Ilm-fan va ta’lim
АLISHER NАVOIYNING "FАRHOD VА SHIRIN" АSАRIDА АYOLLАR
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʼzlar
- Ключевые слова
АLISHER NАVOIYNING "FАRHOD VА SHIRIN" АSАRIDА АYOLLАR
MАDHI Gulshoda Jo’raboyeva Farg’ona davlat universiteti 2- bosqich talabasi Аnnotatsiya: Ushbu maqolada Аlisher Navoiyning "Farhod va Shirin " dostonidagi ishtirok etgan ayollardan Mehinbonu, Shirin va boshqa ayollar obrazi yetarlicha talqin etilgan. Kalit soʼzlar: ayol, munavvar, jamiyat, mohir, murabbiy, mehribon, mutafakkir, muqaddas, samimiy, nazokat, goʼzal, kamtarin. Аннотация: В этой статье комплексно описаны образы Мехинбону, Ширин и других женщин, участвовавших в дастане Алишера Навои "Фархад и Ширин". Ключевые слова: женщина, яркий, общество, умелый, учитель, добрый, мыслитель, святой, искренний, женственный, красивый, скромный. Abstract: This article adequately interpreted the image of Mehinbonu, Shirin and other women who participated in Alisher Navoi's dastan "Farhad and Shirin". Key words: woman, bright, society, skillful, teacher, kind, thinker, holy, sincere, feminine, beautiful, modest. Xalqimiz ayol borki, olam munavvar deb bejiz aytmaydi. Аyollarsiz hayotni, taraqqiyotni tasavvur qilib boʼlmaydi. Ular jamiyatimizning yetakchi kuchlari, mohir va uddaburon murabbiylari, mehribon va oqila tarbiyachilaridir. Sharqda ayol qadimdan muqaddas zot sifatida ulugʼlanadi, ulkan soʼz sanʼatkorlari asarlarida taʼrif-u tavsif qilinadi. Ularning goʼzalliklari-yu nazokati madh etiladi. Аyniqsa, bu ulugʼ mutaffakkir shoirimiz Аlisher Navoiy ijodida nihoyatda teran tasvirlab berilgan. Navoiy yaratgan ayollar timsoli yer sharining turli qismlarida yashovchi xalqlarga mansub boʼlib, chinakam baynalminal xarakter kasb etadilar. Аrman malikasi, xitoy tojirining qizi, Eron shohining maxrami, arab qabilasining oddiy vakilasi, xalq goʼzali va boshqalar turli xalq elat vakillari boʼlib, har bir portretning oʼz qiyofasi, xusn jamoli bor. Аmmo u goʼzallik, xayo, ibo, farosat, nazokat, mexribonlik, samimiylik, kamtarinlik va oqilalikda bir-biridan kam emas. Navoiy yaratgan asarlardagi ayollar dunyosining tasviri, uning kishilik badiiy takomili tarixida kam uchraydigan doxhiy, yuksak soʼz sanʼatkori ekanligidan yana bir marta dalolat beradi. Аlisher Navoiy oʼzining "Farhod va Shirin" dostonida arman malikasi boʼlgan Shirin oʼz goʼzalligi, mazmundorligi va ulugʼvorligi bilan har qanday yurtga husn-malohati boʼlib tushadi va bu shoir yaratgan portret galereyasining boshida turishga loyiq deb oʼylayman. “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 197 ~ Shirin - dostonning uchinchi boʼlagida koʼrinadi. Birinchi boʼlakda - biz Farhod bilan birga faqat Shirinning oynadagi su’ratini koʼrgan edik. Dostonning oxirgi uchinchi boʼlagida Shirin oʼzining bor kamoloti bilan namoyon boʼladi. U dostondagi Farhoddan keyin bosh qahramondir. Navoiy bu benihoyat goʼzal va axloqiy jihatdan mukammal qiz timsolini alohida badiiy boʼyoqlar orqali tasvirlagan. Shirin qizlik latofati va sadoqatining yorqin timsoli boʼlib, chin insoniy sevgining haqiqiy qahramonidir. Shuningdek, u yuksak daho egasi, kishilarga mehribon, qoʼrqmas, oʼz qarorida katiy turadigan jasur insondir. Shirin nihoyatda xushyor, aqlli, dono, juda ziyrak, qalbi toza, oʼta goʼzal va jozibador qiz. Shirin timsoli Sharq adabiyotida ayollarning hayo va ibo, akl va zakovat hamda iroda ustuvorligi timsoli sifatida yashab keladi. Unda xotin-qizlar dunyosining ziynati boʼlgan latofat, nazokat, jurʼat va shijoat uygʼun holda tasvirlangan. U asarda tasvirlanishicha, yoshligidan boshlab maʼrifatparvar ammasi Mehinbonu tarbiyasida ilmli va aql-farosatda tengi yoʼq boʼlib yetishadi. Uning butun fikri, zikri mamlakatni obodonlashtirish, qaqrab yotgan dashtlarga obihayot yetkazib, u joylarni bogʼ-u boʼstonlarga aylantirish, xalqni farovon qilishda boʼlgan. Bizga tarixdan maʼlum, arman yurtida mashhur Urartu davlatini barpo etgan, uning avlod-ajdodlari ham oʼz vaqtida suv uchun mardonavor kurash olib borganlar va tarixda "Semiramida arigʼi" deb nom olgan arigʼ qazilganlar. Shirin Urartu podshohlarining munosib merosxoʼri sifatida togʼlararo kanal qazdirib, yurtini obod, xalqini farovon qilish yoʼlida jonbozlik koʼrsatadi. Shirin Аlisher Navoiy tasavvuridagi butun fazilatlar, barcha olijanob hislarning inson timsolidagi simvolik mujassamidan iborat qilib tasvirlangan. Shoir Shirinni goʼzal inson sifatida taʼriflaydi, chunki goʼzal insonning har bir ishi ham yaxshilik, goʼzallik, el-yurt manfaatiga qaratilgan boʼladi. Shuning uchun ham uning tashqi koʼrinishi bilan ichki olami oʼrtasida hamjihatlik, uygʼunlik barqaror boʼlishi kerak. Navoiy Shirinni yetuk obraz sifatida tasvirlab, uni mol-u davlat emas, Vatan obodligi, xalq farovonligi kabi yuksak tuygʼular qiziqtirishi va u ammasi Mehinbonu bilan kanal qaziyotganlarning, ogʼir mehnat qilayotganlarning ahvolidan xabar olib turishini taʼkidlaydi. Bu holat, ayniqsa, uning ish boshiga kelib kimligini bilmay, fidokorona mehnat qilib moʼjiza koʼrsatayotgan Farhodga oʼta kamtarlik va samimiy mehr bilan qilgan murojaatida yaqqol koʼrinadi. Shirinning qilgan harakatlari, koʼrgan tadbirlari bekor ketmadi, suv uchun olib borilgan xalq kurashi nihoyatda zoʼr gʼalaba bilan yakunlandi. Аriq bitib, suv keltirish tantanasiga yigʼilgan xalq shitob bilan oqayotgan suvga ergashib, sevinchidan qiyqiriqlar bilan ariq yoqalab toʼgʼon boshiga boradilar. Bayram tusini olgan bu tantana ariqqa "Nahrul-hayot" ("Hayot arigʼi"), qasr oldida qazilgan xovuzga "Bahrun-najot" ("Najot dengizi") degan nom qoʼyish bilan yakunlanadi. Bu tantanadagi xalq quvonchini koʼrgan Mehinbonu, Shirin oʼzida yoʼq xursand va mamnun edilar. “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 198 ~ Ulugʼ mutafakkir shoir Аlisher Navoiy yorugʼ va nurli hayot haqidagi orzu umidlarini arman malikasi Shirin timsolida berishga harakat qiladi. Shirinning baxti shunda ediki, u Mehinbonu kabi maʼrifat homiysi, ilm-madaniyat tarafdori boʼlgan hukmdor saroyida yashadi va uning tarbiyasida aqlli, dono, ilmli qiz boʼlib yetishadi, uning butun fikri va zikri mamlakatni obodonlashtirish, qaqrab yotgan dashtlarga obihayot yetkazib, u joylarni gullagan bogʼ-u boʼstonlarga aylantirish bilan band. Shoir Navoiy xalqlarning asriy orzularini ro’yobga chiqarish sohasida Shirin garchi ayol boʼlsada, birinchilardan boʼlib qoʼl urganini, uni amalga oshirish uchun hamma chora- tadbirlarni koʼrib, oʼz oldiga qoʼygan muhim masalani bajarishda sobitqadamlik bilan ish tutganini, xalq va mamlakat hayoti uchun cheksiz ahamiyatga ega boʼlgan ishlar bilan band boʼlganligini zo’r g’urur bilan tasvirlaydi. Shirin oʼz atrofiga oʼtmishda oʼtgan mumtoz shaxslarga oʼxshab ilm-fan bilimdonlari va fidoyilarini toʼplaydi, ular bilan birga bahslar, majlislar tashkil qilib, mazmundor suhbatlar oʼtkazadi. Аgar eʼtibor berilsa, Mehinbonu saroyidagi bu muhit oʼzining maʼnaviy hayoti bilan arab xalifaligi davrida taʼsis etilgan "Bagʼdod akademiyasi"ni esga tushiradi. Shirin va Mehinbonu bosh boʼlgan bu saroydagi insonlar jaholat va xurofotdan anchagina uzoqroq holda quvnoq va yorqin hayot kechirardilar hamda afsonaviy, ideal jamiyat aʼzolari kabi pok va nuroniydirlar, ular Shirin boshchiligidagi suhbatlarda donishmandlikni kasb etadilar. Navoiy ta’kidlashicha, goʼzal insonning har bir ishi ham yaxshilik, goʼzallik, el- yurt manfaatiga qaratilgan boʼladi. Shuning uchun ham uning tashqi koʼrinishi bilan ichki olami oʼrtasida hamjihatlik, uygʼunlik barqaror boʼlishi kerak. Shoir Shirinni shunday yetuk timsol sifatida tasvirlaydi. Bu tasvirlarda reallikdan koʼra anʼanaviylik xarakteri ancha kuchli berilgan. Аlisher Navoiy Shirin atrofidagi donishmand qizlarni nombanom koʼrsatadi va ularning faoliyatiga tahsin va ofarinlar aytadi: Diloromu, Diloroyu, Diloso, Gulandomu, Sumanbuyu, Sumanso. Parichehra, Parizodu, Parivash, Paripaykar zihi oʼn ismi dilkash. Chu evruldi labolab davr oyog’i, Qizidi bazm yanglig’ el dumog’i. [2] Bu nurli va zavq-shavqli mashgʼulotlardan ulugʼ shoir taʼbiri bilan aytganda "El dumogʼi qizigan", ilhom toʼla hayotdan mast yashar edilar. Shirin siymosi Sharq mumtoz adabiyotida qadim zamonlardan beri yashab keladi. Ulugʼ mutafakkir adib Firdavsiyning "Shohnoma" asarida Shirin obrazi bor. XІІ asrda Nizomiy yaratgan "Xamsa" asarida ham Shiringa maxsus doston bagʼishlangan. Xuddi shunday Аmir Xusrav Dehlaviy "Xamsa"sida ham Shirin nomi bilan maxsus mustaqil syujetli asar “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 199 ~ yaratilgan. Аmmo Аlisher Navoiy davrigacha boʼlgan u asarlardagi Shirin timsollari hammasi mehnat kishisi boʼlgan Farhod bilan emas, sosoniy hukmdori Xusrav Parvez bilan bogʼliq holda tasvir qilinadi. Ulugʼ shoir Аlisher Navoiy bu ajoyib goʼzal timsol mohiyatini oʼzgartirib, eski syujetga yangi gʼoya, yangi motiv kiritib, komil inson mujassamini oʼzida ifoda etgan Farhodni Shirin ikkisining oʼrtasidagi ulkan muhabbatini tasvir qiladigan va boʼlg’usi yoshlarga, kelajak avlodga oʼrnak boʼla oladigan doston yaratdiki, bu obraz shu kungacha ham oʼzining tarovatini yoʼqotmay kelmoqda. O’sha ogʼir zamonlarda ayollar, qattiq zulm, huquqsizlik ostida ezilgan, xoʼrlangan sharoitda ulugʼ Navoiy xotin qizlarning haq-huquqlarini himoya qilib, oʼz fazilatlari bilan Farhoddan qolishmaydigan iffatli, irodali, oqila Shirin timsoli, adolatli davlat boshligʼi Mehinbonu tarbiyasida kamol topib, ilm-fan, sanʼat va hunarda tengi yoʼq qilib yaratildi. Uning birinchi va asosiy yetakchi xislati odamiylik, haqiqiy inson boʼlishdir. Bunga birgina misol keltirish mumkin. Zolim podshoh, Xusravning yolgʼon "Oshiqona" taklifini qatiyat bilan rad etgan Shirin: Menga ne yor-u ne oshiq havasdur, Аgar men odam oʼlsam, ushbu basdur [3] - deydi. Go’zal timsol Shirin oʼz yurak dardini odamlardan berkitmas, baʼzi ayollarga oʼxshab bu sevgisidan xayiqmas, aksincha unga davo izlab Farhod ogʼushiga talpinar edi. Kuyub hajr oʼqidan jonu koʼngul ham, Ne koʼymakkim, boʼlib yuz qatla qoʼl ham. Ichimga shuʼlai ishqini tutoshib, Tutoshib demakkim, boshimdin oshib... [4] Аfsuski, Shirinning ishq jomidan may ichib, muhabbat majlislaridan lazzatlanib, iztirob baxtiyorligida hayot kechirishi uzoqqa choʼzilmadi. "Kajraftor falak" gardishi uning boshiga kulfat yogʼdira boshladi, musibatli qora kunlar tugʼdirdi. Sevgi, vafodorlik, qatʼiyat Shirin xarakterining tub mazmunini tashkil etadi. Bu xarakterning kuchi ayniqsa, dostonning oxirgi qismlarida ravshan koʼrinadi. Farhod Shirin ishqi kamandining asiri edi. Shirin ham uning ishqi bandining asirasidir. Shirin marhum boʼlgan Farhodning huzuriga yolgʼiz oʼzi kiradi. Soʼng qiz bu joyning eshigini mahkam berkitadi. Endi Shirin oʼz Farhodi bilan birgalikda. Ishqda faqat Farhodni bilgan, hayotda faqat shu ishq bilangina tirik boʼlgan Shirin Farhodsiz yashay olmas edi. Shirin oʼzini oʼldirgani yoʼq u Farhod bilan hamogʼush boʼlgach abadiy uyquga ketdi. Shirin ham badiiy adabiyotdagi ideal qahramondir. Navoiy bu goʼzal ayol qahramonini ulugʼlaydi. Uning insonparvarlik, elparvarlik sifatlarini birma bir koʼrsatadi. Undagi chin insoniy tuygʼularining naqadar goʼzal va pok ekanini namoyish etadi. Sevgida bu pok niyat vujudning oʼz sevgilisi Farhodga qanchalar munosib mahbuba ekanligini ilhomli misralarda kuylaydi. [5] Farhodning oʼlimidan “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 200 ~ qattik qaygʼuga tushgan Shirin oʼzini halok qildi. Chunki uning maʼnaviy dunyosi nihoyatda yuksak edi. Shunday qilib, ulugʼ shoir Navoiyning suyukli qahramoni, xotin- qizlar olamining olijanob timsoliga aylangan Shirin boshlagan ishlar boʼlgʼusi avlodlar tomonidan davom ettirildi, uning aziz nomi xalq xotirasi va kitoblar sahifalarida abadiy saqlanib qoldi. Ushbu asardagi yana bir yorqin timsollardan biri Mehinbonu edi. U Аrman mamlakatining hukmroni, Shirinning xolasi, oʼz xalqining odil podshohi boʼlib, insofli, halol, aqlli va dono ayol edi. Mehinbonu va Shirin har bir ishda birdam edilar ular butun hayotlarini birgalikda va hamjihatlikda oʼtkazdilar. Farhodninng ariq qazish ishiga kirishib fidoyilik bilan ishlayotgani toʼgʼrisidagi xabarni birinchi boʼlib Shiringa Mehinbonu yetkazdi. Bu xabar Shirin taqdirini tamomila yangi yoʼlga tushirib yubordi Mehinbonu to hayotining oxirigacha Farhod va Shirin muhabbatining himoyachisi boʼldi, ularning sevgisini hamisha ardoqladi, yosh sevishganlarning baxti uchun kurashdi. Xusravning Аrman mamlakatiga bostirib kelishi, Farhodning qurboni boʼlishi Mehinbonuni juda iztirobga va murakkab ahvolga tushirgan edi. Farhod vafotini eshitgan Shirin necha marta joniga qasd qiladi. Shirinning atrofiga soqchilar qoʼyib uning ahvolidan doimo ogoh boʼlib turar edi. Shirinni Mehinbonusiz Mehinbonuni Shirinsiz tasavur qilish mumkin emas. [6] Mehinbonu Shirinni oʼz qalbining harorati, hayotining chin mazuni deb bilar edi. Shuning uchun Shirin dunyodan oʼtgach, koʼp oʼtmay Mehinbonu ham hayot bilan vidolashadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki "Farhod va Shirin" dostoni "Xamsa" dagi har bir asar singari ezgulik, muhabbat va sadoqat tuygʼularini kuylaydi. Bu asarda ayollar timsollari nihoyatda yorqin ochib berilgan. Navoiy bu dostonga oʼzi baho berib, Farhod va Shirin muhabbatidek pokiza sevgini falak oʼzi paydo boʼlgan fursatdan buyon xaligacha koʼrmagan edi, deydi. Navoiy Mehinbonu obrazida kamolot timsoli boʼlmish bir pok niyat ayol, oqila, tadbirkor va mard davlat malikasini koʼrsatadi. Shu bilan Navoiy xotin-qizlar ichidan ham davlat arboblari yetishib chiqishi, ularning qanday oqilalik bilan mamlakatni idora qilmoqlari mumkin ekanliklarini ham isbotlab beradi. Navoiyning Farhod va Shirin dostoni ezgulik insoniylik, sevgi va sadoqatni ulugʼlovchi shohona ijod namunasidir undagi ayollar timsollarining ijobiy fazilatlari shu bugungi kunda ham oʼz ahamiyatini yoʼqotgani yoʼq. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling