. Toshkent: Nizomiy nomidagi 
TDPU, 2005. 
3. O’.Hoshimov, I. Yoqubov. “INGLIZ TILI O’QITISH METODIKASI” (o’quv 
qo’llanma) Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 2003. 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 28 ~ 
YANGI OʻZBEK SHEʼRIYATIDA KUZ OBRAZI 
 
Madraximova Inobat Baxodirovna 
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti 
Boshlangʻich taʼlim fakulteti o’qituvchisi 
Ochilova Durdona Baxtiyor qizi 
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti 
Boshlangʻich taʼlim fakulteti 
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabasi
 
Annotasiya:Ushbu maqolada yangi oʻzbek she’riyatida kuz obrazining talqin 
qilinishi, kuz obrazi haqidagi qarashlari, kuz faslidagi holatlarni oʻz xayollarida 
jonlantirib ifoda qilishi va kitobxonga qay tarzda yetkazib bera olganligi, kuz faslida 
insonning ichki dunyosida boʻladigan kechinmalar toʻgʻrisida gap boradi. 
Kalit soʻzlar: kuz fasli, kuz obrazi, shoirlar, his-tuygʻu, ayriliq 
Annotation: This article talks about the interpretation of the image of autumn in 
new Uzbek poetry, his views on the image of autumn, how he was able to relive the 
situations of the autumn season in his imagination and convey them to the reader, and 
the experiences that occur in the inner world of a person during the autumn season. 
Key words: autumn season, autumn image, poets, feeling, separation 
Hammamizga maʼlumki, adabiyotni sheʼriyatsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. 
She’riyat janrida ijod qilgan shoir va shoiralar sheʼrlarini asosan his-tuygʻularini va 
kechinmalarini hayajonli bir tarzda qolipga solib ifoda qilishadi. Shoirning ichki his-
tuygʻularidan yaralgan bunday she’rlar kitobxonning e’tiborini tortmasdan qolmaydi. 
Shuning uchun ham bu janr adabiyotimizning bir boʻlagi hisoblanadi. 
Shunday tuygʻularga berilgan holda oʻzbek sheʼriyatida kuz obraziga turli 
qarashlar bilan she’rlar bitgan Usmon Azim, Shavkat Rahmon, Abdulla Oripov, Rauf 
Parfi, Xurshid Davron singari taniqli shoirlarni misol qilsak boʻladi. 
Jumladan Usmon Azimning "Kuz bogʻi" she’riga toʻxtalib o’tsak: 
Bilaman, bu kuzdan boʻlmaydi oʻtib,
Uning qaygʻulari - tentaklik qadar 
Uning harakatlari - yuksaklik qadar 
Qalbingga men qanday boraman yetib,
Axir, oʻrtamizda bir fasl qadar 
Kim yozda qoldi-yu kim qishda qoldi 
Gapirma.Oʻzgarmas qismat tartibi 
Haq shu kim oʻrtada toʻqson kun yondi,


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 29 ~ 
Azonda oʻrtandi uch oy tarkibi 
Koʻrinib turibdiki, shoir she’rida kuz faslini ayriliq fasli deb atagan. Ya’ni uning 
qaygʻulari shu qadar koʻpki, tentak boʻlishgacha yetadi.Shu bilan birgalikda uning 
harakatlari ham yuksaklik choʻqqisigacha chiqadi.Yorning qalbiga yetib borishni esa 
bir faslga tenglashtiradi.Shoir keyingi misralarda kim yozning issigʻida-yu, kimdir 
qishning qahratonida qolgan boʻlsa ham baribir uning qismatiga nima bitilgan boʻlsa 
oʻsha boʻlishini nazarda tutgan.Soʻngra shoir yozning toʻqson kunida yonib, kuzning 
xazonida uch oy oʻrtanganini iztirob bilan qog’ozga tushirgan. Sezilib turibdiki
Usmon Azim "Kuz bogʻi" she’rida alam, gʻam-qaygʻu, hasrat, ayriliq bilan toʻla 
hayotni ifoda qilgan. 
Shunga o’xshash mavzuda XX asr oʻzbek adabiyoti va sheʼriyatining taniqli 
vakillaridan boʻlgan Abdulla Oripov ham "Kuz manzaralari" she’rini quydagicha 
talqin qilgan: 
Yana dalalarga boshlaydi havas 
Bogʻlarda xazonlar yonadi lov-lov 
Doʻstlarim, bu kuzning barglari emas 
Mening yuragimdan toʻkilgan olov 
Shoxlarda me’zonlar yaltirar xira 
Poyida shivirlar mening kuylarim 
Doʻstlarim, bular ham me’zonmas sira 
Bu mening chuvalgan soʻngsiz oʻylarim 
Quyosh ham falakda bamisli roʻyo 
U endi yondiraman, yaltirar faqat 
Doʻstlarim, u ham endi quyoshmas aslo 
U olis yoshlikda qolgan muhabbat 
Abdulla Oripov bu she’rida asosan qiyoslash san’atini mohirona qoʻllashni 
ya’nikim, yozning jaziramasida qovurilgan barglar kuzda kelib olovrang tusga kiradi. 
Shu sabab bogʻlardagi barglarni lov-lov yonayotgan xazonlarga oʻxshatadi. Ammo 
shoir bu kuzning barglari emas, mening yuragimdan toʻkilayotgan hasrat, gʻam-anduz 
olovi deya ta’kidlaydi. Keyingi misralarda esa me’zon soʻzini oʻz ma’nosida emas 
balki koʻchma maʼnoda ya’ni oʻrgimchak uyasini nazarda tutgan.Kuz quyoshi nurida 
me’zonlar xira yaltiraydi. Lekin bu yerda ham shoir me’zonni ya’ni oʻrgimchak uyasini 
oʻzining chuvalashgan oxiri yoʻq oʻylariga taqqoslaydi. 
Hammamizga maʼlumki, yozda yondirib nur sochgan quyosh kuz fasliga oʻtib, 
uning shashti pasayadi. Quyoshning shunday yaltirab sim-sim nur sochishini 
yoshligida qolgan olis muhabbatiga qiyoslaydi. 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 30 ~ 
Yuqoridagi she’rlarda ikkala shoir ham asosan kuzda boʻladigan holatlarni 
insonlardagi hasrat, ayriliq va ichki dunyosida boʻladigan kechinmalarni keng ma’noda 
ifodalangan. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling