Ilm-fan va ta’lim
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- PSIXOLOGIYA FANINI O’QITISHDA DIDAKTIK YO’NALISHLAR DIDAKTIK YO’NALISHDA TA’LIM TEXNALOGIYASINI QO’LLASH Nurımbetova Jazira Djalilxan qizi
- Kalit so’zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Mavlonov A., Abdalova S., Allamberganova M., Ilyasova Z. O’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda ta’lim texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur bo’stoni”, 2013yil 142 b 5. Xalilov M.X. Bilish jarayonlari psixologiyasi SamDU 1999y. 6. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. Toshkent “YAngi asr avlodi”2008y. 7. Karimova V., Akromova F. Psixologiya. T.: 2000y. 8. Alimjonova J. I. Mutaxasislik o’qitish metodologiyasi (ma’ruzalar matni) TKTI. – T.: 2009 9. YUsupova P.A. Maktab ta’limi pedagogikasi T. “O’zbekiston” 1993. 2. Mavlonov A., Abdalova S., Allamberganova M., Ilyasova Z. O’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda ta’lim texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur bo’stoni”, 2013yil 142 b 13. 3. http://www.referat.ru 14. www.inter-pedagogika.ru; 15. www.school.edu.ru 16. www. tdpu. uz 17. www. pedagog. uz 18. 7. www. Ziyonet.uz 19. 8. www. edu “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 178 ~ PSIXOLOGIYA FANINI O’QITISHDA DIDAKTIK YO’NALISHLAR DIDAKTIK YO’NALISHDA TA’LIM TEXNALOGIYASINI QO’LLASH Nurımbetova Jazira Djalilxan qizi Osiyo Xalqaro Universiteti Pedagogika va psixologiya” mutaxassisligi bo’yicha M2-PP-22 guruh magistranti Annotatsiya: Maqolada ta’lim jarayonida didaktik o’yin va o’yin texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, o’yinlarning klassifikatsiyasi, ko’rinishlari haqida ma’lumot berish bilan birgalikda musiqa ta’limi jarayonida qo’llaniladigan o’yinlardan namunalar ham keltirilgan. Kalit so’zlar: o’yin, jarayon, didaktik o’yin, qobiliyat, qiziqish, moyillik, ijodiy qobiliyat, komponent, klassifikatsiya, texnologiya. KIRISH Bugungi axborot texnologiyalari va axborotlar oqimi mislsiz darajada ko’p bo’lgan davrda ta’lim tizimida an’anaviy darslar o’rniga noan’anaviy muqobil ta’limni, ya’ni innovatsion, yangi texnologiyalarni, interfaol ta’limni joriy etishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. Ta’lim jarayonini tashkil etishda, jumladan, musiqa ta’limida o’quvchi shaxsiy qobiliyati, qiziqishi, moyilligi, uning o’z kuchi imkoniyatlariga ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishini asos qilib olish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayoni o’quvchi shaxsiga yo’naltirilishi, o’quvchi-talabaga oliy qadriyat sifatida qarash dolzarb masalaga aylanmokda. O’quvchilarning universal o’quv-biluv ko’nikmalarini shakllantirish bosh maqsadga aylanmoqda. Bunda talaba- o’quvchining ehtiyoji, moyilligi, qiziqishi, faolligini oshiruvchi o’yinli texnologiyalardan vosita sifatida keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin texnologiyalari (o’yin ta’limi) - ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirishning barcha ko’rinishlari: bilim, ko’nikma, malaka hamda hissiy baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo’naltirilgan shartli o’quwaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo’naltirilgan ta’lim (peda gogik texnologiya) turlaridan biri hisoblanadi. O’yin texnologiyalarida o’quvchining tabiatiga mos tushuvchi o’yinlar o’quv- tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi mumkin. O’yin o’quvchini ta’limda g’alabaga erishishda qiziqishini orttiradi va unda kuchli motivatsiya hosil kilish imkoniyatiga ega. O’quvchini tezkorlikda harakat kilishga, chaqqonlik, topqirlik, topshiriqlarni aniq, tez vaqtda bajarishga o’rgatadi, unda qonun-qoidalarga rioya kilish ko’nikmalari shakllanadi. O’quvchining faolligi rivojlantirilib, bilimga bo’lgan ishtiyoqi oshadi. SHaxsning ahloqiy sifatlarining shakllanishiga yordam beradi. O’quvchilarda o’zaro hamkorlik, ijodkorlik, bir-biriga “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 179 ~ qayg’urish va o’zaro hurmat kabi odatlar rivojlantiriladi. Ayniqsa, ularda tashqi dunyoni tasavvur etish, erkin fikr yuritish, emotsional faollik va o’zaro muloqotga kirishuvchanlik vujudga keladi. USULLAR O’yin pedagogik madaniyat fenomeni bo’lib kelgan. Inson hayotida u muhim, hal kiluvchi omil sifatida ilmiy izlanuvchilarni qiziqtirib kelgan. O’yin organizmda ortikcha energiyadan halos bo’lish, charchash va vaqtida kuchni foydali holda ishlatish, ayrim holda uni tiklashda ham yordam beradi. Endi o’yinning ko’rinishlari va klassifikatsiyasiga to’xtalamiz. O’yinlar: - yakka-individual, juftli, guruhli, ommaviy o’yinlar; - jismoniy, intellektual musobaqaga asoslangan, ijodkorlikka yo’naltiruvchi o’yinlar, didaktik o’yinlar, konstruksiyali, kompyuterli o’yinlar; - ijtimoiy o’yinlar, syujetli, rolli, imitatsiyali o’yinlar, tashkiliy kommunikativ o’yinlar, qiziqarli o’yinlar va boshqa turda bo’lishi mumkin. YUkoridagi sanab o’tilgan o’yinlarning har birining quyidagi komponentlari mavjud. Ular: - o’yinda qatnashuvchilar; - o’yin qoidalari; - o’yinning vaqti; - o’yinning syujeti; - o’yinning rekviziti; - o’yinning yakuni (natijalari, qonun-qoidalariga rioya qilinishi). Aynan musiqa ta’limi jarayonida qo’llaniladigan o’yin texnologiyalaridan namunalar keltiramiz: Tinglash va eslash qobiliyatini rivojlantirish o’yini "Musiqani, qo’shiqni kim yozgan,top" O’yin materiali: Xaltachada kichik razmerdagi xar xil o’yinchoqlar, bastakorlar rasmlari stolda yoyiq xolda. O’yinning borishi: Musiqa rahbari bolalarning yoshiga ko’ra yil davomida musiqa mashg’ulotlarida tinglagan, kuylagan musiqa asarlarini chaladi va kuylaydi. - Musiqa asarini kim yozgan? - deb bolalardan so’raydi. Bolalar javobi. To’g’ri topgan bolaga musiqa rahbari- Rasmlar ichida aytgan bastakorni rasmini top- deydi. Bola rasmni to’g’ri topib ko’rsatsa g’olib hisoblanadi, unga xaltachadagi o’yinchoqlardan bittasini sovg’a qilinadi ya’ni rag’batlantiriladi. O’yin shu tariqa davom etadi. Eslash va tinglash qobiliyatini rivojlantirish o’yini "Kuyning nomini top" O’yinning borishi: Musiqa rahbari musiqa asbobida milliy kuylarni dastlabki 6-7 ta tovushlarini chalib beradi. “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 180 ~ Bolalar kuyning nomini topib aytishadi. kuyning nomini to’g’ri topgan bola g’olib hisoblanadi. O’yin shu tariqa davom etadi. O’yin ohirida ko’p kuy nomini to’g’ri topgan bolalar rag’batlantiriladi. O’yinga kiritilgan kuylar to’plami "CHertmak", "Norim-norim", "Andijon polkasi", "Yallami-yorim", "Do’loncha", "Lazgi", "Namanganni olmasi" , "Dilxiroj", "CHitti gul", "Munojat". Raqs ijodkorligini rivojlantirish o’yini "Raqsga tushamiz" O’yinni borishi: Bolalar davra olib turishadi. Tarbiyachi qo’lida ro’molcha bilan davrada yurib xoxlagan bolani yelkasiga ro’molchani tekkizadi, yelkasiga ro’molcha tekkan bola o’rtaga chiqib musiqa ohangiga monand raqsga tushadi. Bir vaqtda davrada turgan bolalar chapak chalib turishadi. Ro’molcha olgan bola boshqaruvchi bo’ladi. O’yin shu tariqa davom etadi. Tadqiqot va Natijalar. O’yin o’quvchini o’ylashga, topqirlikka, ziyraklikka, mantiqiy fikr yuritishga o’rgatadi. SHu asosda o’z «men»ining shakllanishiga yordam beradi. SHuningdek, bilishga o’rganish ehtiyojini tug’dirib, yangi o’zgarishlarga bosh-laydi. O’yin tashqi olam bilan muloqot qilishga yangi-yangi imkoniyatlarni ochib beradi. O’yin umumilmiy tushuncha bo’lib, falsafa, pedagogika, psixologiya, tarix nazariyasi, san’atda uziga xos tushuncha, atamalari mavjud. Umuman, ilmiy tilda o’yin dramaturgiya, tomoshalar, bayramlar, festivallar, karnavallar, badiiy ijodkorlik ma’nosida ham ishlatiladi. Katta ensiklopedik lug’atda o’yin nafaqat mahsuliy faoliyat bo’lib, uning motivi natijalarida emas, aksincha jarayonning o’zida namoyon bo’lishi ko’rsatilgan. Bu jarayon o’ynovchilarga rohat bag’ishlaydi, undan tomoshabin zavq-shavq oladi. SHu sababli ham, u ta’limiy jarayonning samarali kechishida muhim rol o’ynaydi, o’quvchining shaxs sifatida rivojlanishida, hayotda ishlash, o’quv-bilishga bo’lgan qiziqishini oshirishda, psixologik tayyorlashda yordam beradi. Jumladan, musiqali didaktik o’yinlar bolalarning musiqaviy-sensor qobiliyatini rivojlantiradi va mustaqil faoliyatiga ham qo’shiladi. Musiqali didaktik o’yinlar musiqa mashg’ulotlarda va bolalarning bo’sh vaqtlarida o’tkazib o’ynaladi. Bolalarning mustaqil o’yinlarida musiqali didaktik o’yinlar ularni qo’shiq aytishga, raqs tushishiga, bolalar cholg’u asboblarini chalishga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi va ijod qilishga undaydi. Umuman, o’yin tushunchasi keng ma’noga ega bo’lib, uni bir qoida bilan ifoda etish qiyindir. Ko’pincha bu savolga javob olish uchun «Har bir odam nima uchun o’ynaydi?» degan savol qo’yilgandagina unga kengrok javob olish mumkin. Aksariyat pedagoglar o’yinni bilish kobiliyatlarini faollashtiruvchi vosita deb qaraydilar. U mahsulot emas, xizmat turi ham emas, lekin insonlar o’z umrini o’yin bilan bog’laydilar. Nima uchun? “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 181 ~ O’yin pedagogik madaniyat fenomeni bo’lib kelgan. Inson hayotida u muhim, hal kiluvchi omil sifatida ilmiy izlanuvchilarni qiziqtirib kelgan. O’yin organizmda ortikcha energiyadan halos bo’lish, charchash va vaqtida kuchni foydali holda ishlatish, ayrim holda uni tiklashda ham yordam beradi. O’yin insonning hayotiy muvozanatini saqlashda, uning faolligini oshirish orqali organizmda ishlamay turgan a’zolarini ishga, harakatga keltirib yuboradi. SHu sababli ham o’yin organizmdagi yaxshi energiyalarni hosil qiladi va tiklaydi. YA’ni, o’yin doimiy o’zlikni saqlab turuvchi ta’limiy jarayondir. O’quvchini o’yinga jalb etish keyingi mehnat va hayotiy faoliyatga tayyorlovchi vositadir. XULOSA Demak, o’yin o’quvchi-talabaning ichki ehtiyoji bo’lib, ularda faollikni oshiradi, ruhiyatni ko’taradi. O’yin bolaning muloqotga kirishuvchanligini oshirib, uning rivojlanishiga olib keladi. Buning oqibatida bola muvaffaqiyat qozonishga intiladi, uning ziyrak, hushyor bo’lishga, zavqlanishga o’rganadi. U olamni bilish, o’rganish harakatida bo’ladi. Intizomli bo’lish, chaqqonlik, tez fikr yuritishga intiladi. Ta’lim- tarbiya jarayonida o’zligini namoyon qilish uning kundalik yashash tarziga aylanadi. TAVSIYALAR O’qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh-jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling