Ilm-fan va ta’lim


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/91
Sana27.08.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1670680
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91
Bog'liq
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. 
Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”. Toshkent. Xalq merosi. 1993-
yil 
2. 
E.G’oziyev “Ontogenez psixologiyasi”. 2010-yil. 
3. 
E, G’oziyev “Shaxs psixologiyasi” 2004-yil 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 187 ~ 
TILSHUNOSLIK VA MEDITSINA INTEGRATSIYASI 
 
Nosirov Jaloliddin Muhiddin o’g’li 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi 
nosirovjaloliddin74@gmail.com
  
Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunoslik va meditsina fanining aloqadorligi 
meditsina tarkibidagi fanlarning tilshunoslik fani bilan bog’lanishlari orqali amalga 
oshirilishi yoritilib o’tilgan. Tilshunoslikdagi ba’zi hodisalar meditsinaning 
yo’nalishlari orqali vujudga kelganligi ta’kidlab o’tilgan. 
Kalit so’zlar: Tilshunoslik, meditsina, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, 
biologiya, logopediya, nevrologiya, neyrolingvistika, psixologiya, psixolingvistika, 
kimyo, sinxroniya va diaxroniya nazariyasi, valentlik, integratsiya. 
Abstract: In this article, the relationship between linguistics and medicine is 
explained through the connection of medical sciences with linguistics. It was noted that 
some phenomena in linguistics were created through the directions of medicine. 
Key words: Linguistics, medicine, natural sciences, social-humanitarian 
sciences, 
biology, 
logopedia, 
neurology, 
neurolinguistics, 
psychology, 
psycholinguistics, chemistry, theory of synchrony and diachrony, valence, integration. 
Ma’lumki, bir fan turining mavjud bo’lishi ikkinchi fanning bo’lishini taqozo 
etadi. Masalan, geometriya va arifmetikaning o’zaro aloqada ekanligi va bu aloqadorlik 
asosida astronomiya fanining mavjudligi va bularning har biri butun bir sistema sifatida 
ichki bo’linishlarga egaligi yuqoridagi gapning isboti bo’la oladi. 
Avvalo, fan tushunchasi o’z ichiga tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnika kabi 
yo’nalishlarni oladi. Biz aytib o’tmoqchi bo’lgan tilshunoslik va meditsina, ular 
o’rtasidagi integratsiya, nafaqat tilshunoslik va meditsina fanlarini, balki tabiiy 
(meditsina) va ijtimoiy-gumanitar (tilshunoslik) kabi fanning asosiy yo’nalishlarini 
ham uzviy aloqada ekanligini ko’rsatadi. 
Ma’lum bir fan boshqa tutash fanlarsiz to’laqonli muvaffaqiyatga erisha olmaydi. 
Shunday ekan, tilshunoslikni meditsinadan, meditsinani esa tilshunoslikdan ayro holda 
tasavvur etish to’g’ri bo’lmaydi. 
Shu yerda bu ikki fan bir-biri bilan qanday aloqada bo’lishi mumkin, bu ikki fan 
qanday qilib bir xil vazifa bajara olishi mumkin degan savol tug’ilishi tabiiy. Har bir 
fan, o’z navbatida, boshqa bir fanlar (yuqorida eslanganidek, sistema sifatida ichki 
bo’linish, ichki tarkib asosida yuzaga keladigan yo’nalishlar, tarmoqlar va h.k.)ni o’z 
ichiga oladi (misol uchun, matematika fani o’z tarkibida algebra, gometriya kabi 
boshqa bir fanlarni saqlaydi). Xuddi shu kabi, tilshunoslik ham o’z tarkibidagi ma’lum 
bir tarmoqlar (yoxud fanlar) bilan (tabiiyki, barcha tarmoqlar bilan emas) meditsina 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 188 ~ 
fani bilan integratsiya aloqasini o’rnata oladi va meditsina ham ma’lum yo’nalishlari 
bilan tilshunoslikning ayrim sohalariga o’z ta’sirini o’tkaza oladi. Biz quyida ushbu 
fanlar bilan yetarlicha tanishib o’tamiz: 
1. Biologiya. Tabiiyki, biologiya fani meditsina fanining asosiy tarmog’i 
hisoblanadi. Odam organizmining odatdagi holatini, unda kasallikning paydo 
bo’lishini va shu kabi muhim qarashlarni o’rganish uchun biologiya meditsina uchun 
zaruriy qo’shimcha fan sanaladi. Shu bilan bir qatorda, bilogiya fani tilshunoslik sohasi 
uchun ham asosiy tayanch soha hisoblanadi. Asosan, biologiyaning tilshunoslikda 
vazifasi nutqda namoyon bo’ladi. Har qanday nutq organlari ikki xil vazifali bo’ladi. 
Birinchisi – insonning fiziologik a’zosi sifatida organizmning yashashi uchun xizmat 
qilsa, ikkinchisi – nutq tovushlarini hosil qilish xususiyatidir va bu ikkinchi xususiyat 
faqatgina insonlarga xos xususiyat hisoblanadi. Va shu tariqa, bu ikki xususiyatga ega 
bo’lgan organlar ham tilshunoslikning, ham biologiyaning tekshirish obyekti bo’lib 
xizmat qiladi. 
2. Logopediya – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida 
nutq buzilishlarini o’rganish, tuzatish, oldini olish haqidagi pedagogik fandir. 
Logopediyaga keltirilgan ta’rifdan ham namoyon bo’lib turibdiki, bu fan tilshunoslikka 
juda yaqin fan sanaladi, nutqdagi buzilishlar, ma’lum talaffuzdagi qiyinchiliklar bunga 
misol bo’lsa, uni o’rganish, tuzatish va oldini olish tibbiyot sohasiga oiddir. 
Tilning murakkab tizimi uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli 
bo’ladi va u bolalar tomonidan qisqa muddatda o’zlashtirib olinadi. Ana shu davr 
mobaynida til belgisi qo’llanish tartiblari buzilishi natijasida bolalarda ma’lum bir 
tovushlarning to’g’ri talaffuz qilolmaslik yoxud u tovush o’rnida boshqa tovushni 
ishlatib qo’yish holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday muammolarni oldini olish uchun 
logopediya o’z oldiga ko’plab maqsadlarni qo’ygan va ana shu maqsadlardan biri 
boshqa fanlar bilan aloqa o’rnatishdir. Shu maqsadda logopediya pedagogikaning 
ko’plab sohalari bilan, tibbiy-biologik fanlar bilan va shuningdek, tilshunoslik fani 
bilan ham hamkorlikni yo’lga qo’ygan. 
3. Nevrologiya(Neyrolingvistika). So’nggi yillarda psixologiya, nevrologiya va 
tilshunoslik fanlarning uzviy aloqasi natijasida neyrolingvistika deb nomlanuvchi 
yangi bir fan vujudga keldi. 
Neyrolingvistika – psixologiya fanining tarmog’i bo’lib, nutqiy faoliyatning 
miyadagi mexanizmlarini, miyaga shikast yetganda nutqiy jarayonlarda hosil 
bo’ladigan o’zgarishlarni, miyadagi neyronlarning nutqni hosil qilishdagi xizmatini 
o’rganuvchi soha. 
“Tashqi dunyoning kishiga ta’siri uning miyasida gavdalanadi, shuning uchun 
kishilar tabiatdagi voqealar, hodisalar haqida ma’lum bir tafakkurga ega bo’lar ekanlar, 
uni faqat til orqali ro’yobga chiqaradilar va bu haqda boshqalar bilan aloqa 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 189 ~ 
bog’laydilar, fikrlashadilar”, - degan edi Nosirjon Uluqov va bu qarash to’laligicha 
neyrolingvistikaga mos keladi. 
4. Psixologiya(Psixolingvistika). Psixologiya ham tibbiyotga yordamchi fan 
sifatida insonning ruhiy holatini, insonning ongini, undagi ba’zi bir o’zgarishlarni va 
h.k.ni o’rganish vazifasini o’z oldiga qo’yadi. 
Psixolingvistika – nutqning hosil bo’lishi, shuningdek, nutqni idrok etish va 
shakllantirish jarayonlarini, ularning til tizimi bilan o’zaro bog’lanishi holatida 
o’rganuvchi fan. Uning asosiy vazifasi inson nutqiy faoliyati modelini va 
psixofiziologik nutqiy shakllanishini ishlab chiqadi, ularni psixologik eksperimentlar 
yo’li bilan tekshiradi. Bu soha tadqiqot manbayi bo’yicha tilshunoslikka yaqin tursa, 
o’z tekshirish usullari bo’yicha psixologiyaga yaqin turadi. Yuqorida eslab 
o’tganimizdek, eksperimental usullarning bog’lanishli, semantik-defferinsial va shu 
kabi turlaridan foydalanish mumkin. 
“Tilshunoslik ruhshunoslik bilan ham uzviy bog’liqdir. Ruhshunoslik inson ruhiy 
(psixik) jarayonlarning qonuniyatlarini o’rganadi. Insonning ruhiyati tilda, nutqda o’z 
ifodasini topadi. Til va ruh o’rtasidagi masalalar psixolingvistikada o’rganiladi. 
Demak, psixolingvistika psixologiya bilan tilshunoslikning sintezi sifatida yuzaga 
kelgan bo’lib, nutqni qabul etish, tilni egallash kabi masalalarni o’rganadi” (Nosirjon 
Uluqov). 
5. Kimyo. Tilshunoslik fanining taraqqiy topishida kimyo fanining o’rni boshqa 
fanlarga, sohalarga qaraganda ancha salmoqlidir. Tilshunoslikda til birliklarining 
muayyan tuzilishga ega ekanligi, eng kichik birlik bo’lgan fonemaning ham bo’linish 
xususiyatiga ega ekanligi, butun tarkibidagi qismlarning o’zaro munosabati va butun 
bilan butunning ham katta bir butunlik tarkibida o’zaro munosabatda bo’lishi kimyo 
fanidan tilshunoslikda olingan nusxa deyish mumkin. Undan tashqari, kimyo fanida 
molekula va atomlarning to’xtovsiz harakatda bo’lishi tilshunoslikda sinxroniya va 
diaxroniya nazariyasining vujudga kelishiga turtki bo’ldi. Eng asosiy yutuq esa kimyo 
fanidan valentlik tushunchasining tilshunoslik faniga andoza sifatida ko’chishi bo’ldi. 
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, tilshunoslik ko’plab fanlar bilan yondosh fan 
hisoblanadi va bu bilan tilshunoslik boshqa fanlarning rivojlanishiga o’z ko’magini 
bergani kabi o’zining rivojlanishi uchun ham boshqa fanlardan ko’mak qabul qiladi. 
Jumladan, tibbiyot sohasiga oid fanlar ham tilshunoslik bilan xuddi mana shunaqa 
aloqani o’rnatgan. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling