Ilm-fan va ta’lim
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA VA TAKLIFLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Chet tillarini o’qitish, o’rganishning afzalligi hozirgi kunda o’ziga xos dolzarb ahamiyatga ega.Birinchi navbatda, biron-bir chet tilini o’rganishdan asosiy maqsad bu òsha xalqning nafaqat, tili, adabiyoti, madaniyati va tarixini o’zlashtirish, balki ularning yutuq va texnologiyalarini o’zlarida tatbiq qila olishdir.O’z o’rnida shuni aytib o’tish joizki, chet tillarini o’zlashtirish jarayonida o’quvchilar o’rtasida yuzaga keladigan bir qancha muommolarga yechim topish, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun eng avvalo, nafaqat oliy o’quv yurtlarida, balki maktab va bog’chalarda zamonaviy metod va texnologiyalardan foydalanib dars mashg’ulotlarini olib borish uchun yetarlicha imkoniyat yaratib berish dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Ikkinchidan, o’quvchilarning erishgan bilimlarini mustahkamlash va bu bilimlarni uzluksiz rivojlantirib borish maqsadida faqatgina darslikdagi kundalik mavzuda berilgan matnlarni o’qitish bilan chegaralanmasdan interaktiv o’yinlarni o’ylab topish darsning samaradorligini oshirishga imkon yaratishi e’tiborli masaladir. XULOSA VA TAKLIFLAR Zamonamiz yoshlari chet tillarida nafaqat gaplashish, suhbatlashish, balki rivojlangan mamlakatlarga borib o’qish, o’zlarining mutaxassisliklariga ega bo’lishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yishmoqda.Bu maqsadlarga erishish uchun albatta, tajribali o’qituvchilar va samarali dars jarayoni olib borilishi zarur.Bu samaradorlikda esa zamonaviy texnologiya va metodlarning o’rni beqiyosdir. Xulosa qilib aytganda, xorijiy tillarni o’rgatishda zamonaviy metodlar va pedagogik texnologiyalardan foydalanish natijasida o’quvchilarning mantiqiy “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 27 ~ fikrlashlarini oshirish, nutqlarini ravon qilish, darslarga bo’lgan e’tiborlarini oshirish, ulardagi erkin fikrlashni rivojlantirishga erishish mumkin. O’quvchilardagi bu ko’nikmalarni rivojlantirish bilan bir qatorda biz kabi bo’lajak o’qituvchilarning zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullarini yanada mukammalroq o’rganib chiqishiga undashi shak-shubhasizdir. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling