Ilm-fan va ta’lim
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 6-son (3) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TILSHUNOSLIK VA MEDITSINA INTEGRATSIYASI Nosirov Jaloliddin Muhiddin o’g’li
- Kalit so’zlar
- Nevrologiya(Neyrolingvistika).
- Psixologiya(Psixolingvistika).
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”. Toshkent. Xalq merosi. 1993- yil 2. E.G’oziyev “Ontogenez psixologiyasi”. 2010-yil. 3. E, G’oziyev “Shaxs psixologiyasi” 2004-yil “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 187 ~ TILSHUNOSLIK VA MEDITSINA INTEGRATSIYASI Nosirov Jaloliddin Muhiddin o’g’li Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi nosirovjaloliddin74@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada tilshunoslik va meditsina fanining aloqadorligi meditsina tarkibidagi fanlarning tilshunoslik fani bilan bog’lanishlari orqali amalga oshirilishi yoritilib o’tilgan. Tilshunoslikdagi ba’zi hodisalar meditsinaning yo’nalishlari orqali vujudga kelganligi ta’kidlab o’tilgan. Kalit so’zlar: Tilshunoslik, meditsina, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, biologiya, logopediya, nevrologiya, neyrolingvistika, psixologiya, psixolingvistika, kimyo, sinxroniya va diaxroniya nazariyasi, valentlik, integratsiya. Abstract: In this article, the relationship between linguistics and medicine is explained through the connection of medical sciences with linguistics. It was noted that some phenomena in linguistics were created through the directions of medicine. Key words: Linguistics, medicine, natural sciences, social-humanitarian sciences, biology, logopedia, neurology, neurolinguistics, psychology, psycholinguistics, chemistry, theory of synchrony and diachrony, valence, integration. Ma’lumki, bir fan turining mavjud bo’lishi ikkinchi fanning bo’lishini taqozo etadi. Masalan, geometriya va arifmetikaning o’zaro aloqada ekanligi va bu aloqadorlik asosida astronomiya fanining mavjudligi va bularning har biri butun bir sistema sifatida ichki bo’linishlarga egaligi yuqoridagi gapning isboti bo’la oladi. Avvalo, fan tushunchasi o’z ichiga tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnika kabi yo’nalishlarni oladi. Biz aytib o’tmoqchi bo’lgan tilshunoslik va meditsina, ular o’rtasidagi integratsiya, nafaqat tilshunoslik va meditsina fanlarini, balki tabiiy (meditsina) va ijtimoiy-gumanitar (tilshunoslik) kabi fanning asosiy yo’nalishlarini ham uzviy aloqada ekanligini ko’rsatadi. Ma’lum bir fan boshqa tutash fanlarsiz to’laqonli muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Shunday ekan, tilshunoslikni meditsinadan, meditsinani esa tilshunoslikdan ayro holda tasavvur etish to’g’ri bo’lmaydi. Shu yerda bu ikki fan bir-biri bilan qanday aloqada bo’lishi mumkin, bu ikki fan qanday qilib bir xil vazifa bajara olishi mumkin degan savol tug’ilishi tabiiy. Har bir fan, o’z navbatida, boshqa bir fanlar (yuqorida eslanganidek, sistema sifatida ichki bo’linish, ichki tarkib asosida yuzaga keladigan yo’nalishlar, tarmoqlar va h.k.)ni o’z ichiga oladi (misol uchun, matematika fani o’z tarkibida algebra, gometriya kabi boshqa bir fanlarni saqlaydi). Xuddi shu kabi, tilshunoslik ham o’z tarkibidagi ma’lum bir tarmoqlar (yoxud fanlar) bilan (tabiiyki, barcha tarmoqlar bilan emas) meditsina “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 188 ~ fani bilan integratsiya aloqasini o’rnata oladi va meditsina ham ma’lum yo’nalishlari bilan tilshunoslikning ayrim sohalariga o’z ta’sirini o’tkaza oladi. Biz quyida ushbu fanlar bilan yetarlicha tanishib o’tamiz: 1. Biologiya. Tabiiyki, biologiya fani meditsina fanining asosiy tarmog’i hisoblanadi. Odam organizmining odatdagi holatini, unda kasallikning paydo bo’lishini va shu kabi muhim qarashlarni o’rganish uchun biologiya meditsina uchun zaruriy qo’shimcha fan sanaladi. Shu bilan bir qatorda, bilogiya fani tilshunoslik sohasi uchun ham asosiy tayanch soha hisoblanadi. Asosan, biologiyaning tilshunoslikda vazifasi nutqda namoyon bo’ladi. Har qanday nutq organlari ikki xil vazifali bo’ladi. Birinchisi – insonning fiziologik a’zosi sifatida organizmning yashashi uchun xizmat qilsa, ikkinchisi – nutq tovushlarini hosil qilish xususiyatidir va bu ikkinchi xususiyat faqatgina insonlarga xos xususiyat hisoblanadi. Va shu tariqa, bu ikki xususiyatga ega bo’lgan organlar ham tilshunoslikning, ham biologiyaning tekshirish obyekti bo’lib xizmat qiladi. 2. Logopediya – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o’rganish, tuzatish, oldini olish haqidagi pedagogik fandir. Logopediyaga keltirilgan ta’rifdan ham namoyon bo’lib turibdiki, bu fan tilshunoslikka juda yaqin fan sanaladi, nutqdagi buzilishlar, ma’lum talaffuzdagi qiyinchiliklar bunga misol bo’lsa, uni o’rganish, tuzatish va oldini olish tibbiyot sohasiga oiddir. Tilning murakkab tizimi uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bo’ladi va u bolalar tomonidan qisqa muddatda o’zlashtirib olinadi. Ana shu davr mobaynida til belgisi qo’llanish tartiblari buzilishi natijasida bolalarda ma’lum bir tovushlarning to’g’ri talaffuz qilolmaslik yoxud u tovush o’rnida boshqa tovushni ishlatib qo’yish holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday muammolarni oldini olish uchun logopediya o’z oldiga ko’plab maqsadlarni qo’ygan va ana shu maqsadlardan biri boshqa fanlar bilan aloqa o’rnatishdir. Shu maqsadda logopediya pedagogikaning ko’plab sohalari bilan, tibbiy-biologik fanlar bilan va shuningdek, tilshunoslik fani bilan ham hamkorlikni yo’lga qo’ygan. 3. Nevrologiya(Neyrolingvistika). So’nggi yillarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarning uzviy aloqasi natijasida neyrolingvistika deb nomlanuvchi yangi bir fan vujudga keldi. Neyrolingvistika – psixologiya fanining tarmog’i bo’lib, nutqiy faoliyatning miyadagi mexanizmlarini, miyaga shikast yetganda nutqiy jarayonlarda hosil bo’ladigan o’zgarishlarni, miyadagi neyronlarning nutqni hosil qilishdagi xizmatini o’rganuvchi soha. “Tashqi dunyoning kishiga ta’siri uning miyasida gavdalanadi, shuning uchun kishilar tabiatdagi voqealar, hodisalar haqida ma’lum bir tafakkurga ega bo’lar ekanlar, uni faqat til orqali ro’yobga chiqaradilar va bu haqda boshqalar bilan aloqa “Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali 2181-4325 | https://ilmfanvatalim.uz/ | № 6 ~ 189 ~ bog’laydilar, fikrlashadilar”, - degan edi Nosirjon Uluqov va bu qarash to’laligicha neyrolingvistikaga mos keladi. 4. Psixologiya(Psixolingvistika). Psixologiya ham tibbiyotga yordamchi fan sifatida insonning ruhiy holatini, insonning ongini, undagi ba’zi bir o’zgarishlarni va h.k.ni o’rganish vazifasini o’z oldiga qo’yadi. Psixolingvistika – nutqning hosil bo’lishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish jarayonlarini, ularning til tizimi bilan o’zaro bog’lanishi holatida o’rganuvchi fan. Uning asosiy vazifasi inson nutqiy faoliyati modelini va psixofiziologik nutqiy shakllanishini ishlab chiqadi, ularni psixologik eksperimentlar yo’li bilan tekshiradi. Bu soha tadqiqot manbayi bo’yicha tilshunoslikka yaqin tursa, o’z tekshirish usullari bo’yicha psixologiyaga yaqin turadi. Yuqorida eslab o’tganimizdek, eksperimental usullarning bog’lanishli, semantik-defferinsial va shu kabi turlaridan foydalanish mumkin. “Tilshunoslik ruhshunoslik bilan ham uzviy bog’liqdir. Ruhshunoslik inson ruhiy (psixik) jarayonlarning qonuniyatlarini o’rganadi. Insonning ruhiyati tilda, nutqda o’z ifodasini topadi. Til va ruh o’rtasidagi masalalar psixolingvistikada o’rganiladi. Demak, psixolingvistika psixologiya bilan tilshunoslikning sintezi sifatida yuzaga kelgan bo’lib, nutqni qabul etish, tilni egallash kabi masalalarni o’rganadi” (Nosirjon Uluqov). 5. Kimyo. Tilshunoslik fanining taraqqiy topishida kimyo fanining o’rni boshqa fanlarga, sohalarga qaraganda ancha salmoqlidir. Tilshunoslikda til birliklarining muayyan tuzilishga ega ekanligi, eng kichik birlik bo’lgan fonemaning ham bo’linish xususiyatiga ega ekanligi, butun tarkibidagi qismlarning o’zaro munosabati va butun bilan butunning ham katta bir butunlik tarkibida o’zaro munosabatda bo’lishi kimyo fanidan tilshunoslikda olingan nusxa deyish mumkin. Undan tashqari, kimyo fanida molekula va atomlarning to’xtovsiz harakatda bo’lishi tilshunoslikda sinxroniya va diaxroniya nazariyasining vujudga kelishiga turtki bo’ldi. Eng asosiy yutuq esa kimyo fanidan valentlik tushunchasining tilshunoslik faniga andoza sifatida ko’chishi bo’ldi. Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, tilshunoslik ko’plab fanlar bilan yondosh fan hisoblanadi va bu bilan tilshunoslik boshqa fanlarning rivojlanishiga o’z ko’magini bergani kabi o’zining rivojlanishi uchun ham boshqa fanlardan ko’mak qabul qiladi. Jumladan, tibbiyot sohasiga oid fanlar ham tilshunoslik bilan xuddi mana shunaqa aloqani o’rnatgan. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling