Ilm-fan va ta’lim


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/91
Sana27.08.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1670680
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91
Bog'liq
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)

1 kvadrant (maxsulot ishlab chikarish uchun material xarajatlari kursatilgan) 
shaxmat taxtasi kabi tuzilgan bo’lib, unda ishlab chiqarish vositalarining oqimi 
akslanadi. 1-qism ma’lumotlari tarmoqlar moddiy xarajatlari tarkibini tahlil 
qilishda, tarmoqlar o’rtasidagi ishlab chiqarish bog’lanishlari va proporsiyalarini 
aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
2 kvadrantda barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining so’nggi 
mahsuloti ko’rinadi. So’nggi mahsulot deb, ishlab chiqarishdan tashqaridagi 
iste’mol va jamg’armadagi mahsulotlar yig’indisiga aytiladi. So’nggi mahsulot 
tarkibiga kiruvchi ijtimoiy iste’mol ta’lim tarbiya, o’quv, fan, sog’liqni saqlash, 
mudofaa, boshqaruv, sport kabi sohalardagi iste’moldan tarkib topadi. Shunday 
qilib, 2-kvadrantdagi ma’lumotlar milliy daromadning tarmoqlar bo’yicha moddiy 
tuzilishi, uning jamg’arma va iste’mol fondlariga taqsimlanishini xarakterlaydi. 
3 kvadrant ko’rsatkichlari ham milliy daromadni xarakterlaydi, faqat bunda 
uning qiymati tarkibi ya’ni barcha tarmoqlarda mehnatga to’langan haq va sof 
daromad yig’indisi sifatida qaraladi. 3-kvadrant ma’lumotlari moddiy ishlab 
chiqarishda zaruriy va qo’shimcha mahsulot orasidagi hamda yangidan 
yaratilgan va ko’chirilgan qiymatlar nisbatini tahlil qilish uchun zarurdir. 
2 va 3 kvadrantlarning umumiy yig’indisi o’zaro tengdir. Barcha tarmoqlar 
bo’yicha (1) tenglamani jamlab quyidagini hosil qilamiz: 
å X j = åå x ij + å vj + å mj 
(3) j=1 
i=1 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/ 

№ 6
~ 22 ~ 
n 
n
n 
n
 
n 
n 
n
 
j=1 
j=1 
j=1 
(2) tenglamani bo’yicha jamlasak 
åX i = åå xij + å yi 
( 4) i=1 i=1 j=1 
i=1 
(3) va (4) tengliklarning chap qismida bir xil kattalik - yalpi ijtimoiy mahsulot 
hosil bo’ladi. Tengliklarning o’ng qismidagi 1- qo’shiluvchilar ham bir xil, ya’ni 1-
kvadrantning jamiga tengdir. Demak, tengliklarning qolgan qismlari ham tengdir: 
å vj +å mj = åYi 
(5) j=1 j=1 
i=1 
(5) tenglikning chap qismida 3-kvadrantning jamlanmasi, o’ng qismida esa 
2-kvadrant jamlanmasi hosil bo’ldi, ya’ni milliy daromadning moddiy-mahsulot va 
qiymat tarkiblari bir xil bo’lishi ko’rindi. 
4 kvadrant Tarmoqlararo balansning so’nggi mahsulotlar ustuni va 
daromadlar satrining kesishgan joyida bo’lib, bu yerda milliy daromadning so’nggi 
taqsimlanishi va foydalanishi o’z aksini topadi. Dastlab yaratilgan milliy 
daromadning qayta taqsimlanishi oqibatida aholining korxonalarning va davlatning 
so’nggi daromadlari yuzaga keladi. 4-qism ma’lumotlari tarmoqlararo modellarda 
aholining daromad va chiqimlarini ko’rsatishda muhim rol o’ynaydi. Shunday 
qilib, TAB yagona iqtisodiy-matematik model tarkibida moddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlari balansi, yalpi ijtimoiy mahsulot balansi, milliy daromad balansi hamda 
aholining daromad va xarajatlari balanslarini birlashtiradi. 
Tarmoqlararo balans, turli tarmoqlar o’rtasida narxlar, ishlab chiqarish xajmi, 
kapital qo’yilmalar va daromadlarning bog’lanishini o’rganishga yordam beribgina 
qolmay, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, kelajagini prognozlash imkonini 
beradi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling