Ilm-fan va ta’lim
CHET TILLARINI O’RGATISHDA ZAMONAVIY METODLAR VA
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
CHET TILLARINI O’RGATISHDA ZAMONAVIY METODLAR VA
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH G’ulomjonova Xurshidabonu Abrorjon qizi Farg’ona davlat universiteti, Xorijiy tili va adabiyoti yo’nalishi, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, 2-kurs talabasi Annotatsiya:Ushbu maqolada chet tillariga berilayotgan e’tibor va ularni o’rganish uchun kerak bo’ladigan innavatsion texnologiya va metodlar yoritilgan. Har bir o’quvchining o’z faolligini, ijodkorligini namoyish qila olishiga imkon yaratib beradigan usullardan bir qanchasi sanab o’tilgan. Kalit so’zlar:Chet tili, metod, interfaol o’yinlar, zamonaviy texnologiyalar, usullar. USE OF MODERN METHODS AND PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES G’ulomjonova Khurshidabonu The daughter of Abrorjon Fergana State University, Foreign language and literature departure, English language and literature faculty, 2-course student Abstract: This article highlights the focus on foreign languages and the innovative technology and methods needed to learn them.Some of the ways to enable every student to show their activity and creativity are listed. Keywords: Foreign language, techniques, interactive games, modern technology, methods. KIRISH Mustaqillikka erishganimizdan so’ng, xorijiy tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqish va ularni o’rgatishga bo’lgan e’tibor sezilarli darajada ortdi.Chet tillarini o’rgatishni ommalashtirish, ushbu sohani rivojlantirish uchun zarur ishlarni olib borish, ulg’ayib borayotgan kelajak avlod orasida sohani targ’ib qilish va buning uchun ularga kerakli shart -sharoitlarni yaratib berish dolzarb masala sifatida baholandi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek, «Biz raqobatdosh davlat qurishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliygoh bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim».Ushbu fikrlarni amalga tadbiq etish borasida Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 25 ~ 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili tuman (shahar)dagi maktablarni xorijiy tillarni o’qitish uchun zarur bo’lgan adabiyotlar, asbob-uskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash uchun mahalliy budjetlardan 1 mlrd so’mdan kam bo’lmagan mablag’ ajratish aytib o’tilgani bunga yaqqol misol bo’lishi mumkin. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling